Payvandlash turlari va qo'llanilish soxalari Reja: Payvandlash materiallarini tozalash. O’rnatish elementlari-tirgaklar



Yüklə 23,88 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü23,88 Kb.
#205065
  1   2   3
PAYVANDLASH MATERIALLARI


Payvandlash turlari va qo'llanilish soxalari
Reja:


1. Payvandlash materiallarini tozalash.
2. O’rnatish elementlari-tirgaklar.
3. Qisish (mahkamlash) elementlari
4. Payvandlash ta’minlash manbalari


    1. 1. Payvandlash materiallarini tozalash.

payvandlash konstruktsiyalarini tayyorlashda tozalash, metall sirtidan iflosliklar, sovutish-moylash suyuqliklari, zang kabi, payvandlash jarayonini qiyinlashtiruvchi, payvandlash nuqsonlarini keltirib chiqaruvchi va himoya qoplamalarini surkashga to’sqinlik qiluvchilarni olib tashlash uchun qo’llaniladi. Maydalash oqimli va Purkab tozalash uchun quyma cho’yan, po’lat, cho’yan va boshqa maydalagichlar qo’llaniladi. Metall qalinligi 4 mm gacha bo’lsa 0,7-0,9 mm li, metall qalinligi 30 mm gacha bo’lsa 0,9-1,6 mm li, metall qalinligi 30 mm dan ortiq bo’lsa 1,6-2,5 mm li maydalagich qo’llaniladi.
Maydalash oqimli va maydalash – belgilash tozalashlarida maydalagich, tozalanayotgan sirtga katta tezlik bilan tashlanadi va u metall sirtiga urilib undagi zang, iflosliklarni ko’chiradi. Maydalash-oqimli tozalash uchun maydalash-oqim apparatlari qo’llaniladi. Ular qisilgan havo yordamida soplo orqali maydalagichni tozalanayotgan sirtga tashlaydi. Maydalash belgilash apparatlarida maydalagich rotor kuraklari yordamida, markazdan qochuvchi kuch ta’sirida, tashlanadi.
Bu har ikki turdagi tozalashlar kameralarda amalga oshiriladi. Kameralarda tozalash apparatlari, tozalanadigan buyumlarni joylashtirish va tashish uchun jihoz, yig’ish, tozalash, qaytarish va ifloslangan havoni so’rib olish qurilmalari o’rnatilgan. CHangsiz maydalash oqimli apparatlarni maydalash-oqimli tozalashda qo’llash maxsus kameralar bo’lishini talab qilmaydi. Biroq bu usulning kameradagi tozalash usulga qaraganda unumdorligi past bo’ladi. CHangsiz maydalash-oqimli apparatlar, kameraga uzatilishi qiyin yirik o’lchamli payvand uzellarini va kichik seriyali ishlab chiqarish zagotovkalarini tozalash uchun qo’llaniladi.
Purkab tozalash purkash oqimiga nisbatan arzon, unumdorroq, to’la mexanizatsiyani ta’minlaydi va mehnat sharoitini yaxshilaydi. Uning kamchiligi purkab tozalash apparatlari kurakchalarining tez yeyilishi hisoblanadi.
Prokat va trubalarni tozalash uchun bu aytilgan usullardan tashqari, tozalash dastgohlari ham qo’llaniladi. Ularning ishchi organlari metall cho’tka va ignasimon frezalar hisoblanadi.

Yüklə 23,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin