Nazorat uchun savollar
1. Tovar hayotiylik davri nazariyasining asoschisi kim?
2.Tovar assortimenti, markasi, tovar nomenklaturasiga tushuncha bering.
3.Tovarlar va iste’molchilar qanday turlarga bo‘linadi?
4.Tovarni bozorga kiritishda qanday yangi yo‘llarni tavsiya etishimiz mumkin? Yangi turdagi
mahsulot ishlab chiqarishning asosiy bosqichlarini tushuntiring.
5.Tovar yaratishning qanday bosqichlarini bilasiz? Shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarilgan
tovarlar harakatini qanday tasavvur qilasiz?
X bob. NARX VA NARX UNING SIYOSATI
10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati
Narx
– bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir. Narx – tovar,
buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning
qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.
Qiymat
– bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish darajasi. Xaridorning
mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar
xaridorga bitta birlik mahsulot kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Agarda
unga bir nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to‘lash qobiliyati
bo‘ladi. Chunki mahsulotning keyingi donasi kamroq qadrli bo‘ladi. Bu haqiqat bizni
agregatlashgan bozor talab chizig‘iga olib keladi.
Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulotning nafligi ta’sir ko‘rsatadi. Agar
xaridorda alternativ mahsulotni tanlash imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib
olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi uchun eng ma’qul va
ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.
Narx
– “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri hisoblanadi. U hech qachon marketing
— miksning boshqa vositalaridan ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx
muammosini” tahlil qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan bog‘liq
bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.
Bozor xo‘jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali faoliyat yuritishi mumkin.
Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va taklif nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga
olgan holda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi savdo va oldi-sotdi shartnomasi natijasida hosil bo‘ladi.
Narx-navo, ya’ni baho bozorning unsurlari ichida eng murakkab elementidir. U har doim o‘zgarib
turadigan, harakatchan mexanizm bo‘lib bozordagi vaziyat o‘zgarishlariga tez va chaqqonlik bilan
moslashib boradi.
Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy qismlaridan biridir. Oxirgi yillarda narx
bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi
masofa kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi o‘rtasidagi nisbat har bir iqtisodiy
kelishuvning asosidir.
Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. U
tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib turadi. Marketingda baho siyosatining mohiyati,
bozorda aniq ulushga erishish, ko‘zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor
masalalarni yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni o‘zgartirib turishdan iborat.
Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Bu tabiiydir,
chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi
ham harakatchandir. Shuning uchun marketing strategiyasida shunchalik harakatchan narxlar
siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli
bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish
vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi. Narxlar hech
qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar
pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan baholar, deb ataluvchi narxlarda sotiladi. Yuqori narxlar
esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan
iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarda marketingdagi narxni tashkil qilish muammolarini
faqatgina asosiy strategik yondashishlarigina ishlab chiqilishi bejiz emas, chunki narxlarning o‘zi
faqat bozor subyektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan o‘rnatiladi va davlat
tomonidan tartibga solinadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni narx darajasiga
bog‘liq. Buning natijasi sotiladigan tovarlar massasida korxona ulushining oshishidir.
Narx – mahsulot sifatining indikatori sifatida.
Bozor sharoitida narx siyosati o‘ziga xos bo‘lib, turli narxlarning mavjudligi bozor qonuniyatidir.
Narx shakllanishida tovar bahosi uning sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon
bo‘ladi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, talab tushadi va aksincha, past narxda tovarga bo‘lgan
talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi miqdoriy ko‘rsatkich sifatida
xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar
sifatini obyektiv baholaydi, deb bo‘lmaydi. Savdo do‘konlarining turiga qarab ishlab chiqaruvchidan
olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi.
Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik chakana savdo do‘konidagi
narxlardan yuqoriligi yirik savdo markazlaridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi?
Bu quyidagilar bilan izohlanadi:
1.
Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga qaraganda ko‘proq
kafolatlaydi.
2.
Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum ko‘rsatkich bo‘lib xizmat
qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha
firmaning mahsuloti xaridor tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul
qilinadi.
3.
Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo‘lib hisoblanadi. Reklamada
tovar narxi ko‘rsatilmaydi.
Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror narxlar holatini haqiqatda tovar va
xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash belgilaydi, degan fikr hukmron edi. O‘zgarmas narxlar barqaror
ishlab chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda narxlar tizimi ancha
chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalik yuritishning yangi
bozorlar sharoitiga moslashmog‘i lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib borishi kuzatilmoqda, chunki mana
shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan
uyg‘unlashib ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, transport va milliy
iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ko‘p
hollarda xaridor tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx siyosatini olib
borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda
narxning pasayishi sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu
davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlilik darajasini
pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga
intiladilar. Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda.
Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq.
Albatta, marketing - miks vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va
distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i uchun kerak bo‘lgan
shartlardir.
Marketing — miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi. Faqat narxgina xaridorning
iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan
voz kechish) ni belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni xaridor biron bir
foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron bir mahsulot uchun yuqori narx to‘lash
xaridor uchun boshqa biron bir mahsulotdan voz kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi
taklif qilgan narxni mahsulot nafliligi bilan va boshqa alternativ mahsulotlar narxi bilan solishtiradi.
Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot nafliligi bo‘lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va
har xil narxlarga olib keladi. Xaridorlarning talablari, raqobatchilar tomonidan mahsulotlar doimo
o‘zgarib turishini inobatga olgan holda muntazam ravishda narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish
lozim.
Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo, harakatlantirish) bilan daromad
keltirish borasida farqlanadi. Narx (baho) sotuvchi uchun o‘z mehnati taqdirlanishini ko‘rsatadi.
10.1- jadval
Dostları ilə paylaş: |