Qaynoq klavishlar



Yüklə 13,6 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü13,6 Kb.
#96975
QAYNOQ KLAVISHLAR


QAYNOQ KLAVISHLAR
Sichqoncha kompyuterda ishlashni ancha osonlashtiradi. Ammo klaviaturada ishlashni yanada unumdorroq qilishning bir yo‘li bor. Bir necha klavishlarni birgalikda bosish orqali sichqonchasiz ham ko‘pgina amallarni bajarsa bo‘ladi. Ulardan ba’zilarini keltiramiz: Microsoft dasturlarida:
Ctrl+C (yoki Ctrl+Insert) – nusxa olish, Ctrl+V (yoki Shift+Insert) – olingan (kesib olingan) nusxani qo‘yish, Ctrl+X (yoki Shift+Del) – kesib olish, Ctrl+A – fayldagi(darchadagi) hamma ob’ektlarni belgilash, Ctrl+Shift+Home – kursor turganjoydan faylning boshigacha belgilash, Ctrl+Shift+End – kursor turgan joydan faylning oxirigacha belgilash, Ctrl+Home – sahifa boshiga o‘tish, Ctrl+End – sahifa oxiriga o‘tish, Ctrl+Z – oxirgi amalni bekor qilish, Ctrl+Y – oxirgi amalni takrorlash, Ctrl+S – xotirada saqlash, Shift+Ctrl+S – belgilangan shaklda saqlash / hammasini saqlash (turli dasturlarda turlicha), Shift+F12 – xotirada saqlash, Ctrl+F – topish, Ctrl+H (Ctrl+R, ba’zida) – almashtirish, Ctrl+N – yangi fayl tuzish, Ctrl+O – fayl ochish, Ctrl+P – printerda chiqarish, Ctrl+B – Word dasturida – quyuq shriftga aylantirish, Ctrl+I – Word dasturida – kursivli shriftga aylantirish, Ctrl+U – Word dasturida – tagiga chizilgan shriftga aylantirish, Ctrl+strelka – matndagi so‘zdan-so‘zga o‘tish, Shift+Ctrl+Esc – Vazifalar dispetcherini chiqarish, Ctrl+Esc (yoki Win) – «Пуск» menyusini ochish, Alt+Spacebar (Probel)– darcha menyusini ochish, Alt+F4 – darchani yopish, Alt+Tab – boshqa ochiq turgan dastur (fayl)ga o‘tish, Win+R – ilovalarni ishga tushirish, Win+D (yoki Win+M) – hamma darchalarni yig‘ishtirish. Win+Shift+M – yig‘ishtirilgan darchalarni qayta ochish, Win+E – «Мой компьютер» darchasini ochish, Win+F – «Найти файлы и папки» («Fayl va papkalarni topish») darchasini ochish, Win+Ctrl+F – «Найти компьютер» («Kompyuterni topish») darchasini ochish, Win+Pause «Свойства системы» («Tizim xususiyatlari») panelini ochish. Brauzerlarda: Ctrl+W – sahifani yopish, Ctrl+Tab – keyingi sahifaga o‘tish, Ctrl+T – yangi sahifa, Ctrl+F – sahifa ichidan topish, Ctrl+H – Tarix (ko‘rgan veb-sahifalaringiz tarixi)ni ochish.
Yüklə 13,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin