tijorat banklari kredit resurslarining umumiy hajmida juda kichik salmoqqa ega
ekanligi, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont siyosatining
mavjud emasligi va uning lombard operatsiyalarining rivojlanmaganligi
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosatini takomillashmaganligidan,
uning muomaladagi pul massasini tartibga solishdagi ahamiyatining past
ekanligidan dalolat beradi. Mening fikrimcha, O‗zbekiston Respublikasi
Markaziy bank i tijorat banklarini kreditlash hajmini oshirish yo‗li bilan bank
kreditlarining foiz stavkalarining darajasiga real ta‘sir etishi va shu asosda
ularning kreditlariga bo‗lgan talabni rag‗batlantirishi hamda tijorat
banklarining joriy likvidlilik darajasini sezilarli darajada oshirishi lozim. Bu esa,
pirovard natijada, so‗mning o‗rta va o‗zoq muddatli davriy oraliqlarda
barqarorligini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan iqtisodiy muhitni yuzaga keltiradi.
Ushbu o‗rinda tabiiy bir savol tug‗ilishi mumkin, ya‘ni Markaziy
bankning qayta moliyalash siyosati orqali tijorat banklarining kredit emissiyasini
rag‗batlantirilishi muomaladagi pul massasining keskin oshishiga va shuning
asosida inflyasiyani kuchayishiga olib kelmaydimi, degan savol tug‗ilishi
mumkin. Chunki buyuk M. Fridmenning pul-kredit konsepsiyasidagi muhim
qoidalardan biri - tijorat banklarining kredit emissiyasini keskin oshishi
muomaladagi pul massasining oshishiga va shuning asosida inflyasiyaning
kuchayishiga olib keladi, degan qoida hisoblanadi. Ammo bizning fikrimizcha,
M. Fridmenning ushbu qoidasi O‗zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi
davrida o‗z isbotini topmaydi. Buning sababi shundaki, hozirgi davrda,
respublikamizda milliy iqtisodiyotning bank kreditlari bilan ta‘minlanish
darajasi nisbatan juda past.
Dostları ilə paylaş: