Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Mahkumlarning shaxsiy xavfsizlik huquqi



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110
25.04.1997 (1)

11-modda. Mahkumlarning shaxsiy xavfsizlik huquqi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahkum shaxsiy xavfsizlik huquqiga ega. 
Intizomiy qismga jo‘natishga yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning 
shaxsiy xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, u o‘z shaxsiy xavfsizligini ta’minlash 
to‘g‘risidagi ariza (xabar) bilan jazoni ijro etish muassasasining yoki organining har qanday xodimiga 
og‘zaki yoki yozma ravishda murojaat qilishga haqli. Mahkumning arizasini (xabarini) qabul qilgan 
xodim zudlik bilan uni jazoni ijro etish muassasasining yoki organining boshlig‘iga taqdim etadi.
Mahkumning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi arizasi (xabari) mahkumlarning 
shaxsiy xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi arizalarini (xabarlarini) qayd etish kitobida jazoni ijro 
etish muassasasining yoki organining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash 
to‘g‘risidagi arizani (xabarni) olgandan so‘ng mahkumni xavfsiz joyga vaqtinchalik joylashtirishi 
shart.
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash 
to‘g‘risidagi arizani (xabarni) ko‘rib chiqadi va mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash 
to‘g‘risida yoxud ularni qo‘llashni rad etish haqida uch sutka ichida qaror qabul qiladi. Kechiktirib 
bo‘lmaydigan hollarda mahkumga nisbatan xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror darhol 
qabul qilinadi.
Mahkum qabul qilingan qaror bilan imzo qo‘ydirib tanishtiriladi.
Xavfsizlik choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi yoki ularni qo‘llashni rad etish haqidagi qaror 
ustidan yuqori turuvchi organga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat berilgan 
paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Jazoni ijro etish muassasasi yoki organi boshlig‘i mahkumning xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya 
qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 
Qonunida 
belgilangan xavfsizlik choralarini 
qo‘llaydi.


Xavfsiz joyga o‘tkazilgan mahkum jazoni bu erga o‘tkazilguniga qadar belgilangan saqlash 
sharoitlarida o‘taydi. 
(11-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-iyundagi O‘RQ-625-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 03/20/625/1007-son) 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin