1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


Xo‘jalik hisobining turlari va ularning tavsifi



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə3/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

1.3. Xo‘jalik hisobining turlari va ularning tavsifi
Mamlakatimizdagi ayrim xo‘jalik yurituvchi subektlarning syerqirra moliya-xo‘jalik faoliyatini har tomonlama aks ettirish uchun har xil hisob turlaridan foydalaniladi (1.2-rasm).




1.2-rasm. Xo‘jalik hisobining turlari

Ularning har biri o‘z predmetiga mos bo‘lgan hisob obektlariga va mazkur predmetni o‘rganadigan o‘z metodiga ega bo‘lganliklari bois mustaqildirlar. Ayni vaqtda ulardan har birining mustaqilligi o‘zaro bog‘liqlik va bir-birini taqozo qilishidan mustasno emas.


Hisobning har bir turi bir xildagi xo‘jalik jarayonlarining turli jihatlarini o‘rganib, axborotdan foydalanuvchilarni qiziqtiradigan axborot oqimlarining alohida bosqichlarda kesishishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu hisobning barcha turlariga taalluqli bo‘lgan, ular uchun juda muhim bitta xususiyat tufayligina mumkin. U ham bo‘lsa, yuqorida ko‘rib chiqilgan uchta: natural, mehnat va pul o‘lchovlarining uchala hisob turida ham qo‘llanilishidir. Shu boisdan, hisobning uchta turini alohida va batafsil ko‘rib chiqamiz.
Operativ hisob rejalarning bajarilishini nazorat qilish va ishlab chiqarishga tezkor rahbarlikni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kundalik ma’lumotlarni olish va umumlashtirishga xizmat qiladi. U tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Opyerativ hisob yordamida korxona resurslari va ular miqdorining o‘zgarishini joriy tartibda kuzatish, buxgaltyerlik va statistik hisobda aks ettirilmaydigan qator ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilishi, shartnoma majburiyatlarning bajarilishi, mashina va qurilmalardan foydalanish darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Operativ hisob xo‘jalikka tezkor rahbarlik qilishni ta'minlash uchun iqtisodiy ma’lumotlarni to‘plashda bevosita xo‘jalik bo‘linmalarida amalga oshiriladi. Ayrim opyerativ hisob ma’lumotlaridan faqat bevosita korxonada foydalanilib qolmasdan, balki ular korxonaga rahbarlik qiluvchi yuqori tashkilotlarda, hatto iqtisodiyot tarmoqlari miqyosida alohida opyerativ hisobot ko‘rinishida ham umumlashtirilishi mumkin. Bunday hisobotlardan esa, mahsulot ishlab chiqarish miqdori va sifati, xom-ashyo bilan ta'minlanganlik darajasi, hosilni yig‘ishtirishning borishi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlarni olishda foydalaniladi.
Nazorat qilinayotgan xo‘jalik muomalalarining mazmuniga ko‘ra operativ hisobda natura va mehnat o‘lchovlari, ayrim hollarda esa pul o‘lchovlari qo‘llaniladi.
Bunday axborotlarni hisobning boshqa turlaridan olish ularga g‘ov bo‘lishi va quyilgan vazifalarni hal etishga tizimli yondashuvni qo‘llashni yuzaga chiqarmasligi mumkin. Shuning uchun ushbu bo‘shliqni o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lmagan, opyerativ hisob to‘ldiradi. Opyerativ hisob xo‘jalik hisobiga xos bo‘lgan uchala o‘lchovdan foydalansa ham, shunga qaramasdan, pul o‘lchovidan foydalanish unda cheklangan. Bu opyerativ hisobda asosan doimiy ravishda umumlashtirish talab qilinmaydigan, ayrim bir xil xo‘jalik muomalalari aks ettirilishi bilan bog‘liq. Mazkur hisob turining farq qiluvchi ikkinchi belgisi ham mana shundan iborat.
Bunday axborotlarni olishning tezkorligi opyerativ hisobning uchinchi farq qiluvchi belgisi hisoblanadi. Opyerativ axborotlarni olishga bo‘lgan talablarning soddalashtirilishi shundan kelib chiqadi. Opyerativ hisob axborotlari hujjatlashtirilmaganligi bois, ular yuridik dalillovchi kuchga ega emas. Agar opyerativ hisob axborotlarining tayinlanishidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, bunday dalillash shart emas. Opyerativ hisobning to‘rtinchi farqlovchi belgisi mana shundan iborat.
Opyerativ axborotlar, odatda, og‘zaki, telefon yoki telegraf, teletayp orqali uzatiladi. Ayrim hollarda bunday axborotlar ma’lumotnoma, xizmat yozuvi va boshqa ko‘rinishda rasmiylashtirilib, bu opyerativ hisobot tuzish deb qaralishi mumkin. Zarur hollarda opyerativ hisobda statistik va buxgaltyerlik hisobdan olingan axborotlar ham qo‘llaniladi. Bu opyerativ hisobning beshinchi o‘zishga xos belgisidir. Hisobning boshqa turlariga xos bo‘lgan, axborotlarga ishlov berishning maxsus usullari va amallarini qo‘llash opyerativ hisobda ishlatilmaydi.

Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin