1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijro etish faoliyatlari


Cholg‘u asboblarida chalish vaqtidagi holatlar



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə4/6
tarix28.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#103946
1   2   3   4   5   6
115230 1 mavzu

Cholg‘u asboblarida chalish vaqtidagi holatlar:
Qonun:

  • Qonunda ijro etish paytida, asbobni tizzalar ustiga yoki stolga, o‘rindiqqa uzun tomoni o‘ziga qaratib qo‘yiladi. Torlarni ikki qo‘lning barmoqlari yoki ko‘rsatkich barmoqlarga uzun tirnoqlar shaklida metall angishvona sifat maxsus plektrlar bilan tirnab chalinadi.

  • Qonun tovushi jarangdor, yarqiroq va shu bilan birga mayin (yumshoq). Kuy o‘ng qo‘l bilan ijro etilib, chap qo‘l jo‘r bo‘lgan xolda melizmlarni ijro etishda va torlarni qayta sozlashda ishtirok etadi.


Doira

  • Doirada belni bukchaytirmasdan, o‘tirib, kaftlarni erkin, boshni to‘g‘ri tutib, tirsaklar tanadan sal nariroqda ushlangan xolda chalinadi. Doira ikki qo‘l bilan chalinadi. Nota matnini ko‘rib turish, ya'ni qo‘llar bilan to‘sib qo‘ymaslik uchun qo‘llarni tanadan sal chaproqqa qayirib ushlab chalinadi.

  • O‘ng qo‘l: bosh barmoq doira gardishining tashqi tomoniga tiraladi, qolgan panjalari esa doiraning pardasi (membranaga) zarb urib turish uchun erkin xolatda ushlanadi.

Chap qo‘l: bosh bormoq gardishning ichki tomonida turadi, qolgan barmoqlar esa tovush chiqarish uchun xizmat qiladi. Doiraniig vazni asosan chap qo‘lga tushadi.
Nog‘ora

  • Kichik nog‘oralar ma'lum bir sozda sozlanmaydi, lekin uni olovda yoki elektr isitgich oldida qizdirilganda tovushining jarangdorligi kuchayadi. Ikkala kichik ko‘zalar sozi bir-biriga nisbatan taxminan kvartaga farq qiladi. Bu asboblarda yog‘och tayoqcha bilan urib tovush chiqariladi. Nog‘oraning birmuncha quruqrok tovushi o‘ziga xos tusi bilan ajralib turadi. Nog‘ora partiyasini yozish uchun bitta chiziqdan foydalaniladi. Nota cho‘zimlari chiziqning ustiga yoki ostita yoziladi. Chiziqning ostita yozilgan notalar pastroq sozdagi ko‘zachaga uriladi, ustiga yozilgani esa yuqori sozdagi ko‘zachaga uriladi


Safoyil:
Safoyil - jarangdor cholg‘u bo‘lib, 2 ta yog‘och dastachalarga mahkamlangan, 2 ta katta buralgan xalqalardan iborat. Har bir katta xalqaga 15 tadan kichik xalqachalar o‘tkazilgan. Bu xalqachalarning jarangi cholg‘uning o‘ng yelkaga urib yoki havoda tez-tez harakat bilan oldinga silkitishdan kelib chiqadi. Safoyil partiyasi bitta nota chizig‘iga yoziladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin