“ZiyoMax” o’quv markazi web: ziyomax uz Tel



Yüklə 391,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix19.04.2023
ölçüsü391,23 Kb.
#100450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
FONETIKA

Bo’gimning tasnifi 
I. Qanday tovush bilan tugashiga ko’ra bo’g’in 2 ga bo’linadi. 
a) ochiq bo’g’in- unli tovush bilan tugagan bo’g’in o-i-la, ko’-cha-da, i-bo-ra 
b) yopiq bo’g’in- undosh tovush bilan bilan tugagan bo’g’in mak-tab, o’t-kir, qop-chiq 
1. Shuningdek so’zlarda ochiq va yopiq bo’g’inlar aralash holatda qo’llanishi mumkin. Pax-
ta, sar-ta-rosh-xo-na, tax-ta 
2. Bo’g’in oxirida tutuq belgisining qo’llanishi axamiyatga ega emas, undan oldingi tovushga 
qarab bo’g’inning ochiq yoki yopiq ekanligi aniqlanadi. Sa’va, ma’no, a’lo-ochiq bo’g’in; 
sur’at, juz’iy, tal’at-yopiq bo’g’in 
II. Tarkibiga ko’ra bo’g’in asosan 5 turga bo’linadi. 
a) bir unlidan iborat bo’g’in- a-ka, o-i-la 
b) bir unli va bir undoshdan iborat bo’g’in- bu, ma-na, ol
c) bir unli va ikki undoshdan iborat bo’g’in- men, mak-tab, bug’-doy, ost 
d) bir unli va uch undoshdan iborat bo’g’in- to’rt, stol, do’st 
e) bir unli va to’rt undoshdan iborat bo’g’in- sport, grand, spirt(faqat ruscha so’zlarda) 
Ba’zan yuqoridagilardan tashqari istisno holatlar ham bo’lishi mumkin-sprayt 
III. Urg’uga munosabatiga ko’ra bo’g’in 2 ga bo’linadi. 
a) urg’uli bo’g’in 
b) urg’usiz bo’g’in - res-pub-li-ka- 2- bo’g’in urg’uli qolgani urg’usiz bo’g’in 
Eslatma: Ayrim darsliklarda qanday tovush bilan boshlanishiga ko’ra 2 ga bo’linadi. 
a) berkitilmagan bo’g’in- unli tovush bilan boshlanuvchi bo’g’in 
b) berkitilgan bo’g’in- undosh tovush bilan boshlanuvchi bo’g’in 
o-i-la-miz- bunda 1,2-bo’g’in berkitilmagan; 3,4-bo’g’in berkitilgan 
 
URG’U 
1. So’zdagi bo’g’inlardan birining yoki gapdagi so’zlardan birining boshqalariga nisbatan 
kuchliroq ohang bilan aytilishi urg’u deyiladi. 
2. Urg’uning 2 asosiy ko’rinishi bor 
a) so’z urg’usi 



Yüklə 391,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin