1-laboratoriya ishi Uchma-uch, Nuqtali, Chokli kontakt payvandlashni ishlashini o’rganish Ishdan maqsad



Yüklə 148,74 Kb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü148,74 Kb.
#164581
  1   2   3
1-laboratoriya mashg\'uloti (2soat)


1-laboratoriya ishi
Uchma-uch, Nuqtali, Chokli kontakt payvandlashni ishlashini o’rganish
Ishdan maqsad: kontakt payvandlash usullari bilan tanishish hamda uchma-uch, nuqtali, chokli kontakt payvandlash uskunalarining ishlash prinsipi va tuzilishini o’rganish.
Kontakt payvandlash usuli. Kontakt lotincha contactus – tegizish, ulash so`zidan olingan. Elektr kontakt deb, payvandlash detallarning o`zaro tegib turgan hududidan katta elektr tokini o’tkazib, yumshash holatigacha qizdirish va bosim kuchi bilan ezib, ajralmas birikma olish usuliga aytiladi.
Elektr kontakt payvandlash ko’pincha ishlab chiqarishda qisqa qilib kontakt payvandlash deb yuritiladi. Kontakt payvandlash ish unumdorligini oshirish, oson avtomatlashtirish imkonli va yuqori sifatli hamda benuqson ishlaydigan texnologik qurilmalar yasashni ta'minlaydi.
Kontakt payvandlash – vagonsozlik, aviatsiya, avtomobilsozlik, kosmonavtika, radioelektronika, metallurgiya, qurilish sanoati, kemasozlik, issiqlik va elektr energetikasi, maishiy texnika asbobsozligida keng qo`llaniladi. Vagonsozlik va avtomobilsozlik sanoatida payvandlash – ajralmas biriktirish ishlarining 70 – 80 % elektr kontakt payvandlash usulida olib boriladi.
Kontakt payvandlash ajralmas biriktiriluvchi detallarning o’zaro tegib turgan sirt hududidan elektr toki o’tkazilganda ularning orasida katta R aktiv qarshilik mavjudligi sababli issiqlik ajralib chiqishi, uni qizdirishi, yumshatishi hamda qisman eritishi va soviganda birikib qolishidir. Bunday R katta qarshilikning paydo bo`lish sxemasi 1.a-rasmda keltirilgan.

1-rasm
Ikki o`zaro biriktiriluvchi sirt bir-biriga tekkizilgandagi atomlararo bog’lanish juda yaqin 0,05 mikron (mkm)dan kichikroq masofadagina atom o’lchamida olingan tekis va toza sirtlar orasida yuzaga keladi. Lekin bunday sirt bog’lanishini olish o`ta nozik ish bo’lib, amalda sirt bo`ylab ma'lum notekisliklar bo’lshi mumkin.
Balandligi 500, eni 50 marotaba kattalashtirilgan 1-rasmda ko`rsatilgan sirt notekisligining to`lqin uzunligi mkm, to`lqin balandligi mkmga boradi. Juda tekis sirtdagina notekislik balandligi mkm dan boshlab, mkm gacha yetib boradi. Shunday bo’lgach, elektr toki o`tish imkoni bo’lgan maydon sirt maydonining 1% gina tashkil qiladi xolos. Undan tashqari metallarning sirtida oksid pardasi ham mavjud. Oksid parda qalinligi 0,05 mkm dan 1 mkm gacha, sirt zanglaganda hatto 1 mm gacha ham borishi mumkin. Mo’rt oksid pardalar bosim kuchi bilan ezilganda maydalanib ketadi.
Havoda mexanik tozalangan sirt qisqa 2 10-9 sek., vaqtda oksidlanib ulguradi. Kattaroq kuch bilan qisilsa, cho`ziluvchan – elastik deformatsiya hisobiga sirtlarning kontakt maydoni sezilarli kattalashadi. Havoda biriktiriluvchi material sirtlarini oksidlanishdan saqlash uchun payvandlash jarayoni biron saqlovchi muhitda olib boriladi. Vakuum, neytral gazlar (argon, geliy), aktiv gaz (azot), tiklovchi gaz (vodorod, uglerod, uglerod oksidi) yoki gazlar aralashmasi (vodorod uglerod oksidi, vodorod azot) saqlovchi muhit sifatida qo`llaniladi.

Yüklə 148,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin