1-laboratoriya ishi Uchma-uch, Nuqtali, Chokli kontakt payvandlashni ishlashini o’rganish Ishdan maqsad



Yüklə 148,74 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü148,74 Kb.
#164581
1   2   3
1-laboratoriya mashg\'uloti (2soat)

Uchma-uch kontakt payvandlash deb, detallarning o`zaro uchma-uch tegizilgan sirtlari orqali elektr toki o’tkazib qizdirish va ularni o`zaro qisuvchi kuch bilan ezib plastik deformatsiyalash bilan ajralmas birikma olishga aytiladi. Payvandlanuvchi detallar 1 va 2 ni qisqich 3 ning lablari P3 kuchi bilan qisib oladi (3-rasm). So’ngra detallar 1 va 2 kontakt sirtiga tik yo’naltirilgan Ro kuchi bilan o’zaro ezib birlashtiriladi. Transformator 4 ning ikkilamchi chulg’am I2 toki kontakt sirtidan o’tib, uni keragicha qizdiradi va payvandlaydi. Qisqich lablaridan detalga ta'sir qilgan kuch P3 odatda ezuvchi kuch P0 dan kattaroq olinadi.
Simlar, tayoqchalar, quvurlar, tasmalar, relslar, zanjirlar va boshqa detallar uchma-uch payvandlanadi. Uchma-uch kontakt payvandlash uch xil usulda olib boriladi: elektr qarshiligi, eritib qizdirish hamda eritish usuli bilan.
Nuqtali payvandlash deb, detallar orasidagi qisilgan hududdan elektr toki o’tkazib eritish hamda o`zaro aralashgan va kristallashgan metallar mag’zini hosil qilish bilan detallarni ajralmas biriktirish usuliga aytiladi (3.a-rasm).
Ulanuvchi detallar 2 nuqtali payvandlashda pastki ish quroli – elektrod 1 ning ustiga o`rnashtiriladi. Yuqoridagi 3 elektrod tushirilib, 2 detallarni P0 kuchi bilan bosilgach, elektr zanjiri orqali bir yoki bir nechta tok impulslari beriladi. 2 detallarning nuqta deb ataluvchi kichik 4 hududida erib, qotadi (3.b-rasm), so’ngra yuqoridagi elektrod ko`tariladi va detallar yangi holatga suriladi.
3-rasm
Chokli kontakt payvandlash deb, ulanuvchi detallarning kichkina o`lchamli ketma-ket joylashgan hududlarining biridan so’ng ikkinchisini elektr toki bilan eritib-qotirish hisobiga chokli payvand hosil qilinadigan payvand usuliga aytiladi. Bu usul tartibi nuqtali payvandlashga juda yaqin. Payvand nuqtalari hududining keyingisi avvalgisini qoplasa mustahkam va zich payvand choki hosil bo`ladi. Bunday usulda benzin idishi (bak), chelak, bochka, sellofan va quvurlar ulanadi.
Chokli payvand usuli bilan ko’pincha sovuq cho’zilgan po’lat tunuka varaqlarining 3, 4 mm gacha qalinligi, qizitilib, cho`zilgan po`lat va jez (latun)ning 1,5, 2 mm gacha qalinligi, alyumin qotishmalarining 5 mm gacha qalinligi va titanning 3 mm gacha qalinligi payvandlanadi.
Chokli payvandlash sxemasi 146-rasmda keltirilgan. Ish quroli sifatida bir yoki ikkita aylanuvchi doira shaklidagi likopchalar 1, 2 olinadi. Likopchalar detallarni surib beradi yoki qo`zqalmas detal sirti bo`ylab harakatlanadi.
Topshiriq.

  1. Yuqoridagi materiallarni o`qib, o`rganib chiqing.

  2. Laboratoriya ishlarini daftarga yozib oling.

O’rgangan narsalaringizni o`qituvchiga so`zlab berib, unga laboratoriya ishini topshiring.
Yüklə 148,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin