1-мавзу: dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish маъруза режаси



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə7/23
tarix14.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#179283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Динамик макроиктисодиёт маърузалар матни

Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, yalpi talabning egri chiziq bo‘yicha surilishi narxlar darajasi o‘zgarishining foiz stavkasiga bo‘lgan ta’siriga bog‘liq.
Demak, tovarlarning baho darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo‘ladi. Ishbilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa

xarajatlarni to‘lashga katta miqdorda pul zarur bo‘ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar bahosi darajalarining yuqoriligi pulga bo‘lgan talabni oshiradi.


Pul taklifi hajmi o‘zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini ko‘rsatilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo‘lgan sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo‘lgan talabi pasayadi.
Investitsiya harajatlari yalpi talabning bir qismi bo‘lganligi tufayli bu yalpi talab hajmining pasayishiga olib keladi.
P↑ → MD (MS const) R I AD↓
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, jamg‘arilgan moliyaviy aktivlari (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi moliyaviy aktivlarning real qiymatini tiklash uchun joriy daromadidan iste’mol xarajatlar miqdorini qisqartiradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so‘m bo‘lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi, agarda inflatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. so‘mga ko‘tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so‘m to‘plash uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko‘proq qismini jamg‘aradi.
Iste’mol xarajati yalpi talabning bir qismi bo‘lganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib keladi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin