1-мавзу: dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish маъруза режаси



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə6/23
tarix14.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#179283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Динамик макроиктисодиёт маърузалар матни

AD = C + I + G + Xn.
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi. Buni rasm ko‘rinishida tasvirlash mumkin (5.1-rasm).
5.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, yalpi talab egri chizig‘i doimo pastga va o‘ngga suriladi.



5.1-rasm. Yalpi talab egri chizig‘i13
Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizig‘ining surilishiga asosan daromad samarasi va o‘rinbosar tovarlar sabab bo‘ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko‘proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko‘proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo‘ladi (o‘rnini bosadigan tovarlar).
Milliy bozorda AD-egri chizig‘ining traektoriyasini, ya’ni uning quyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin:
M V=Y P
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
R – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi.
Bu tenglamadan:
P = M V / Y va Y= M V / P
tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko‘rinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo‘ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o‘zgarmas bo‘lsa baholar darajasi va yalpi talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.

5.2. Yalpi talabning baho va bahodan boshqa omillari.

Baholar darajasi va va yalpi talab o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni , shuningdek quyidagi baho omillari bilan izohlanadi:


1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi; 3. Import xaridlar samarasi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin