Mavzuni mustahkamlash va yakunlash: SJ Darslikdagi yoki qo’shimcha savol va topshiriqlar.
MY Darslikdagi 1-2-3-4-5-mashqlar.
Uyga vazifa: 1. Darslikdagi 6-mashq.
2. Test tuzish (5 ta va undan ortiq).
3*. Darslikdagi 7-mashq.
O’tilganlarni takrorlash avvalgi mavzular materiallari va darslikning shu mavzusida berilgan vazifalar yordamida amalga oshiriladi.
Uyga vazifa: 1. Darslikdagi ishlanmay qolgan yoki qo’shimcha misollar.
2. O’quvchi tarmoqlanishga oid masala tuzishi.
Ba’zi masalalarni yechimlari: 5. Kiritiladigan shart: IF a=0 then write(‘Yechim yo`q’) else begin x:= –b/a; write(x);end;
6. Kiritiladigan shart: IF A mod B =0 then writeln(‘Bo`linadi’) else writeln(‘Bo`linmaydi’);
7. Kiritiladigan shart: IF a*a+b*b=c*c then y:=a+b+c else y:=abs(a)* abs(b)* abs(c);
Darsningmaqsadi: O‘quvchilarni murakkab shartlarni qo’llab tarmoqlanuvchi dasturlar tuzishga o‘rgatish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarda Paskal dasturlash tilida tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish ko’nikmasini shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilar xarakterida izlanuvchanlik va topqirlik xususiyatlarini shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning berilgan topshiriqlarni hal etishda kompyuterdan oqilona va samarali foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.