Ўзбекистоннинг энг янги тарихи Маъруза дарслари


O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 298,91 Kb.
səhifə6/74
tarix09.10.2023
ölçüsü298,91 Kb.
#153238
növüСеминар
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Хемис учун материал Ўзб энг янги тарихи 1 курс

5.O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
Markaz va respublikalar o’rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o’z holiga tashlab qo’yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to’g’ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi.
Oliy Kengash sessiyasi «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda:

  1. Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin;

  2. 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qo’yildi.

«O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun g’oyat katta ahamiyatga ega bo’lib, bu qonun asosida O’zbekistonning huquqiy holati tubdan o’zgardi. O’z mohiyatiga ko’ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitusiya rolini ham o’ynaydigan bo’ldi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O’zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: «O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir», - deb qonunlashtirib quyildi.
Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qo’lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mazkur Qonunga O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabrda bo’lib o’tgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan Konstitusiyaviy Qonun maqomi berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:

  1. «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitusiyaviy maqom berilsin.

  2. O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitusiyasi moddalariga «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin», - deb belgilab qo’yildi.

Shu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Uzoq yillar davom yetgan kurash natijasida mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. O’zbekiston tarixida yangi davr - milliy istiqlol davri boshlandi. O’zbekiston uchun mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish, xalqimiz uchun o’z taqdirini o’zi belgilash, o’zlari uchun munosib turmush yaratish imkoniyati vujudga keldi.

Yüklə 298,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin