1. Bilishning mazmun va mohiyati



Yüklə 27,93 Kb.
səhifə8/8
tarix27.09.2023
ölçüsü27,93 Kb.
#149533
1   2   3   4   5   6   7   8
Bilish nazariyasi

Gipoteza - olam haqidagi ilmiy manzarani konkretlashtirish yoki uni yangi g’oyalar, bilimlar bilan boyitishga qaratilgan bo’ladi. Gipoteza bilish jarayonida isbotlansa olam haqidagi ilmiy manzaraning tomoyiliga aylanish yoki yangi ilmiy tamoyilning kelib chiqishga asos bo’lishi mumkin.
Olam haqidagi ilmiy manzarani yaratishda ilmiy nazariya katta o’rin egallaydi. Ideallashtirish aksiomatik, gipotetik, deduktiv usullari asosida yaratilgan ilmiy nazariya narsa va hodisalarning eng chuqur aloqalarini aks ettiradigan, ilmiy asoslangan, sistemalashtirilgan bilimlar tizimini tashkil etadi. Ilmiy nazariyaning poydevorini bilishning empirik va nazariy darajalarida to’plangan ma’lumotlar tashkil etadi, ayniqsa nazariy darajada qo’lga kiritilgan ma’lumotlar asosiy rol o’ynaydi.
Nazariy bilimlar asosida voqelikdagi narsa va hodisalarning taraqqiy etish qonuniyatlarini izohlash yoki ularni bashorat qilish imkoniyati yaratiladi. Hodisalarni izohlash ilmiy nazariyadagi qonunlardan ma’lum xulosalar chiqarish demakdir. Bashorat qilish ilmiy qonunlar talablarini e’tiborga olgan holda hodisalarning kelgusi taraqqiyotini oldindan ko’ra bilishdir. Bundan yaqqol kurinib turibdiki, hodisalarni izohlash, ularning taraqqiyot yo’nalishlarini oldindan ko’ra bilishda nazariy bilimlar, qonunlar asosiy rol o’ynaydi.
Shunday qilib, ilmiy bilish bir-biri bilan uzviy bog’langan, bir-birini to’ldiradigan empirik va nazariy darajalardan tarkib topgan bo’lib, olamdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonunlarini bilish, ularga ongli ravishda yondashi imkoniyatini beradi. Bilish jarayonida qo’lga kiritilib falsafiy g’oyalar bilan boyitilgan ilmiy axborotlar kishilarning dunyoqarashini shakllantirish, ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirishda qudratli ma’naviy kuch hisoblanadi.

Adabiyotlar:


1.Abdulla Sher. Estetika.Darslik. -Toshkent: O’zbekiston, 2016.
2.Abdulla Sher.Axloqshunoslik.Darslik. - Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010
3.Основы философии. Учебник. Издание 2-е. /Под редю M.A.Ахмедовой, В.С.Хана. – Т.: Mehnat. 2004.
4. Пулатова Д. Иззетова Е. Философия. - Т.: Шарқшунослик, 2012. 340б.
5.Саифназаров И. и др. Философия. - T.: 2002.
6.Tulenov J., Tulenova G., Tulenov K. Falsafa. Darslik. – T.:Fan texnologiyalar, 2016.
7.Falsafa /М. Axmedovaning taxriri ostida. - Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006. - 496 b.

  1. Falsafa. /Q.Nazarovning taxriri ostida. - Т.,2000.

  2. Falsafa. (O’quv qo’llanma) /E.Yusupovning taxriri ostida остида. - T.: Sharq, 1999.-496 b.

10.Husanov B., G’ulomov B. Myomala madaniyati. Darslik. – Т.: Iqtisodmoliya, 2010.
11.Sharipov M., Fayzixujaeva D. Mantiq.. - T.: Universitet, 2007.
12.Shermuxamedova N.A. Falsafa .-T.:Noshir, 2012.
Yüklə 27,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin