1-mаvzu. Buxgalteriya hisobining predmeti va metodi


-rasm. Buxgalteriya hisobining «uzviy aloqa» funksiyasining paydo bo‘lish jarayoni



Yüklə 343,36 Kb.
səhifə9/54
tarix12.04.2023
ölçüsü343,36 Kb.
#96760
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI

1.5-rasm. Buxgalteriya hisobining «uzviy aloqa» funksiyasining paydo bo‘lish jarayoni

Buxgalteriya hisobi tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har qanday darajada ta'minlay oladi. Boshqa hech qanday tizim ushbu vazifani bajara olmaydi.


Uzviy aloqa funksiyasi, odatda asosan dastlabki hujjatlardan olinadigan, turli xil tashuvchilardagi birlamchi axborotni bajaradi. Masalan, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi ishbay naryadlarda mavjud bo‘lgan axborotlar, ham bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmini hisobga olish uchun, ham ma'lum davr ichidagi rejalashtirilgan har bir tadbir bo‘yicha rejadan chetga chiqishlarni aniqlash uchun ishlatiladi.
5. Tahliliy funksiya xo‘jalik yurituvchi subektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini va uning natijalarini tahlil qilishdan iborat. Axborotdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy axborotlarga asosan xo‘jalik yurituvchi subektning mulkiy holati, to‘lov layoqati, chetdan kapital jalb qilishi, ichki va tashqi munosabatlari, faoliyat samaradorligi, rivojlantirish istiqbollari va hokazolar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni olishga intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslarning barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari; foydaning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi va shunga o‘xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy ko‘rsatkichlar, reja, normativ, smeta ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib, tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, opyerativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliya-xo‘jalik faolitini prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati beqiyosdir.


1.6. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar
Buxgalteriya hisobi o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ko‘p hollarda «biznesning tili», rivojlangan bozor ishtirokchilarining muloqat qiladigan umumiy tili deb e'tirof etiladi. Tegishli axborotlar ulardan foydalanuvchilarga buxgalteriya hisobi tilida, ya'ni tadbirkorlar «o‘qiy oladigan» tilda yetkaziladi. Xo‘jalik yurituvchi subekt to‘g‘risidagi axborotlarga qiziquvchi istalgan yuridik yoki jismoniy shaxs moliyaviy hisobotdan foydalanuvchi deb tan olinadi. Shu munosabat bilan hisob axborotlaridan foydalanuvchilar doirasining manfaatlari shakllanadi. Mazkur foydalanuvchilar doirasi yetarli darajada barqaror bo‘lishiga qaramasdan, ularning axborotlarga talabi har xil. Farqlar eng avvalo manfaatlar xilma-xilligidan kelib chiqadi. Birovlarni mazkur xo‘jalik yurituvchi subektga quyilgan kapitaldan olinadigan daromad qiziqtirsa, boshqalarni – ushbu daromadni soliqqa tortish, uchinchi birovlarni – sarflangan mehnatga to‘liq va o‘z vaqtida haq to‘lash hamda boshqa shu kabilar qiziqtiradi. Hisob axborotidan foydalanuvchilar talablarining xilma-xilligi foydalanuvchilarning tarkibi bilan ham bog‘liq (1.6-rasm).
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari umumiy konsepsiyasiga muvofiq hisob axborotlaridan foydalanuvchilar: xizmatchilar, mol yetkazib beruvchilar, kreditorlar, investorlar, xaridorlar, hukumat, jamoatchilik hisoblanadi.
Bunday axborotdan foydalanuvchilar ikkita katta guruhga: ichki foydalanuvchilar va tashqi foydalanuvchilarga bo‘linadi.
Birinchi guruh ichki foydalanuvchilarni tashkil etadi. Keng ma'noda ularga korxona ma'muriyati, uning menejyerlari va nihoyat korxona xodimlari kiradi. Korxona ma'muriyati boshqaruv qarorlarini qabul qilishning barcha bosqichlarida: biznes-reja tuzish, nazorat va boshqaruv funksiyasining o‘zining samaradorligini baholashda hisob axborotlaridan foydalanadi.
Bevosita moliyaviy manfaatdor bo‘lgan tashqi foydalanuvchilar – bu qarz beruvchilar, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, bo‘lg‘usi aksiyadorlar, ularning konsultantlari.



Yüklə 343,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin