1-мавзу: dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish маъруза режаси



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə4/23
tarix14.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#179283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Динамик макроиктисодиёт маърузалар матни

Narx indeksi — muayyan davr davomida narxlarning nisbiy oʻzgarishlari koʻtarilishi yoki pasayishi, dinamikasi koʻrsatkichi. Narx indeksi yakka va yigʻma Narx indeksiga boʻlinadi. Yakka Narx indeksi kuzatiladigan (hisobot) yildagi muayyan tovar narxining bazis davrdagi narxga nisbatiga, yigʻma Narx indeksi hisobot davrida amaldagi narxlarda sotilgan tovarlar guruhi qiymatining bazis davri narxlaridagi qiymati nisbatiga teng va foizlarda hisoblanadi.
Ayrim mamlakatlarda, Mas, Buyuk Britaniyada tovarlar va xizmatlarning chakana narxlari indeksi taxminan 130 mingdan ortiq turli tovarlar narxlari asosida Markaziy statistika byurosi tomonidan hisoblab chiqiladi va har oyda eʼlon qilinadi.[1]


3-МАВЗУ: REAL IQTISODIY DAVRLAR NAZARIYASI
Маъруза режаси:

  1. Real iqtisodiy davrlar nazariyasi.

  2. "Real yalpi talab - real yalpi taklif" modelidagi davriy tebranishlar.

  3. Mehnat taklifidagi vaqtincha almashtirish.

  4. Soliq-byudjet siyosatidagi oʼzgarishlar.

  5. Ishlab chiqarish texnologiyasida keskin oʼzgarishlar.

Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‘rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko‘rsatadi.


Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (3.1-rasm).

3.1-rasm. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi8

Iqtisodiy davrlar to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo‘lib, u «cho‘qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to‘liq bandlik, ishlab chiqarish to‘la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining o‘sish holati kuzatiladi.


Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‘sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich

8 Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “Дело и сервис”, 2013.

27
faol va uzoq davom etsagina bahoning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg‘unlik davri boshlanadi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin