1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijro etish faoliyatlari


Musiqaviy-didaktik o‘yinlardan foydalanish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/6
tarix28.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#103946
1   2   3   4   5   6
115230 1 mavzu

Musiqaviy-didaktik o‘yinlardan foydalanish

Musiqaviy-didaktik o‘yinlarni tashkil etishda bolalarga mustaqil harakatlani uchun katta imkoniyatlar berilishi lozim. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bolalarga qanchalik katta ishonch bildirilsa, ular o‘zlarig topshirilgan ishga shunchalik mas'uliyatliroq, ongliroq, hozirjavoblik va halollik bilan yondoshadilar. Demak, o‘ynaladigan o‘yinni tanlash, rollar va cholg‘ularni taqsimlashni boallarning o‘zlariga havola etish, faqat zarur bo‘lgan hollarda ular orasida yuzaga kelgan kelishmovchilikni yechishda shitirok etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘yin faoliyati davomida bolalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning ma'lum bir shakli yuzaga keladi. Bolalarni kuzata turib, bugun yaxshi tashkil etilgan o‘yin ertasi kuni xuddi o‘sha tartibda takrorlanishini ko‘rish mumkin. Bu tushunarli hol: kecha hamma birgalikda harakat qildi, kim qaysi cholg‘uda chalishini kelishib oldi, kecha kim boshlovchi bo‘lishini aniqlab olishdi. Shunday qilib, bolalarda o‘zaro hamjihatlik, do‘st- birodarlik, yelkadoshlik sifatlari rivojlanib boradi. Shuningdek, o‘yin davomida bolalarda tajriba almashish ham yuzaga keladi. Masalan, Raximjon metallofonda chalishda tezqtez hatolikka yo‘l qo‘yadi, lekin shunga qaramay hyech kim undan hafa bo‘lmadi, aksincha, Guli unga o‘z yordamini taklif qildi.
Mustaqil musiqiy faoliyatda bolalar cholg‘uchilikni amalga oshirishlari, turli musiqaviy-didaktik o‘yinlarni o‘tkazishlari, o‘zlari yoqtirgan bolalar qayshiqlari yozilgan tasmalar yoki kompakt disklarni tinglashlari uchun zaruriy sharoitlar, musiqa markazlari yaratilgan bo‘lishi kerak.
Cholg‘uchilik bilan shug‘ullanish, orkestr tashkil qilishni xoxlovchi bolalar guruhda boshqa turdagi faoliyat olib borayotgan boallarga halaqit qilmasliklari uchun musiqa burchaklarini holi joyda, masalan, yotoqning bo‘sh qismida yoki yechinish uchun ajratilgan xonada (yechinish joyi kun bo‘yi bo‘sh qoladi) tashkil etish eng maqbul yechimdir. Shuningdek, bu yerda kichik guruhlarga bo‘linib o‘tkaziladigan musiqaviy-didaktik o‘yinlarni ham tashkil etish mumkin bo‘ladi. Agara o‘yin tarqatma materiallarga asoslangan bo‘lsa, bu yerda 1-2 stolni joylashtirsa ham bo‘ladi. Agar bunday o‘yin butun guruh bilan tashkil etilsa, tarkatma materiallar guruh xonasiga olib kiriladi.
Biror bir cholg‘uda chalish istagi tug‘ilgan bola bu haqida tarbiyachiga aytishi va tarbiyachi buning uchun zaruriy sharoit va jahozlar bilan bolani ta'minlashi, bordiyu, boshqa bir yoki bir necha bola ham unga ergashsa, tarbiyachi bolalar faoliyatlarining natijalarini kuzatib borishi talab etiladi.
Musiqa burchaklari. Maktabgacha ta'lim mukassasasida bunday burchaklar bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarining musiqa burchaklarida bolalarning musiqiy faoliyatlarini aks ettiruvchi rasm yoki fotosurat joylashtiriladi. Masalan, biror bir cholg‘uda chalayotgan, raqs tushayotgan yoki qo‘shiq aytayotgan bolalar. Shu yerning o‘zidan musiqiy o‘yinchoqlar: doirachalar, qo‘ng‘iroqchalar, dutorchalar, bubenlar, shiqildoqchalar, metallofon, o‘yinchoq pianino, kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalar bilan o‘ynaydigan musiqaviy-didaktik o‘yinlar («Qo‘g‘irchoq nima qiladi?», «Aniqla», «Mening bolalarim qani?» va h.k.) qo‘llanmalari ham joy oladi.
Kichik yosh guruhlaridagi musiqiy burchaklarga tarbiyachi bolalar bilan birga o‘ynaydigan turli ko‘ngil ochish o‘yinchoqlari (cholg‘u chalayotgan ayiqcha, baraban chalayotgan yoki sakrayotgan quyoncha, harakatlanuvchi qo‘g‘irchoq va h.k.) ham joylashtiriladi. Masalan, kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarni yarim doira shaklida o‘tkazadi va maktabgacha muassasaga borishni xoxlagan maymuncha haqida ertak aytib beradi. Unda maymuncha uzoq vaqt imkon izlagani va nihoyat muassasamizga yetib kelgani va uni bolalar bilan hursandchilik qilish istagi haqida hikoya qiladi. Maymuncha sho‘x raqsga tushadi, bolalar unga chapak chaladilar. So‘ng, tarbiyachi bolalarga mehmon bilan birgalikda raqsga tushishni taklif qiladi.
Katta va tayyorlov guruhi musiqa burchaklaridan bolalarga tanish qo‘shiqlar mualliflarining portretlari joy oladi. Bolalaning qiziqishlarini so‘ndirmaslik maqsadida vaqti-vaqti bilan (bir oydi 1-2 marta) musiqa burchagidagi qo‘llanma va jihozlarni yangilab yoki almashtirib turish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin