1. Bilishning mazmun va mohiyati


Tarixiylik va mantiqiylik



Yüklə 27,93 Kb.
səhifə7/8
tarix27.09.2023
ölçüsü27,93 Kb.
#149533
1   2   3   4   5   6   7   8
Bilish nazariyasi

Tarixiylik va mantiqiylik ob’ektiv dunyo taraqqiyot jarayonlarining muhim xususiyatlarini bilish usulidir. Tarixiylik usuli narsa va hodisaning ro’y berish vaqti, davri, aniq vujudga kelishi, rivojlanishini bilish usulidir. Har bir hodisani tarixiy nuqtai nazardan, aniq tajriba asosiga bog’lab o’rganmoq zarur.
Tarixiylik usulining o’ziga xos xususiyati tarixiy harakatni uning butun boyligi bilan payqab olishga intilishdir. Har bir narsaning tarixini ochib berish uning taraqqiyotidagi asosiy tarixiy bosqichlar, ularning aloqalarini ajratib ko’rsatishni talab qiladi. Buning uchun esa uning mohiyati haqida nazariy bilim bo’lishi kerak. Mantiqiy usul predmetning mazmunini nazariy shaklda tadqiq qilish usuli hisoblanadi. Bu usul tadqiqot ob’ektining eng muhim aloqalarini bilib olishga imkon beradi.
Mantiqiy bilish usuli ob’ektiv reallikni, uning aloqalarining butun rangbarangligini aks ettirish vazifasini bajaradi. Tafakkur uslubi orqali vujudga kelgan nazariy bilimlar nisbatan tugallangan bilimlar tizimi bo’lib, bu tizim o’z taraqqiyoti jarayonida o’zgarib boradi. Mantiqiy tafakkur uslubida ko’r-ko’rona harakat bo’lmaydi, balki u bilimlarni umumlashtiradi, ayniqsa tarixiylikni tasodifiy chetlashishlardan saqlaydi.
Tadqiqotning tarixiylik va mantiqiylik usullari o’zaro dialektik bog’lanishda. Tarixiylik va mantiqiylik dialektik birlikda aniq tarixiy bilimlar asosida har bir voqelik tarixining asosiy yo’nalishlari va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash mumkinligini ta’kidlaydi.
Bilishning nazariy darajasida yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar yordamida ilgari to’plangan ma’lumotlarni fikran qayta ishlab chiqqan holda olamning ilmii manzarasi yaratiladi.
Olamning ilmiy manzarasi — bu fikrning asosiy (poydevor) nazariya tushunchalari, tamoyil va gipotezalardan tarkib topgan falsafiy bilimlarga asoslangan olam haqidagi umumiy qarashlar yig’indisi majmuidir. Bunga misol sifatida o’tmishda Galiley va Nyuton tomonidan yaratilgan olam haqidagi mexanik manzara, XVIII asrda shakllangan olamning fizikaviy manzarasi, hozirgi zamonda keng tarqalgan A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga asoslangan olamning ilmiy manzaralarini eslatib o’tish joiz.
Olam haqidagi ilmiy manzaraning har birining asosida ilmiy bilishning nazariy darajasida yaratilgan muayyan ilmiy tamoyillar yotadi. Masalan, mexanika fanining asosini inertsiya tamoyili, nisbiylik nazariyasining asosiniy — nur tezligining barqarorligi va h.k. tashkil etadi.
Ilmiy tamoyil poydevor, boshlang’ich nuqta, boshlanish manosini anglatadi. Masalan, falsafa fanida olamdagi narsa va hodisalarning o’zaro aloqadorligi va taraqqiyoti, ularning inson ongida aks ettirilishi bilish nazariyasining asosiy tamoyillari hisoblanadi. Shu kabi barcha fanlarida ham bir qator asosiy ilmiy tamoyillar mavjud.
Olam haqidagi ilmiy manzaraning ajralmas qismi hisoblangan gipoteza ham nazariy bilimlar turkumida muhim o’rin egallaydi.

Yüklə 27,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin