(circulus arteriosus cerebri)
hosil bo'ladi. Bu halqa bosh miyani bir me’yorda
qon bilan ta’minlanishini boshqarib turadi.
Homila hayotining ikkinchi yarmida ichki
uyqu arteriyasining kalla ichi qismining kengligi
1,86 mm, uzunligi 4,9 mm bo'ladi. Bola
tug'ilganidan keyin uning olchamlari emizikli,
erta bolalik va bolalikning ikkinchi davrlarida
sezilarli o'sadi. Uning kengligi o'smirlik davrida
o'rtacha 3,87 mm, uzunligi 6,94 mm bo'ladi. Bu
davr davomida miyaning oldingi arteriyasining
kengligi 2 marta, uzunligi esa 3 marta kattalashadi.
Ichki uyqu arteriyasining eng katta tarmog'i
90-rasm. Bosh miya asosidagi
arterial balqalarning hosil
bo'lishi. 1-a.cerebri anterior;
2-a.carotis interna; 3-a.cerebri
media; 4-a.communicans pos
terior; 5-a.cerebri posterior;
6-a.basilaris; 7-a.vertebralis;
8-a.spinalis posterior; 9-a.spi-
nalis anterior; 10-a.commu-
nicans anterior.
bo'lgan o'rta miya arteriyasining o'lchamlari bosh miyaning o'sishiga mos
ravishda o'zgarib boradi.
0 ‘mrov osti arteriyasi
O'mrov osti arteriyasi
(a. subclavia)
o'ng tom onda yelka-bosh
poyasidan, chap tomonda bevosita aorta ravog'idan boshlanadi. Shuning
uchun chap o'mrov osti arteriyasi o'ngidan 4 sm uzunroq. O'mrov osti
arteriyasi ko'krak bo'shlig'ining ustki aperturasidan chiqib, narvonsimon
mushak oralig'idan o'mrov ostiga o'tib, I qovuig'aning shu nomdagi egatida
yotadi. I qovurg'aning lateral chekkasidan qo'ltiq osti chuqurchasiga o'tadi
va qo'ltiq osti arteriyasiga davom etadi. O'mrov osti arteriyasi shartli ravishda
uch qismga bo'linib o'rganiladi (91-rasm). 1. Boshlangan joyidan oldingi
narvonsimon mushakning oldingi chekkasigacha. 2. Narvonsimon mushaklar
oralig'i. 3. Narvonsimon mushak oralig'idan chiqqanidan to I qovuig'aning
lateral chekkasigacha.
O'mrov arteriyasining birinchi qismidan umurtqa arteriyasi, ko'krakning
ichki arteriyasi va qalqonsimon-bo'yin poyasi chiqadi.
I.
Umurtqa arteriyasi
(a. vertebralis)
VII bo'yin umurtqasi sohasida
chiqib, VI bo'yin umurtqasining ko'ndalang teshigiga kiradi. So'ngra arteriya
bo'yin umurtqalarining ko'ndalang teshiklari orqali yuqoriga yo'naladi.
Atlantning ko'ndalang teshigidan chiqib o'z nomidagi egatda yotadi. Keyin
arteriya orqa atlant-ensa pardasini teshib o'tib, ensa suyagining katta teshigi
orqali kalla ichiga kiradi. Ko'priJming orqa chekkasida ikkala arteriya o'zaro
birikib asosiy arteriyani
(a. basiUaris)
hosil qiladi. Umurtqa arteriyasi
ikki: bo'yin
(pars cervicalis)
va kalla ichi
(pars intracranialis)
qismlariga
bo'lib o'iganiladi. Umurtqa arteriyasining bo'yin qismidan quyidagi tarmoqlar
chiqadi: 1. Orqa miya tarmoqlari
(rr.
spinales)
umurtqalararo teshikdan o'tib
orqa miyaning bo'yin segmentlarini qon
bilan ta’minlashda qatnashadi. 2. Mushak
tarmoqlari
(rr. muscularis)
bo'yinning
c h u q u r m u sh a k la rin i qon b ilan
ta’minlaydi.
Umurtqa arteriyasining kalla ichi
qismidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1.
Orqa miyaning orqa arteriyasi
(a.
spinalis posterior)
orqa miyaning orqa
yuzasidan pastga tomon tushib, o'z
nomidagi qarama-qarshi arteriya bilan
anastomozlashadi. 2. Orqa miyaning
oldingi arteriyasi
(a. spinalis anterior)
qarama-qarshi tomondagi shu nomli
arteriya bilan qo'shilib, oldingi o'lta yoriq
91-rasm. 0 ‘mrov osti arteriyasi tar
moqlari. 1-ko'tariluvchi aorta; 2-trun-
cus brachi- ocephalicus; 3-a.carotis com
munis sinistra; 4-arcus aortae; 5-aorta
desendens; 6-a.subclavia; 7-a. vertebra
lis; 8-tr.thyrocervicalis; 9-tr. costocer-
v ica lis; 10-a .tra n sv erse cervicis;
11-a.thoracica interna; 12-a. musculo-
phrenica; 13-a.epigastrica superior.
bo'ylab pastga yo'naladi. Bu yerda old tomonda umurtqa arteriyalarini, orqa
tomonda orqa miyaning oldingi arteriyalarini o'zaro qo'shilishidan yana bir
arterial halqa (Zaxarchenko halqasi) hosil bo'ladi. 3.Miyachaning pastki
orqa arteriyasi
(a. cerebelli inferior posterior)
miyachaning orqa pastki
qismlariga tarqaladi. 4. Uzunchoq miyaga yo'naluvchi medial shoxlar
(rr.medullares medialis).
5. Uzunchoq miyaga yo'naluvchi lateral shoxlar
(rr.medullares lateralis)
uzunchoq miyani qon bilan ta’minlaydi.
Asosiy arteriya
(a.basillaris)
ko'prikda o'z nomidagi egatda yotadi va
ko'prikning oldingi chekkasida o'ng va chap bosh miyaning orqa arteriyalariga
bo'linadi. Asosiy arteriyadan quyidagi tarmoqlar chiqadi: l.Miyachaning
oldingi pastki arteriyalari
(aa. cerebelli inferiores anteriores)
(o'ng va
chap) miyachaning pastki yuzasiga tarqaladi. Undan ichki quloq arteriyalari
(aa. labyrinti)
chiqib, ichki eshituv yo'li orqali ichki quloqqa boradi.
2.Ko'prik arteriyalari
(aa. pontis)
miya ko'prigiga boradi. 3. O'rta miya
arteriyalari
(aa. mesencephalici)
o'rta miyaga boradi. 4. Miyachaning ustki
arteriyalari
(aa. cerebelli superiores)
(o'ng va chap) miyachaning yuqori
qismini qon bilan ta’minlaydi. 5.Bosh miyaning orqa arteriyasi
(a. cerebri
posteriores)
miya oyoqchasini aylanib o'tib, bosh miyaning chakka va ensa
bo'laklari pastki yuzasiga tarmoqlar beradi. Bosh miyaning orqa arteriyasi
ichki uyqu arteriyasining orqadagi qo'shuvchi arteriyasi bilan qo'shilib arterial
halqa hosil qilishda ishtirok etadi.
II.
Ko'krak ichki arteriyasi
(a. tboracica interna)
umurtqa arteriyasining
qarshisidan boshlanadi. U to'sh suyagining chekkasidan 1 — 1,5 sm
tashqariroqda I —VII qovurg'a tog'ayi bo'ylab pastga tushadi va VII
qovurg'aning pastki chekkasida mushak-diafragma va qorin ustining ustki
arteriyasiga bo'linadi. Ko'krak qafasining ichki arteriyasidan quyidagi
tarmoqlar chiqadi:
1.Ko'ks oralig'i shoxlari
(r. mediastinales)
mediastinal
plevraga va oldingi ko'ks oralig'i kletchatkasiga. 2.Ayrisimon bez shoxlari
(r. thym ici)
ayrisimon bezga. 3.Perikard-diafragma arteriyasi
(a .
pericardiacopbrenica)
ko'krak qafasining ichki arteriyasidan I qovurg'a
sohasida boshlanib, diafragma nervi bilan diaframagacha tushib,
diafragmaning boshqa arteriyalari bilan anastomozlashadi. 4.To'sh shoxlari
(rr.
sternales)
to'shni qon bilan ta’minlab qarama-qarshi arteriya bilan
anastomozlashadi. 5.Teshib o'tuvchi shoxlar
(rr.perforantes)
yuqori 5—
6 qovurg'a oralig'ini teshib o'tib, katta ko'krak mushagi va terini qon
bilan ta’minlaydi. 3-5 arteriyalardan ayollarda sut beziga tarmoqlar
(гг.
mammarii)
chiqadi.
6.Oldingi qovurg'alararo tarmoqlar
(rr. intercostales
anteriores)
yuqoridagi 5 ta qovurg'alararo mushaklarga, ko'krak ichki
arteriyasining oxirgi shoxlaridan mushak-diafragma arteriyasi
(a .
musculophrenica)
lateral tomonga va pastga diafragmaga yo'nalib, pastki 5
ta qovurg'a oralig'iga tarmoqlar beradi. Qorin ustining ustki arteriyasi
(a.
epigastrica superior)
qorin to'g'ri mushagi qinining orqa devorini teshib
o'tib qorin to'g'ri mushagini qon bilan ta’minlaydi va kindik sohasida shu
nomli pastki arteriya bilan anastomoz hosil qiladi.
III.
Qalqonsimon-bo'yin poyasi
(truncus thyrocervicalis)
oldingi
narvonsimon mushak medial chekkasidan boshlanib, uning uzunligi 1,5 sm
atrofida bo'lib 4 ta tarmoqqa: qalqonsimon bezning pastki, ko'tariluvchi
bo'yin, kurak usti va bo'yinning yuza arteriyalariga bo'linadi:
1. Qalqonsimon bezning pastki arteriyasi
(a. thyroidea inferior)
bo'yinning
uzun mushagi oldida yuqoriga ko'tarilib qalqonsimon bezning bo'laklariga
tarm oqlar beradi va qalqonsim on bezning ustki arteriyasi bilan
anastomozlashadi. Undan halqum, qizilo'ngach va kekirdak tarmoqlari
(rr.pharyngeales, oesophageales et tracheales),
shuningdek hiqildoq
mushaklari va shilliq pardasini qon bilan ta’minlovchi hiqildoqning pastki
arteriyasi
(a. laryngea inferior)
chiqadi.
2. Ko'tariluvchi bo'yin arteriyasi
(a. cervicalis ascendens)
yuqoriga
diafragma nervining medial tomonidan ko'tarilib bo'yinning chuqur
mushaklari va orqa miyaga tarmoqlar beradi.
3. Kurak usti arteriyasi
(a. suprascapularis)
orqa tomonga yo'nalib kurak
o'ymasi orqali qirra usti, keyin qina osti chuqurchasiga o'tadi va shu yerdagi
mushaklami qon bilan ta’minlaydi va kurak suyagini aylanib o'tuvchi arteriya
bilan anastomozlashadi.
4. Bo'yinning yuza arteriyasi
(a. cervicalis superficialis)
yuqoriga
narvonsimon mushaklami old yuzasi bo'ylab ko'tarilib narvonsimon
mushaklarga tarmoq beradi. Lateral tomonga burilib, o'mrov ustidan o'tib
trapetsiyasimon, rombsimon va orqaning yuqorigi tishsimon mushagini qon
bilan ta’minlaydi.
O'mrov osti arteriyasining ikkinchi qismidan qovurg'a-bo'yin poyasi
(truncus costocervicalis)
chiqadi. Bu arteriya narvonsimon mushaklar
oralig'idan boshlanib, ikki shoxga: bo'yinning chuqur arteriyasi va
qovurg'alararo ustki arteriyaga bo'linadi. Bo'yinning chuqur arteriyasi
(a
cervicalis profunda)
orqa tomonga yo'nalib, bo'yin va boshning yarim qirrali
mushagini qon bilan ta’minlaydi. Qovuig'alararo ustki arteriya
(a. intercostalis
suprema)
pastga yo'nalib I qovuig'aro sohani qon bilan ta’minlovchi
(a.
intercostalis posterior prima)
va II qovurg'aro sohani qon blan ta’minlovchi
(a. intercostalis posterior secunda)
ga bo'linadi.
O'mrov osti arteriyasining uchinchi qismidan bo'yinning ko'ndalang
arteriyasi
(a. transversa coli)
oldingi narvonsimon mushakning lateral
chekkasi sohasida boshlanib, kurak o'simtasining medial uchi sohasida ikki
tarmoqqa bo'linadi: a) yuza tarmoq
r. superficialis
kurakni ko'taruvchi,
bo'yinning tasmasimon va trapetsiyasimon mushaklarini qon bilan
ta’minlaydi; b) chuqur tarmoq
(r. profundus)
pastga yo'nalib rombsimon,
orqaning yuqori tishsimon, kurak osti va orqaning keng mushaklarini qon
bilan ta’minlaydi.
O'mrov osti arteriyasining diametri bola tug'ilganidan to'rt yoshgacha
bo'lgan davrda tez o'sadi Uning tarmoqlaridan biri—umurtqa arteriyasi bolalikning
ayrim davriarida bir tekis o'smay, o'smirlik davrida uch maitaga yaqin kattalashib
kengligi o'rtacha 3 mm, uzunligi 27 mm bo'ladi. O'ng va chap umurtqa
arteriyalarining qo'shilishidan hosil bo'lgan asosiy arteriyaning o'lchamlari
turli davrlarda turlicha o'zgarib, o'smirlik davrida kengligi 3,2 mm, uzunligi 3
sm ga yetadi. Uning oxiigi tarmog'i bo'lgan miyaning orqa arteriyasining
kengligi homila hayotining ikkinchi yarmida 0,9 mm bo'lsa, o'smirlik davrida
2,54 mm. Uning uzunligi esa bu davrlarda o'rtacha 4,25 sm va 8,7 sm bo'ladi.
Qo‘ltiq osti arteriyasi
Qo'ltiq osti arteriyasi
(a. axillaris)
o'mrov osti arteriyasining bevosita
davomi (92, 93-rasm) bo'lib, qo'ltiq osti chuqurchasida elka chigali poyalari
o'rtasida joylashgan. Katta ko'krak mushagining pastki chekkasida u yelka
arteriyasiga o'tib ketadi. Qo'ltiq osti arteriyasi uch qismga bo'lib o'rganiladi.
Uning birinchi qismi ko'krak-o'mrov uchburchagi sohasida quyidagi
tarmoqlar chiqadi: 1. Ko'krakning yuqorigi arteriyasi
(a. thoracica superior)
tarmoqlari 1—II qovurg'a oralig'iga yo'naladi. U qovurg'alararo mushaklar
va omrov osti, katta, kichik ko'krak, oldingi tishsimon mushaklarga
tarmoqlar beradi.
2.
Ko'krak qafasi va akromion o'simtasi arteriyasi
(a. thoroco-acromialis)
kichik ko'krak mushagining yuqori chekkasi sohasida boshlanib, to'rtta tarmoqqa
bo'linadi: akromion tarmog'i
(r. acromialis)
akromion — o'mrov bo'g'imi,
qiaman yelka bo'g'imi haltasini qon bilan ta’minlaydi; o'mrov tarmog'i
(r. clavicularis)
o'mrov suyagi va o'mrov osti mushagini qon bilan
ta’minlaydi; deltasimon tarmog'i
(r. deltoideus)
deltasimon va katta ko'krak
mushagi va ulami qoplqgan terini qon bilan ta’minlaydi; ko'krak tarmoqlari
(rr. pectorales)
katta va kichik ko'krak mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
Qo'ltiq osti arteriyasining ikkinchi qismi, ko'krak uchburchagi sohasida,
undan ko'krakning lateral arteriyasi
(a. thoracica lateralis)
chiqib oldingi
tishsimon mushakni tashqi yusasi bo'ylab pastga yo'nalib, uni qon bilan
ta’minlaydi. Undan sut bezlariga
rr. mammalia lateralis
chiqadi.
Uchinchi qism ko'krak osti uchburchagi sohasida quyidagi arteriyalar
chiqadi:
92-rasm.Qo‘ltiq osti va
yelka arteriyalari. I-a.
axillaris; 2-r. deltoideus;
3-r. acromialis; 4-a. tho-
raco acromialis; 5-r. pec
toralis; 6-a. thoracica lat
eralis; 7-a. thoracodoisa-
lis; 8-a. circumllexa scap
ulae; 9-a. subscapularis;
10-a. circumllexa humeri
posterior; 11-a. circum -
flexa h u m e ri a n te rio r;
12-a. profunda brachii;
13-a. collateralis ulnaris
superior; 14-a. brachialis.
93-rasm. Qo'ltiq osti va yelka arteriya
si tarmoqlari. 1-a.axillaris; 2-a.thoiacica
lateralis; 3-a.subscapularis; 4-a.profunda
brachii; 5-a.collateralis ulnaris superior;
6-a.collateralis ulnaris inferior: 7-a.brac-
hialis; 8-a. ulnaris; 9-a.radialis; 10-a.col-
lateralis media; 11-a. collateralis radialis;
1 2-a.circu m flexa posterior humeri;
1 3 -a .circu m flex a a n terior humeri;
14-a.thoracoacromialis
4.
K urak osti arte riy asi
(a .
subscapularis)
qo'ltiq osti arteriyaisining
eng yirik tarmog'i bo'lib ikkiga bo'linadi:
a) k o 'k ra k orqa arte riy asi
(a .
thorocodorsalis)
kurakning lateral
chekkasi bo'ylab yo'nalib, oldingi
tishsimon, kurak osti, katta yumaloq va
orqaning serbar mushagini qon bilan
ta’minlaydi; b) kurak suyagini aylanib
o'tuvchi arteriya
(a . sircu m flexa
scapulae)
uch tomonli teshik orqali
kurakning orqa yuzasiga o'tib, kurak
qirrasi ustidagi, kurak qirrasi ostidagi,
kichik yumaloq mushaklami va shu soha
terisini qon bilan ta ’minlaydi.
5. Yelka suyagini oldidan aylanib
o'tadigan arteriya
(a. circumflexa humeri
anterior)
yelka suyagining xirurgik
bo'ynini oldidan aylanib o'tib, yelka
bo'g'imi va deltasimon mushakka tarqaladi.
6. Yelka suyagini orqadan aylanib
o'tadigan arteriya
(a. circumflexa humeri
posterior)
to'rt tomonli teshik orqali
kurakni orqa yuzasiga o'tib, oldingi shu
nomli arteriya bilan anastomoz hosil
qilib yelka bo'g'imini va uning atrofida
joylashgan m ushaklam i qon bilan
ta’minlaydi.
Yelka arteriyasi
Yelka arteriyasi
(a. brachialis)
qo'ltiq osti arteriyasining bevosita davomi
(93-rasm) bo'lib, katta ko'krak mushagining pastki chekkasi sohasida
boshlanadi. Yelka sohasida yelka arteriyasi sulcus
bicipitalis medialis
bo'ylab
tiisak chuqurchasiga boradi. Bu chuquichada bilak suyagi bo'yni sohasida bilak
va tiisak arteriyalariga bo'linadi. Yelka arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. R. muscularis
yelka mushaklariga.
2. Yelkaning chuqur arteriyasi
(a. profunda brachii)
bilak nervi bilan
yelka-mushak kanalida yo'nalib, yelka suyagi va mushaklariga aa.
nutricae
humeri, r.deltoideus et r. muscularis
tarmoqlarini berib, ikki shoxga bo'linadi.
Uning tarmoqlaridan birinchisi o'rta yonlanma arteriya
(a. collateralis media)
yelkaning uch boshli mushagiga tarmoqlar berganidan so'ng orqa tirsak
egatidan o'tib orqaga qaytuvchi suyaklararo arteriya
(a. interossea recurrens)
bilan anastomozlashadi. Ikkinchi tarmog'i bilak tomondagi yonlama arteriya
(a.collateralis radialis)
oldingi lateral tirsak egati bo'ylab yo'nalib orqaga
qaytuvchi bilak arteriyasi
(a. recurrens radialis)
bilan anastomozlashadi.
3. Tirsak tomondagi yuqori yonlama arteriya
(a. collateralis ulnaris
superior)
yelkaning o'rta qismidan boshlanib, tirsak nervi bilan medial orqa
tirsak egatidan o'tib orqaga qaytuvchi tirsak artcriyasini
(a. recurrens ulnaris)
orqa shoxi bilan anastomozlashadi.
4. Tiisak tomondagi pastki yonlama arteriya
(a. collateralis ulnaris inferior)
yelka suyagining medial o'simtasi sohasidan boshlanadi.
Yelka mushagining oldingi yuzasida medial tomonga yo'nalib, orqaga
qaytuvchi tirsak arteriyasining oldingi shoxi bilan anastomozlashadi. Bu
yonlama arteriyalarning barchasi tirsak bo'g'imi atrofida arterial to 'r hosil
qilishda ishtirok etadi. Ular shu bo'g'imni, uning atrofidagi mushaklar va
terini qon bilan ta’minlaydi.
Bilak va qo‘I panjasi arteriyalari
Bilak arteriyasi
(a. radialis)
(94-
rasm) yelka arteriyasining bevosita
davomi bo'lib, yumaloq pronator va
yelka-bilak mushaklari o'ltasidan pastga
yo'naladi. Bilakning pastki qismida
fassiya va teri ostida joyiashgan bo'lib,
bu sohada pulsni aniqlanadi. Bilakning
pastki qismida arteriya bilak suyagi
bigizsimon o'simtasini aylanib qo'l
kaftining orqa tomoniga o'tadi. Keyin
u birinchi kaft suyagi oralig'i orqali
bosh barmoqni aylanib yana kaftga
qaytadi. Kaftda bilak arteriyasi tirsak
arteriyasining chuqur kaft tarmog'i
bilan anastom ozlashib, kaftning
chuqur arterial ravog'ini hosil qiladi.
Bilak arteriy asid an quyidagi
tarmoqlar chiqadi: 1. Mushak tarmoqlari
(r. m u scu laris)
arteriyaning bor
bo'yicha chiqib atrofidagi mushaklami
qon bilan ta’minlaydi. 2. Bilak sohasidagi
orqaga qaytuvchi arteriya
(a.recurrens
r a d ia lis)
bilak a rte riy asin in g
boshlang'ich qismidan boshlanadi.
Yuqoriga va lateral tomonga yo'nalib,
oldingi lateral bilak egatida
a. collateralis
radialis
bilan anastomozlashadi. 3. Kail
ustining kaft tarm og'i
(r. carpeus
94-rasm . Bilak arteriyalari chizm asi.
1-a.brachialis; 2 -a.recurrens ulnaris; 3-a. in-
terossea communis; 4-a.uLnaris; 5-a. inte
rossea anterior; 6-rr.carpeus palmaris; 7-rete
carpi palmare; 8-arcus palmaris superficia
lis; 9 -a .d ig ita lis p alm aris c o m m u n is ;
10-r.palmaris superficialis a.radialis; 11-r.
muscularis; 12-a.interossea posterior; 13-a.
interossea recurrens; 14-a.recurrens radia
lis; 15-a.radialis.
palmaris)
bilak arteriyasidan bilakning distal qismida boshlanib medial
tomonga yo'naladi va tirsak arteriyasining shu nomli shoxi bilan
anastomozlashib kaft ustining kaft tomondagi to'rini
(rete carpi palmare)
hosil qiladi. 4. Kaft ustining orqa tarmog'i (r.
carpeus dorsalis)
bilak
arteriyasidan kaftning orqasida boshlanib, medial tomonga yo'naladi va tirsak
arteriyasining shu nomli tarmog'i bilan anastomozlashib kaft ustining orqa
to'rini
(rete
carpi dorsale)
hosil qiladi. 5. Kaftning yuza shoxi
(r. palmaris
superficialis)
tenor mushaklari orasida tirsak arteriyasi uchi bilan
anastomozlashib, kaftning yuza ravog'ini
(arcus palmaris superficialis)
hosil
qiladi.
6. Qo'l kaftining orqa yuzasida bilak arteriyasidan kaft orqa yuzasining I
arteriyasi
Dostları ilə paylaş: |