1-ma’ruza grammatika haqida umumiy ma’lumot reja



Yüklə 383,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix14.12.2023
ölçüsü383,86 Kb.
#177778
1   2   3   4   5   6
1-maruza

 
 
Grammatik kategoriya 
Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan 
shu ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi 
grammatik kategoriya
deyiladi. 
Grammatik kategoriya so`zlarni, so`z shakllarni, so`z o`rinlarini, so`z 
qurilmalarini 
birlashtiradi, 
umumlashtiradi. 
Shunga 
ko`ra 
grammatik 
kategoriyalarning to`rt turi farqlanadi: 1) so`zning grammatik kategoriyalari; 2) 
so`z shakllarning grammatik kategoriyalari; 3) so`z o`rinlarining grammatik 
kategoriyalari; 4) so`z qurilmalarining grammatik kategoriyalari. 
So`z va so`z shakllarning grammatik kategoriyalari tizimi tilning 
morfologiyasini tashkil etsa, so`z o`rinlari va so`z qurilmalarining grammatik 
kategoriyalari tizimi tilning sintaksisini tashkil etadi. 
Demak, grammatik kategoriyalarni 
morfologik kategoriyalarga
va 
sintaktik kategoriyalarga 
ajratish mumkin. 
Morfologik grammatik kategoriyalarga, birinchidan, so`z turkumlarining 
o`zi, ya’ni 
ot, sifat, son, fe’l
kabilar kirsa, ikkinchidan, ma’lum bir turkumga xos 
bo`lgan kategoriyalar, ya’ni otlarga xos bo`lgan 
son, egalik, kelishik 
kategoriyalari,
fe’llarga xos bo`lgan 
bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayli, 
zamon, shaxs-son
kategoriyalari kiradi. 
Sintaktik grammatik kategoriyalar deyilganda, gap, gap bo`laklari: 
ega, 
kesim, to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol
kabilar nazarda tutiladi. 
 
So`z turkumlari 
Nutqimizda mavjud so`zlar bir-biridan ma’no va grammatik xususiyatlari 
jihatidan farq qiladi. Shu jihatdan so`zlar ayrim-ayrim leksik-grammatik
guruhlarga, turkumlarga ajratiladi. So`zlarning ma’no va grammatik belgilarining 
o`xshashligiga qarab guruhlarga bo`linishi so`z turkumlari deyiladi. So`zlarni 
turkumlarga ajratish uch tamoyilga tayanadi: 
1)
leksik-semantik tamoyil; 
2)
morfologik tamoyil; 
3)
sintaktik tamoyil. 
Leksik-semantik tamoyilga ko`ra so`zlarni guruhlarga ajratishda, so`zning 
leksik ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan: 
tuz, non, tinchlik, daryo, tog`, osmon
kabi so`zlar predmet yoki predmetlik tushunchasini (bunday so`zlar ot so`z 
turkumi deb nomlangan); 
katta ko`cha, shirin olma, tiniq osmon, ko`k ko`ylak
kabi 
ajratilgan so`zlar predmetning belgisini (bunday so`zlar sifat deb nomlangan), 
beshta daftar, yuzlab odam, o`ntadan o`quvchi, ikkinchi kurs
kabilarda ajratilgan 
so`zlar predmetning miqdorini, tartibini (bunday so`zlar son deb nomlangan); 


ayrim so`zlar 
bormoq, kelmoq, yozmoq, kulmoq, uxlamoq
kabi harakat va holat 
tushunchasini (bunday so`zlar fe’l deb nomlangan); 
asta o`qidi, do`stona gapirdi, 
piyoda yurdi
kabi ajratilgan so`zlar esa ish-harakatning belgisini (bunday so`zlar 
ravish deb nomlangan) bildiradi. 
Chunonchi, ayrim so`zlar predmet, belgi, miqdor ma’nosini nomlab 
ko`rsatmasa ham, ularning mavjudligiga ishora qiladi: men, sen, bu, shu, qancha, 
har kim, qandaydir kabi (bunday so`zlar olmosh deb nomlangan). 
Tilda shunday so`zlar 
(bilan, va, ammo, uchun, chunki, xuddi, faqat, albatta, 
yo`q, eh, oh, dupur-dupur, yalt-yult
kabi) ham borki, ular mustaqil holda leksik 
ma’no ifoda etmaydi, biror tushunchaning atamasi bo`la olmaydi. Bunday so`zlar 
hozirgi o`zbek tilida ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, modal, undov, taqlid so`zlar 
deb yuritiladi. 
Morfologik tamoyilga ko`ra so`zlarni guruhlarga ajratishda ularning 
morfologik xususiyatlari asos qilib olinadi. So`zlarning qanday morfologik shaklda 
kelishi uning ma’no xususiyati bilan bog`liq. Masalan: predmet tushunchasini 
anglatadigan so`zlar (otlar) son, egalik, kelishik kabi grammatik shakllarga; 
predmetning, ish-harakatning belgisini bildiradigan so`zlar (sifat va ravishlar) 
daraja shakliga; harakat yoki holat ma’nosini bildirgan so`zlar (fe’l) nisbat, zamon, 
shaxs-son, mayl kabi grammatik shakllarga ega. 
Predmet yoki shaxsga ishora qiluvchi so`zlar (olmosh) ham morfologik 
jihatdan o`zgarib, son, egalik, kelishik shaklida kela oladi. 
Predmetning miqdori va tartibini anglatuvchi so`zlar (son) morfologik 
jihatdan o`zgarmaydi. Shuningdek, leksik ma’no anglatmaydigan so`zlar 
(ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, modal so`z, undov va taqlid so`zlar) ham 
morfologik shakllarga ega emas. 
Sintaktik tamoyilga ko`ra so`zlarni guruhlarga ajratish esa uning sintaktik 
tomoni, ya’ni qanday so`zlar bilan grammatik munosabatga kirishi, gapda 
bajaradigan sintaktik vazifasiga ko`ra belgilanadi. Masalan: predmet ma’nosini 
anglatuvchi so`zlar (ot) bosh kelishik shaklida ega va kesim vazifasini, qaratqich 
kelishigi shaklida aniqlovchi, tushum, jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishigi 
shakllarida to`ldiruvchi va hol vazifalarida keladi: 
dars boshlandi, odamning 
ko`rki, xatni yozdi, universitetda o`qiydi
kabi. 
Belgi bildiradigan so`zlar (sifat, son, ravish) predmet yoki harakat 
ifodalovchi so`zlar bilan grammatik munosabatga kirishib, gapda aniqlovchi yoki 
hol vazifalarida keladi 
(to`g`ri so`z, o`z, beshta bola, ko`p kitob, yaxshi o`qiydi, 
birinchi keldi
kabi). 
Predmet, belgi, miqdorning mavjudligiga ishora qiluvchi, ular o`rnida 
almashinib qo`llanuvchi so`zlar (olmoshlar) gapda nimaga ishora qilishi va qanday 
so`zlar bilan birikishiga ko`ra gapda ega, kesim, to`ldiruvchi, aniqlovchi, hol 
vazifalarida keladi 
(men gapirdim, maqsadim – shu, bu bino, nimani o`qiding, 
qayerda yashaydi
kabi). 
Tildagi leksik ma’no ifoda etmaydigan so`zlar esa (ko`makchi, bog`lovchi, 
yuklama) leksik ma’no ifodalovchi so`zlar orasidagi grammatik munosabatni 
shakllantiradi, gap pyoki uning tarkibidagi ayrim so`zlarga qo`shimcha ma’no 
qo`shadi. Bunday so`zlar sintaktik vazifa bajarmaydi. 


Shuningdek, leksik ma’no ifodalamay, biror hodisaning atamasi (nomi) 
bo`lmasa ham, lekin gap bo`lagi sifatida yoki mustaqil holda so`z-gap sifatida 
qo`llana oladigan so`zlar (modal, undov, taqlid so`zlar) ham mavjud 
(kerak, zarur, 
bor, oh, eh, uf, ey, gup-gup, dupur-dupur
kabi). 
Demak, so`zlarning gapda qanday gap bo`lagi bo`lib kelishi, uning qanday 
so`zlar bilan aloqaga kira olishi, ma’nosiga va grammatik shakliga bog`liqdir. 
O`zbek tili lug`at tarkibidagi so`zlar leksik-semantik, morfologik va 
sintaktik tamoyilga tayangan holda quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
1) mustaqil so`zlar, 2) yordamchi so`zlar, 3) alohida guruh so`zlar. 
Mustaqil holda leksik ma’no ifoda eta oladigan, biror morfologik shaklda 
kelib, gap bo`lagi vazifasini bajaradigan so`zlarga 

Yüklə 383,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin