1. Bilishning mazmun va mohiyati



Yüklə 27,93 Kb.
səhifə4/8
tarix27.09.2023
ölçüsü27,93 Kb.
#149533
1   2   3   4   5   6   7   8
Bilish nazariyasi

Taqqoslash — bilish faoliyatida tatbiq qilinadigan usul bo’lib, bilimlarning shakllanishi, rivojlanishida alohida bir bosqichdir. Ob’ektiv reallikdagi narsa va hodisalarni «qayta o’rganish» jarayonida ma’lum bo’lgan bilimlar bilish operatsiyasi bajarilayotgan vaqtda olingan bilimlar bilan taqqoslanadi. Izlanuvchi avvalgi ma’lum bilimlarga tayangan holda izlanayotgan ob’ektga xos bo’lgan o’xshash va farqli tomonlarni taqqoslash orqali aniqlaydi. Bu usul ma’lum darajada fizika, matematika, kimyo, geologiya, biologiya va boshqa fan sohalarida keng qo’llaniladi. Taqqoslash bir narsa yoki hodisaning ikkinchi bir narsa yoki hodisadan farqli va o’xshash tomonlarini hamda ularning munosabatlarini o’rganish usuli hisoblanadi.
Eksperiment — tajribada sinab ko’rish orqali fanda hodisalarni bilish faoliyatida tadqiq qilish, o’rganish usuli hisoblanadi. Eksperiment kuzatishga qaraganda yuqoriroq darajadagi bilish usulidir. Eksperiment ob’ektini tegishli tajriba moslamalarini tatbiq qilish orqali ob’ektga ta’sir ko’rsatish, izlanuvchi eksperiment usulini qo’llash orqali o’zini qiziqtirgan ob’ektning tomonlarini o’rganishi uchun unga faol ta’sir ko’rsatadi, buning uchun sun’iy sharoitlar yaratadi, shu sharoitda tekshirish olib boradi, ma’lumotlar to’playdi. Eksperiment usuli hodisalarning muhim belgilari va xususiyatlarini, ularning boshqa narsa va hodisalar bilan munosabati, aloqa va bog’lanishlarini chuqurroq o’rganishga imkoniyat yaratadi. Bu usul izlanuvchiga tabiiy sharoitda kuzatish orqali hosil qilish mumkin bo’lmagan bilimlarni olish imkoniyatini beradi. Kuzatish eksperiment bilan uzviy bog’langan. Ilmiy tadqiqotning sohalariga qarab. tadqiq qilinuvchi predmetlarning tabiatiga qarab eksperimentlar fikriy eksperiment ham bo’lishi mumkin. So’nggi yillarda ijtimoiy hrdisalarni o’rganishda eksperiment usulining zarurligi kelib chiqqanligi va qo’lla-nilayotganligi ta’kidlanmoqda.
Abstraktsiya (mavhum tasavvur) — predmetlarning muayyan munosabatdagi muhim xossalarini bilish usulidir. Abstraktsiyalash hodisa, narsaning xossalarini, munosabatlarini taraqqiyot bosqichlariiing fikran usulidir. Abstraktsiyalash usuli analiz (tahlil qilish) va sintez (umumlashtirish) vositalarini o’z ichiga oladi. Analiz va sintez dunyoni bilish jarayonida ishlatiladigan o’zaro bir-biri bilan bog’langan usullardir.
Yuqorida aytib o’tilgan usullar orqali to’plangan ma’lumotlar analiz va sintez tufayli har tomonlama tahlil etiladi va umumlashtiriladi. Natijada o’rganilayotgan ob’ektlarning o’zaro aloqadorligi haqida muayyan empirik bilimlar hosil bo’ladi, ularni tasnif etish imkoniyati vujudga keladi.
Analizda o’rganilayotgan narsa va hodisa, fikr mayda bo’laklarga, ya’ni elementlarga bo’linadi va ular o’rtasidagi bog’lanishlar o’zaro munosabat va ta’sir o’rganiladi. Tarkibiy qismlarni sintez qilish uchun analiz qilinadi. Elementlarni qaytadan birlashtirganimizda analiz natijalari o’rganiladi. Insonning atrofini o’rab turgan ob’ektiv borliq murakkab va ko’p qirrali bo’lib, aniq narsa va hodisalardan iborat. Ular xilma-xil xususiyat va sifatlarga ega. Ana shu ko’p qirrali, murakkab narsa va hodisalarni o’rganish va bilish, ular to’g’risidagi tushunchalarimizni chuqurlashtirish uchun shu narsa va hodisalarni tarkibiy qismlarga ajratish, analiz qilish kerak. Lekin bu usul bilan shu narsalarni to’la bilish mumkin emas, shuning uchun u sintez yo’li bilan to’ldiriladi.
Sintez analizning natijalariga suyanib, narsa va hodisalarning bir butun sifatini o’rganadi. Sintez analiz natijasida fikran bo’lingan elementlarni qaytadan tiklash, ularni birlashtirish, ilgarigi yaxlitlikni fikran vujudga keltirish usulidir.
Analiz tadqiqot jarayonida bilishning tayyorgarlik ko’rish bosqichi hisoblansa, sintez uni yakunlaydi. Analiz va sintez yordamida o’rganilayotgan hodisalarning empirik qonuniyatlari aniqlanadi, shakllanadi.
Empirik qonun empirik bilimiing yuqori shakli hisoblanadi. Empirik bilimlarni umumlashtirishda induktiv usulidan foydalaniladi
Ilmiy bilishda induktiv usul asosida qonuniyatlar ochiladi, tushunchalar maydonga keladi. Bu usul narsa va hodisalarning sababiy bog’lanishlarini tekshirish usuli hisoblanadi. Induktsiya deduktsiya bilan mustahkam bog’langan.

Yüklə 27,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin