10-ma’ruza. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi



Yüklə 35,07 Kb.
səhifə9/10
tarix05.05.2023
ölçüsü35,07 Kb.
#107687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10-Ma\'ruza

Yurak-tomir sistemasi gigiyenasi. Kun tartibi yurak-tomir sistemasiga kuchli ta'sir etadi. Bolaning kun tartibi to'g'ri tashkil etilsa, yurak-tomir sistemasi bekami ko'st ishlaydi ham ular bajaradigan jismoniy ish va mashqlarning jadalligi va og'ir yengilligi ularning yoshiga mos bo'lishi kerak, ayniqsa salbiy his-hayajon, chekish, spirtli ichimliklar ichish, uzoq muddat harakatsizlik yurak-tomir sistemasi ishini buzadi.
Bolalarning kiyimi, poyabzali qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan vena tomirlarida qon dimlanib qolishiga yo'l qo'ymaydigan bo'lishi kerak. Payabzal tor bo'lsa oyoqning qon bilan ta'minlanishi qiyinlashadi. Oyoqda turli qadoq, yara paydo bo'ladi. Bolalarning sof havoda bo'lishi, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishi, vaqtida ovqatlanishi yurak-tomirlarining normal ishlashida muhim ahamiyatga ega.
QON GURUHLARI. Ilgarigi vaqtda hayvonlardan odamga yoki odamdan odamga qon olib qo’yishga ko’p marta urinib ko’rilgan, lekin bu urunishlar odatda muvoffaqiyatsiz chiqqan. Buning sababi shuki, eritrotsitlar g’uj bo’lib bir biriga yopishib qolgan va gemolizlangan. Eritrotsitlarning bir biriga yopishishiga sabab nima?
Qon plazmasida eritrotsitlarni agglyutinatsiyalaydigan (bir biriga yopishtiradigan) ata agglyutinin bor. Eritrotsitlarda bir biriga yopishadigan ata agglyutinogen bo’ladi. Ularni grek alfavitini birinchi harflari plazmada agglyutenin alfa va ata deb belgilanadi. Eritrotsitlardagi agglyutinogenlar ham ikki xil bo’ladi. Ular lotincha A va V harflari bilan belgilanadi.
Agar agglyutinin alfa bilan agglyutinogen A to’g’ri kelsa yoki agglyutinin bilan agglyutinogen V to’g’ri kelsa agglyutinatsiya xodisasi ro’y beradi.
1.guruh-plazmada alfa va ata agglyutininlar bo’ladi, eritrotsitlarda esa agglyutinogenlar bo’lmaydi
2.guruh-plazmada agglyutenin eritrotsitlarda esa agglyutinogen A bo’ladi (II).
3.guruh-plazmada agglyutinin alfa, eritrotsitlarda esa agglyutinogen V bo’ladi .
4.guruh-plazmada agglyutininlar bo’lmaydi, eritrotsitlarda esa A va V agglyutinogenlar bo’ladi AV(IV). Qo’yilayotgan qondagi eritrotsitlar qon quydirayotgan kishilar qoni bilan bir biriga yopishmaslik kerak. Qon quyishda buning ahamiyati katta. Aks xolda quyilayotgan qondagi eritrotsitlar bir biriga yopishib, yirik donalarni hosil qiladi va gemolizlanadi. Hosil bo’lgan donalar tomirlar teshigini berkitib qo’yishi mumkin. Buning oqibatida qon aylanish izdan chiqadi, o’limga olib keladi.
Markaziy Ovro’pa mamlakatlarida odamlarning 40%i O (1) guruhga mansub, A (2) guruhga ham 40%ga yaqin, V(3) guruh 10% ga yaqin, AV(4) guruh taxminan 6%ni tashkil qiladi.
Ko’pchilik odam eritrotsitlarida (85%) yana bir omil bor. Uni birinchi marta K.Landshteyner va I.Viginer 1940 yilda Makakus rezus maymun qonidan topishgan va rezus-faktor deb aytiladi. Unga ega bo’lgan odam qoni-rezus-musbat qon, mazkur omil bo’lmagan rezus-manfiy qonga qo’yilsa, rezus manfiy odam qonida antirezus agglyutininlar hosil bo’ladi. Shu rezus-manfiy odamga rezus-musbat qon ikkinchi marta qo’yilsa, Rh musbat eritrotsitlar antirezus agglyutinin ta’sirida agglyutinatsiyaga uchraydi, kichik qon tomirlariga tiqilib qoladi va hayot uchun havf tug’diradi.
Rezus-faktor bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi ko’ngilsiz ahvol ona bilan xomila o’rtasida rivojlanishi mumkin bo’lgan rezus-kelishmovchilik. Agar rezus-musbat erkakdan, rezus manfiy ayol xomilador bo’lsa, xomilaga rezus faktor otasidan o’tishi mumkin. Uning eritrotsitlardagi rezus faktor yo’ldosh orqali ona qoniga o’tadi. Rezus faktorga qarshi ona qonida anti-rezus agglyutininlar paydo bo’ladi. Ular ham yo’ldosh orqali xomila qoniga o’tadi va xomila eritrotsitlarini agglyutinatsiya va gemolizga uchraydi. Agar rezus manfiy ayol, rezus musbat erkak bilan turmush qurgan bo’lsa, bu holatni oldini olish choralarini ko’rish kerak.
Qon sistemasi deganda qon yaratuvchi qonni yemiruvchi va qonni taqsimlovchi organlar sistemasi tushiniladi. Bunday organlarga-ko’mik, jigar, taloq. Limfa tugunlari kiradi. Ana shu organlarga qonning yangi shaklli elementlari uzluksiz hosil bo’lib, eskilari yemirilib turadi, o’sha organlar qonning taqsimlanishida ham qatnashadi.
Infektsiya rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi moddalarning qon, to’qimalarda mavjudligi va organizm hujayralarining kasallik mikroblariga reaktsiya ko’rsatish qobiliyatining o’zgarishi tufayli organizmning kasallik bilan og’rimaslik holati IMMUNITYeT deb ataladi. Immun jism organizmning tug’ilish vaqtidan mavjud bo’lsa tug’ma yoki irsiy immunitet deb ataladi. Immun jismlarning individual hayot davrida to’planishi ortirilgan immunitet deb ataladi.
Shu bilan birga, organizmga turli begona oqsillar kirgan paytda, tarkibiy jihatdan qon zardobining ba’zi oqsillariga yaqin bo’lgan moddalar — antitanalar paydo bo’ladi. Bunday antitanalar faqatgina o’zlarini hosil qilgan moddalargagina ta’sir qiladi. Ularni hosil qiladigan moddalarni antigen deyiladi. Yallig’lanish ham organizmningturli ta’sirlar oqibatida vujudga kelgan kasalliklarga nisbatan murakkab javob reaktsiyasi bo’lib, himoya vazifasini o’taydi. Bu jarayonda MAT ning roli kattadir



Yüklə 35,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin