Iste’molchilar yangilikni qanday qabul qilishga tayyor ekanligi darajasiga qarab ularni super
novator, novator, oddiy iste’molchilar, konservator, super konservator guruhlariga ajratiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yangi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar
birinchi navbatda, supernovator va novatorlarning iqtisodiy,
psixologik, demografik va boshqa
tavsiflarini o‘rganishlari kerak.
Iste’molchilar yangi turdagi tovar ishlab chiqarishdagi g‘oyalarni topishda ajoyib manba bo‘lib
xizmat qiladi. Ularning talab va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida mijozlarni anketali so‘roq qilish,
kelayotgan xat va shikoyatlarni o‘rganish orqali ham aniqlash mumkin. Yangilik bo‘lgan g‘oyalar
manbayi, albatta olimlar mahsuloti, ularning fikr-mulohazalaridir. Olimlar mavjud tovarni
mukammallashtirish, takommillashgan variantlarini ishlab chiqish yoki original tovarlarni ishlab
chiqarish uchun zarur yangi materiallarni kashf etish imkoniyatiga, potensialiga egadirlar. Bundan
tashqari raqobatchi firmaning xaridor e’tiborini jalb etgan tovarlari xususiyatlarini ham o‘rganish
kerak. Yangi tovarlar yaratish borasida g‘oyalarni savdo xodimlari, firma dilerlaridan olish mumkin.
Chunki ular xaridorlar bilan kunda muloqotda bo‘lib, ularning fikr-mulohazalari bilan yaxshi tanish
bo‘ladilar.
2. G‘oyalarni tanlash. Avvalgi bosqich, ya’ni g‘oyalarni shakllantirish
bosqichida iloji boricha
ko‘proq g‘oyalar jamlanadi. Keyingi g‘oyalarni tanlash bosqichida esa ularning miqdori
kamaytiriladi. Bu maqsad yo‘lida birinchi qadam g‘oyalarni tanlashdir. Tanlovning maqsadi
keraksiz g‘oyalarni iloji boricha oldindan aniqlab, ulardan voz kechishdir. Ko‘pgina firmalarda
mutaxassislar yangi turdagi tovar g‘oyasini standart blankalarda bayon etib, yangi tovarlar bo‘yicha
komissiyaga ko‘rib chiqish uchun topshirishlari kerak. Bunday hujjatda tovarning bayoni, shu tovar
bozori, raqobatchilar haqida ma’lumot, bozorda aynan shu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmining
taxminiy hisobkitoblari, tovar narxi, shu tovarni yaratish uchun ketadigan
vaqt va sarfxarajatlar, shu
mahsulotni ishlab chiqarish hujjati va olinadigan foyda miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. G‘oya
juda ajoyib bo‘lgan taqdirda ham uni amalga oshirish firma faoliyatiga mos kelishi, uning
yo‘nalishi, maqsadi resurslariga xos bo‘lishi zarur, aks holda ushbu g‘oya firma uchun zararga
aylanishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘plab firmalar g‘oyalarni baholash va tanlashning maxsus
tizimlarini ishlab chiqadilar.
−
Tovar loyihasini yaratish va uni tekshirish.
−
Marketing strategiyasini ishlab chiqish.
−
Tovar ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlarini tahlil etish.
Firma rahbariyati tovar loyihasi va marketing strategiyasini ko‘rib chiqib, loyihaning qay darajada
samaradorligini aniqlashi kerak. Buning uchun rejadagi sotish miqdori, ko‘riladigan foyda va
zararning ko‘rsatkichlarini tahlil qilish lozim. Agar tahlilning natijalari qoniqarli bo‘lsa, tovarni
loyihadan to‘g‘ridan to‘g‘ri real tovarga aylantirish jarayoni boshlanadi.
3.Yangi tovar namunasini yaratish. Agar tovar loyihasi tahlil bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa,
keyingi ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI) bosqichida u real tovarga aylanadi.
Shu vaqtgacha tovar qog‘ozda, rasmlarda, maketlardagina edi. Bu bosqichda loyihadagi tovarni
haqiqatdan
ham amalga oshirish mumkinmi, yo‘qmi, uni ro‘yobga chiqarish texnik, kommersiya
nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiqmi, yo‘qmi, degan savolga javob olinadi. Bu jarayon «Ishlab
chiqarishni texnik tayyorlash», deb ataladi va ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik (buyumlarni
loyihalashtirish) va texnologik bosqichlardan iborat bo‘ladi. O‘z navbatida, texnik tayyorlash
buyumlarning hayotiylik davrini bir qismini o‘z ichiga oladi. Bular: buyumlarni ilmiy-texnik
jihatdan tayyorlash, ularni ishlab chiqarish va foydalanish.
4.
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash yangi mahsulot xillarini loyihalashtirish,
o‘zlashtirish va ishlab chiqarilayotganlarini takomillashtirib borishdan iborat. U quyidagi
bosqichlarda olib beriladi:
−
Texnik topshirish.
−
Texnik takliflar.
−
Eskiz loyihasini tuzish.
−
Texnik loyihani tuzish.
−
Ishchi loyihani aniqlash.
Yangi xildagi mahsulotlarni yaratish haqidagi batafsil bilimlarni «Ishlab chiqarishni tashkil etish va
rejalashtirish» fan sohalaridan olish mumkin. Buning uchun maxsus adabiyotlarga murojaat qilish
zarur.
4.
Tadqiqotlar va izlanishlar (ITTKI) bo‘limida tovarni loyihalashtirish ishlari bir yoki bir
necha tajriba namunalarini tayyorlash va texnik hujjatlarni buyurtmachiga topshirish
bilan
tugallanadi. Bu namunalar ushbu talablarga javob berishi kerak:
−
Iste’molchilar reklamada e’lon qilingan barcha xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan tovar sifatida
qabul qilishlari kerak.
−
U xavfsiz bo‘lib, mo‘tadil sharoitlarda ishonchli ishlashi kerak.
−
Uning tannarxi rejalashtirilgan smetadan oshib ketmasligini ta’minlash lozim.
Loyihadagi tovar namunasini yaratish uchun kunlar, haftalar, oylar, hatto yillar o‘tishi mumkin.
Yaratilgan namuna barcha zarur xususiyatlarni o‘zida namoyon etishi kerak. Namunalar tayyor
bo‘lgandan keyin ular sinaladi. Sinovlar laboratoriya, tabiiy sharoitlarda o‘tkaziladi.
4.
Bozor sharoitida sinov. Tovar laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tsa,
iste’molchilarning ijobiy fikrlarini olsa, firma uni bozor sharoitida sinash uchun kichik
partiyada sotuvga chiqaradi. Bu bosqichda tovar va o‘tkazilayotgan marketing strategiyasi
bozor sharoitlarida sinaladi, bunda xaridor
va dilerlarning talablari, istaklari o‘rganiladi. Shu
orqali bozorda ushbu tovarga bo‘lgan ehtiyoj hajmi aniqlanadi. Tovarning turiga qarab bozor
sharoitidagi sinovlar ham turlicha bo‘ladi.
5.
Tijorat maqsadida keng miqyosda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Bozor sharoitidagi
sinovlar natijasida olingan ma’lumotlar firma rahbariyatiga shu turdagi tovarni ishlab
chiqarish yoki chiqarmaslik to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga yordam beradi. Firma yangi
turdagi tovar bilan bozorga qachon, qayerga chiqishi, tovarni kimga va qanday taklif etishi
kerak, degan savollarga javob topishi kerak bo‘ladi.
Firma har bir yangi turdagi tovar, har bir yangi bozor, hudud uchun
alohida marketing rejasini
tuzishi kerak.
Turli tashkilot va muassasalar yangi turdagi tovar va xizmatlarni tashkil etish zaruriyatini borgan
sari ko‘proq tushunmoqdalar. Hozirgi kunda mavjud tovarlarning umri qisqarmoqda, ularning
o‘rnini yangi turdagi mahsulotlar bilan to‘ldirish ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Ammo yangi tovar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Yangilik bilan bog‘liq tavakkalchilik
xavfi bo‘lsa-da, shu barobarida katta foyda keltirishi ham mumkin. Yangiliklar yaratish borasida
muvaffaqiyatga erishishning asosi: yangi tovarlar g‘oyasini shakllantirish, jiddiy tadqiqotlar
o‘tkazish, yangi tovarni ro‘yobga chiqarish bosqichlarida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kabilarga
bog‘liq. Yangi tovarni yaratish jarayonida firma o‘z maqsadiga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalarni o‘z
vaqtida tark etishi lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida raqobat borgan sari
kuchayib bormoqda. Ushbu sharoitda, ya’ni
raqobatchilarni yengish, foyda olish uchun doimo yangi
turdagi tovarlar ishlab chiqish orqaligina iste’molchilarning talablarini qondirish mumkin. Shuning
uchun ham marketingning eng muhim masalalaridan biri yangi turdagi tovar ishlab chiqish
strategiyasi puxta o‘rganish, izchillik bilan amalga oshirishni taqozo etadi.
8.Tovarlarni ishlab chiqarishdan bozorga olib chiqish.
Moddiy ne’matlarni iste’mol qilish va xizmatlardan foydalanish aholi turmush darajasini ifodalovchi
asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich aholining moddiy ne’matlar, to‘lovli va
to‘lovsiz xizmatlar iste’molini o‘z ichiga oladi. Uni bilish va hisoblash aholining iste’mol fondi,
ijtimoiy iste’mol fondlaridan to‘lovlar va imtiyozlar, pullik xizmat to‘lovlari va boshqa
ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlaydi. Aholining iste’mol fondi ko‘rsatkichiga
nisbatan ular aholi shaxsiy iste’molini qondirilishi haqida to‘liq ma’lumot beradi.
Dostları ilə paylaş: