1-ma’ruza grammatika haqida umumiy ma’lumot reja


kategorial  grammatik ma’no



Yüklə 383,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü383,86 Kb.
#177778
1   2   3   4   5   6
1-maruza

kategorial 
grammatik ma’no;
2) xususiy grammatik ma’no so`zining kategorial grammatik 
ma’nosi ma’lum so`z turkumlari uchun xos bo`lgan umumiy grammatik 
ma’nolardir. Masalan, 
non, suv, uy, dala
so`zlarining har biriga xos bo`lgan ma’no 
– 
leksik ma’no
. Ammo ularning barchasi uchun umumiy bo`lgan ma’no ya’ni 
predmet ma’nosi 
grammatik ma’nodir
. Ayni shu umumiy grammatik ma’no 
ularni bir turkumga, ya’ni ot turkumiga birlashtiradi. Shuningdek, 
chiroyli, dono, 
fozil, kamtarin
so`zlari uchun umumiy bo`lgan belgi ma’nosi va 
o`qi, o`rgan, 
mehnat qil, bor, kel 
so`zlari uchun umumiy bo`lgan harakat ma’nosi 
kategorial 
grammatik
ma’no sanaladi.
So`zning xususiy grammatik ma’nosi ma’lum bir so`z turkumi uchun 
mansub bo`lib, bunday ma’noga otlarga xos bo`lgan son, egalik, kelishik 
ma’nolari, fe’llarga xos bo`lgan nisbat, mayl, zamon, shaxs-son, bo`lishli – 
bo`lishsizlik kabi ma’nolar kiradi.
Grammatik ma’noni ifodalash vosita va usullari 
O`zbek tilida grammatik ma’no quyidagi vosita va usullar bilan ifodalanadi: 
1. Affiksatsiya.
Bunda grammatik ma’no so`zning negiziga turli shakl 
yasovchi affikslarni qo`shish bilan ifodalanadi: 
maktablar, maktabga, oddiyroq
ishlandi
va h.k.
2. Yordamchi so`zlardan foydalanish.
Mustaqil ma’noli so`zlar yordamchi 
so`zlar orqali grammatik ma’noga ega bo`lishi mumkin: 
Daraxt mevasi bilan 
ko`rkam, odam - mehnati bilan. (maqol) 
3. Takrorlash.
So`zlarni takrorlash ham grammatik ma’noni ifodalashga 
xizmat qiladi: 
dasta-dasta gul, xirmon-xirmon paxta
kabi. Bunda 
dasta, xirmon
so`zlarini takrorlash bilan ko`plik, mo`llik ma’nosi ifodalangan.

Yüklə 383,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin