vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir‖ tarzidagi ta‘rifi
shakllantirilgan
103
.
Professor O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda kreditning
mohiyatiga aniq ta‘rif berilmagan. Biroq, ularning fikricha, kredit ijtimoiy
munosabatlarning bir ko‗rinishi bo‗lib, iqtisodiy kategoriyadir. SHu bilan birga,
kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda emas, balki iqtisodiy munosabatlarni aks
ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida namoyon bo‗ladi. Darslikda, kreditning
mohiyatini aniq aks ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni va vujudga
kelish asosiga e‘tibor qaratish lozimligi ta‘kidlanadi
104
.
Boshqa rossiyalik iqtisodchi olimlar ―Pulli (tovarli) kredit to‗lov asosida
amalga oshiriladigan bir toifadagi ekvivalentning turli vaqtdagi o‗zaro harakatining
yig‗indisir.‖, degan ta‘rifni berishgan
105
.
O‗zbekistonlik iqtisodchilardan professor Sh.Abdullaeva tomonidan nashr
ettirilgan darslikda: ―Kredit – bu vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‗larini pul
egasi yoki boshqalar tomonidan ma‘lum muddatga, haq to‗lash sharti bilan qarzga
olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar
yig‗indisidir‖ tarzidagi ta‘rif berilgan
106
.
Kreditning iqtisodiy mohiyatiga berilgan ta‘riflardan ko‗rinib turibdiki, bu
borada iqtisodchi olimlarning fikrlari bir – biridan sezilarli darajada farq qiladi.
Shu bois,
―Kredit – tegishli tamoyillar asosida (qaytarishlik, to‗lovlilik,
ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik) qiymat va moddiy buyum
ko‗rinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan iqtisodiy
kategoriyalarning bir shaklidir‖
tarzidagi ta‘rifni shakllantirishga jazm etdik.
Dostları ilə paylaş: