Servis
Nazorat, mumkin qadar
markazlashtirilgan
nazorat
Nazorat, mumkin
qadar
markazlash-
tirilmagan nazorat
Servis markazi
tomonidan olib
boriladigan
nazorat
Tovarni sotish
uchun yangi
imkoniyatlar
yaratish
maqsadida
servisdan
foydalanish
Bu jadval ma’lumotlarini umumlashtirib shunday xulosaga kelish mumkinki, firma yoki korxona
tovarning turli hayotiylik davri bosqichida ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda marketing
taktikasining u yoki bu shaklidan foydalanadi.
9.3. Yangi tovar tushunchasi
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologiyalardagi o‘zgarishlar, iste’molchilar ehtiyojlari, o‘zaro
raqobat tufayli firma ishlab chiqarayotgan tovarlari doirasi bilan cheklanib qolmasligi kerak.
Iste’molchi doimo yangi va takomillashtirilgan tovarlarga talabgor bo‘ladi va albatta, raqobatchi
firma bu talabni qondirish maqsadida yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun bor kuchini
safarbar etadi. Har bir firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z dasturiga ega
bo‘lishi kerak.
Kompaniya yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ikki usulda yo‘lga qo‘yishi mumkin:
1.
Yangi turdagi tovarlarni chetdan olib o‘zlashtirish. Bunda firma boshqa biron firmaning
mahsulotini ishlab chiqarish
huquqini beruvchi litsenziya, patentini sotib oladi.
2.
Yangi turdagi tovarlar o‘z imkoniyatlarini ishga solgan holda, o‘z kuchi bilan dunyoga
keltiriladi. Bunda firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot va
izlanishlar bo‘limini tashkil etadi.
Xo‘sh, yangi turdagi tovarlar iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilsada,
nega muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Buning oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Firma rahbari
o‘ziga yoqqan biron yangi turdagi tovar g‘oyasini marketing tadqiqotlari natijalari salbiy bo‘lsa ham
ilgari suradi va natijada zarar ko‘radi. Yoki yangi tovar haqidagi g‘oyaning o‘zi qiziqarli,
lekin bu
tovarga bo‘lgan bozor talabi keragidan ortiqcha hajmda belgilanadi. Oqibatda yangi turdagi tovar
talabdan ortiq ishlab chiqariladi va hech kimga kerak bo‘lmaydi. Boshqa bir holatni olaylik: tovar
g‘oyasi ham a’lo, lekin uning namunasini yaratish jarayonida tovar konstruksiyasi talab darajasida
bo‘lmay qoladi. Bunday tovar ham bozorda kasod bo‘ladi. Yana bir boshqa holatni faraz qilaylik,
g‘oya juda yaxshi o‘ylangan, tovar namunasi sinovlardan yaxshi o‘tgan, marketing hisoblari
bo‘yicha bu mahsulot foyda keltirishi kerak. Lekin natija firma o‘ylagandek bo‘lmaydi. Bunga sabab
ushbu yangi tovar reklamasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, tovarning iste’molchi
uchun qiziqarli
bo‘lgan xususiyatlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Yangi tovarning reklamasi muvaffaqiyatsiz chiqishi,
bozorda kerakli xususiyatlari ko‘rsatila olinmagandan tashqari tovar narxining balandligi ham ushbu
tovarni xaridorgir qilmasligi mumkin. Bundan tashqari yangi turdagi tovarni ishlab chiqarishda
mo‘ljallangandan ortiqroq sarf-xarajat bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, agar tovar bozorda talab
qilinmasa, ko‘riladigan zarar ham ortishini bildiradi. Ba’zan yangi turdagi tovar ishlab chiqarish
bosqichlari juda
silliq ketayotganida, raqobatchi firma undan ham sifatliroq tovar ishlab chiqarib,
zarar keltirishi mumkin. Shunday qilib, firma oldida tanlash uchun ikki yo‘l turadi, bir tomondan,
yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta zarur, ikkinchi tomondan, yangi tovar imkoniyatining
muvaffaqiyati qil ustida turadi. Bunday murakkab va og‘ir masalani hal etish usullaridan biri shuki,
firma yangi turdagi tovarlarni o‘ylab topish, amalga oshirish
ishlarini doimo, izchillik bilan, o‘z
maqsadiga yo‘naltirilgan holda olib borishi kerak. Ya’ni firma bozori chaqqon tovarlarni ishlab
chiqarish bilan birga yangi tovarlarni dunyoga keltirish borasida uzluksiz izlanishlar olib borishi
kerak.
Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish quyidagi 8 ta bosqichdan o‘tadi:
shakllantirish
9.6-rasm.Yangi tovarni yaratishning asosiy
Dostları ilə paylaş: