Ўзбекистоннинг энг янги тарихи Маъруза дарслари


«O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz»



Yüklə 298,91 Kb.
səhifə8/74
tarix09.10.2023
ölçüsü298,91 Kb.
#153238
növüСеминар
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Хемис учун материал Ўзб энг янги тарихи 1 курс

«O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz» degan savolga 11 mln. 199 ming 415 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6% ijobiy javob berdi.
Shunday qilib, mamlakat fuqarolarining mutlaq ko’pchiligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning vakolat muddatini 2000 yilgacha uzaytirishni ma’qulladilar va referendum natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qarori bilan mustahkamlandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 19-20-avgust kunlari bo’lib o’tgan XV sessiyasi I.A. Karimovning Prezidentlik vakolati muddati 1999-yil oxirlarida tugashini e’tiborga olib, 2000-yil 9-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomzodi Islom Abdug’aniyevich Karimovni hamda O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko’rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezidentlikka nomzod etib ro’yxatga oldi, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.
2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi. Saylovda ro’yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln. 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A. Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug’aniyevich Karimovning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to’g’risida qaror qabul qildi. I.A. Karimovning ikkinchi bor O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
Ma’lumki, 2002-yil 27-yanvarda o’tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga hamda uning asosida O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuniga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaga o’zgarishlar kiritildi.
2007-yil 23-dekabrida muqobillik asosida o’tgan saylov natijalariga ko’ra, I.A.Karimov 7-yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. .Bu uning mustaqillik yillarida yuritgan ichki va tashqi siyosatining umumhalq tomonidan maqullanishi va qo’llab-quvvatlanishi,mamlakat barcha aholisining unga bo’lgan to’la ishonchidan guvohlik beradi.O’zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvida mamlakat xavfsizligining mustahkamlanishida va jahon hamjamiyatida obro’-e’tiborining ortib borishida I.Karimovning hissasi kattadir. Xulosa

  • Istiqlol yillarida mustaqillik,hurriyat degan so’zlar butun jozibasi bilan birga beqiyos qudratni, buyuk o’zgartiruvchilik mo’jizasini ko’rsatdi.

  • Mustaqillik sharofati bilan o’zbek halqi dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni, bu ko’hna olamda Sho’ro tizimidan boshqa adolatli tizimlar ham borligini,kommunistik mafkuradan bo’lak zgu g’oyalar ham borligini,inson qadri-qimmatini himoya qiladigan mezonlar ham mavjudligini angladi.

  • Mustaqillik yillarida ona Vatanimiz – O’zbekiston jahon hamjamiyatiga qo’shildi.Dunyodagi yirik rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar o’rnatildi, o’zaro manfaatli aloqalar tobora kengayib bormoqda.O’zbekiston halqaro muammolarni hal etishdagi qat’iy siyosati va amaliy faoliyati bilan halqaro maydonda obro’-e’tibor qozonmoqda.




Yüklə 298,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin