Ot +a+v=atov Qiyin+a+q+i= qiynog’i
7. Ba’zan ikki so’zqo’shilishi natijasida ayrim tovush o’zgarishlari yuz berishi va yozuvda aks
etishi mumkin bunday holat ham fonetik prinspni yuzaga keltiradi. borar + emish= borarmish
Ayta+ber = aytaver
8. Xulosa qilib aytganda tovush o’zgarishlari fonetik prinspning asosini tashkil qiladi.
2. Morfologik prinsp
1. Morfologik prinsp orfografiyaning asosiy va yetakchi prinspi hisoblanadi.
“ZiyoMax” o’quv markazi web:ziyomax.uz Tel:(97)-303-7007 @ziyomax.uz Umurov FERUZ Faxriddinovich
2. Bu prinspga asosan o’zak va qo’shimchalar qanday talaffuz qilinishidan qatiiy nazar mayor
deb tanlangan shaklga muvofiq yoziladi.
- ayt+di= talaffuzda aytti yozuvda aytdi, tuz+sin = talaffuzda tussin yozuvda tuzsin
- shanba= talaffuzda shamba yozuvda shanba, maqsad= talaffuzda maxsad yozuvda maqsad
3. Quyidagi birliklar ham morfologik prinsp asosida yuzaga keladi.
a) qo’shma so’zlar – uchburchak, tezoqar, belbog’
b) juft so’zlar- aka-singil, katta-kichik, yaxshi- yomon
c) takroriy so’zlar- xirmon-xirmon, takror-takror, qonib-qonib
d) fonetik usul bilan hosil bo’lgan kuchaytirma sifatlar- qipqizil
4. Demak fonetik prinsp o’zak va qo’shimchalarning yozilishida har xillikka yo’l qo’ysa,
morfologik prinsp o’zak va qo’shimchalarning yozilishida bir xillikni ta’minlaydi.
3. Shakliy prinsp
1. Bu prinsp oily ta’limda etimologik yoki grafik prinsp deb ham ataladi.
2.Bu prinspga asosan boshqa tildan o’zlashgan so’zlar o’sha tilde qanday yozilsa o’zbek
imlosida ham shunday yoziladi.
- teatr, okean, kino, klip, biologiya, video, telefon
FARQLASH TAMOYILI ( DIFERENSIAL PRINSP )
1. Bu prinspga asosan shakli aytilishi va yozilishi o’xshash ammo ma’nolari har xil bo’lgan
birliklar imloda farqlab qo’llanishi kerak.
- yuvindi(fe’l)-marfologik prinsp, yuvundi-(ot)-fonetik prinsp,
2. Bular paronim so’zlar bularni imlodan farqlab qo’llash kerak shuning uchun diferensial
prinsp hisoblanadi.
3. Farqlash tamoyiliga rioya qilmaslik ya’ni o’xshash birliklarni imloda farqlamaslik uslubiy
xatoga olib keladi.
- Ot chopsa gumburlar tog’ning darrasi.-uslubiy xato
- Ko’chadan g’ijjak, doira,tambur ko’targan kishilar o’tishdi.
4. O’xshash birliklarni farqlab qo’llash diferensial prinspning asosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |