1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijro etish faoliyatlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə6/6
tarix28.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#103946
1   2   3   4   5   6
115230 1 mavzu

Quyosh tuhfasi
Bu voqyea qadim zamonlarda bo‘lib o‘tgan edi. Sharq mamlakatlaridan birining qaysidir shahrining sershovqin ko‘chalarining birida bir bola turar edi. U ota-onasidan yetim qolgan bo‘lib, kiyimlari juldir, qorni ochligi sababli, bir qo‘lida surnaychasini chalib, ikkinchi qo‘lini o‘tganqketgan odamlarga cho‘zib turardi. Yo‘lovchilar unga e'tibor bermay o‘tishardi. Shu tarzda kech tushib, quyosh ham minaralar ortiga yashirina boshladi. Shamol turib, sovuqdan bolaning eti junjikibdi. Bola xo‘rligi kelib yig‘lab yuboribdi va boshi oqqan tomonga keta boshlabdi. Atrofni qorong‘u qopladi. Shu payt it vovulladi va qorong‘uda kimdir:
- Kimsan? Qaerga ketyapsan? – deb so‘radi.
- Men bir yetimman. Quyoshni izlab ketyapman. Uning uyi qaerda ekanini aytib berolmaysizmi?-deb so‘radi bola
- Yur men bilan – dedi notanish kishi va uni qo‘lidan ushlab yetaklab ketdi. Bu cho‘pon edi. U bolakayni o‘z uyiga olib keldi va bolalariga:
- Bolalar, sizlarga og‘a olib keldim. Beshta bolaning qorni to‘ygan yerda oltinchisi ham oya qolmaydi- dedi. Hunsandchilikdan bolaning ko‘zlariga yosh keldi. Bechora o‘z minnatdorchiligini qanday izhor qilishni bilmasdi. Shunda cho‘ntagidagi surnaychasi esiga tushdi va uni qo‘llariga olib o‘zi yog‘tirgan bir kuyni chalib berdi. Bu surnaychani uning o‘zi yasab olgandi. Shuning uchun ham uning tovushi o‘zi istaganidek ta'sirchan, betakror emas, yetarlicha jarangdor ham emas edi. Bolakayning esa cho‘pon va uning oilasiga chin dilidan, ich-ichidan chiqayotgan mehrga to‘la va yoqimli bir kuy chalib bergisi kelardi. Shunda u o‘ziga: «Eh, attang! Qani endi bir cholg‘uyim bo‘lsa-yu, uning ovozi boshqalarga o‘xshamagan, mehrga, iliqlikka to‘la bo‘lsa» -debdi.
Bola cho‘ponning bolalari bilan kechki ovqatni yeb, qornini to‘ydiribdi. So‘ng onalari hammlariga bir ko‘rpa ostiga joy solib, ularni o‘pib yotqizibdi. Bola shirin uyquga ketib, tush ko‘ribdi. Tushida qanotlarda baland uchib, Quyosh huzuriga yetib boribdi.
- Salom, bolakay, -dedi Quyosh, -seni anchadan beri ko‘tar edim. Sen haqingda hammsini bilaman. Sen sozanda bo‘lishni orzu qilasan. Mana senga seshrli cholg‘u. Uning nomi –surnay- debdi va bolakayga o‘zi orzu qilganidek, haqiqiy cholg‘uni uzatibdi. «Bu cholg‘u hamma vaqt insonlarni yaxshi kunlarida xizmat qisin – debdi. Bolakayning sevinchi ichiga sig‘may, Quyoshning issiq va mehrli quchog‘iga o‘zini otib, uni mahkam quchoqlabdi. Hursandchiligi qalbiga sig‘may, uyqudan uyg‘onib ketibdi. Ko‘zlarini ochsa, Quyoshni emas, yonida yotgan o‘z og‘alarini quchoqlayotgan ekan. Qo‘llarida esa o‘sha – tushida Quyosh bergan haqiqiy surnayni mahkam ushlagan edi.
Shunda bola Quyosh asli mana shu xonadonda ekanini, uning qaynoq mehri mana shu oilaning a'zolari – sodda va mehribon cho‘pon va uning oila a'zolarining mehri ekanini, nihoyat u o‘z oilasini, mehribonlarini topganini tushunibdi.
Surnay haqidagi voqyea tezda yaqin atrofdagi barcha qishloqlarga tarqalib ketibdi. Sozanda bolani esa insonlar oilaviy to‘y va tantanalariga taklif qila boshlashibdi. Hamma yerda unga hurmat va ehtirom ko‘rsatishar va uning chalgan kuylarini sevib tinglashar edi. Chunki surnay navosi har doim insonlardagi mehr –muxabbat, vafo va sadoqatni tanarrum etadi.
Xalq cholg‘ulari orkestrida cholg‘uchilarning joylashish tartibi


  • Torli cholg‘ular oldi qatorda, zarbli cholg‘ular esa orqa qatorlarga joylashadi.

  • Torli cholg‘ular qatorining o‘rtasidan qonun, rubob va dutor ikki chekkadan joy oladi;

  • Zarbli cholg‘ulardan nog‘ora qator markazidan, safoyil va quticha uning o‘ng tomonidan, taxta qarsak va doira esa chap tomonidan joy oladilar.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin