1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə8/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

Inventarizatsiya ushbu funksiyani amalga oshirishning muhim usuli bo‘lib, korxona mulklarining saqlanishi va ular tarkibida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni aniqlashga imkon yaratadi. Uni amalga oshirish uchun №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS) dan foydalaniladi. Ushbu standart O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuning 11-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Inventarizatsiya jarayonida barcha xo‘jalik muomalalari hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligi va tegishli buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilganligi, zarur aniqliklar va tuzatishlar kiritilayotganligi, hamda joriy hisob ko‘rsatkichlari va haqiqiy ma’lumotlarning o‘zaro mos (teng) kelishlari tekshiriladi. Inventarizatsiya mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga qilingan xarajatlarni, mulklarni saqlanishi maqsadida to‘g‘ri aks ettirish, asosan xom-ashyo va Materiallar va yoqilg‘i-enyergetik resurslarning yo‘qotilishi borasida katta ahamiyatga ega. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi bosqichida va turli mulkchilik shakllari mavjudligi sharoitida inventarizatsiya o‘tkazish, odatda, katta hajmdagi axborotlarga ishlov berish bilan bog‘liq. Shuning uchun inventarizatsiya o‘tkazish jarayonlarini ham kompyutyerlashtirish zarur. Asosan katta nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarini inventarizatsiya qilishda kompyutyerlardan foydalanish yuqori samara beradi.
4. Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobi uzviy aloqa funksiyasini bajarib, busiz boshqaruv tizimining faoliyati ma'nosiz bo‘lib qoladi, buning ustiga keng ko‘lamda kompyutyerlashtirilgan sharoitda faoliyat ko‘rsatadigan tizimli buxgalteriya hisobi boshqaruv xodimlarini korxona va uning bo‘linmalarining ma'lum davr ichidagi faoliyati to‘g‘risida, xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga kelish manbalari va korxonaning majburiyatlari haqida, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, banklar, soliq inspeksiyasi, investorlar va boshqa xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida, moliyaviy natijalarni shakllantirish, foydaning ishlatilishi va jamg‘arilishi to‘g‘risida, mulkdorlar (aksiyadorlar, paychilar, ta'sischilar va h.k.) bilan munosabatlar to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar bilan ta'minlaydi.
Ko‘rsatkichlarning haqiqiy miqdorini aks ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida uzviy aloqadan foydalangan holda biznes-reja ko‘rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi (1.5-rasm).



Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin