Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarning asosiy huquqlari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
25.04.1997 (1)

9-modda. Mahkumlarning asosiy huquqlari 


Mahkumlar quyidagi huquqlarga ega: 
jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida, o‘z huquqlari va majburiyatlari haqida axborot 
olish; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “
Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida
”gi va 

Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida
”gi qonunlari. 
jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat 
birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 
14-moddasi
, O‘zbekiston 
Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 
15 
va 
16-moddalari

Oldingi
 tahrirga qarang. 
o‘z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda 
javob berishning iloji bo‘lmagan taqdirda javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. 
Javobni intizomiy qismga jo‘natish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat 
etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan ta’minlanadi; 
(9-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-son 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning shu jumladan 
surdotarjimonning xizmatidan foydalanish; 
(9-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-
fevraldagi O‘RQ-817-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 
03/23/817/0091-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 55-moddaning 
ikkinchi qismi

79

153-moddalari
, 185-modda birinchi 
qismining 
uchinchi xatboshisi

o‘quv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
80

81

100

101-moddalari
, 185-modda birinchi qismining 
yettinchi 
xatboshisi

sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko‘ra ambulatoriya-poliklinika va 
statsionar sharoitda tibbiy yordam olish
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 57-moddasining 
uchinchi qismi

87-moddasi
, 122-moddasining 
uchinchi qismi
, 150-moddasining 
uchinchi qismi
, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov 
hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya ta’minoti 
bo‘yicha 
qoidalar
” (ro‘yxat raqami 3159, 20.05.2019-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanish;
jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan 
ko‘rsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning 


psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan 
amalga oshiriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq xavfsiz mehnat sharoitiga ega bo‘lish, dam 
olish, ta’tilga chiqish, shuningdek mehnatiga haq to‘lanishi;
(9-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
ijtimoiy ta’minot, shu jumladan qonunchilikka muvofiq pensiya olish. 
(9-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeksning 
96-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 
62-moddasi

Mahkum ajnabiy fuqarolar shuningdek o‘z davlatlarining diplomatiya vakolatxonalari va 
konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida diplomatiya va konsullik muassasalari 
bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga 
olgan davlatning diplomatiya vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun 
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, 
tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqiga 
ega. 
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli 
Qonuniga 
asosan 
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 
03/19/563/3685-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkumlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish tartibi ushbu Kodeks, boshqa qonunchilik 
bilan belgilanadi. 
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib 
qoidalari
” (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.). 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin