Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-modda. Jazolarni ijro etish inspeksiyasining majburiyatlari



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
25.04.1997 (1)

22-modda. Jazolarni ijro etish inspeksiyasining majburiyatlari 
Ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish inspeksiyasi: 
muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni ro‘yxatga oladi; 
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga va (yoki) muayyan 
faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm 
talablarini ijro etish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi
mahkumning hukmda ko‘rsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi; 
mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati, shuningdek muayyan 
faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar 
tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi. 


Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda inspeksiya 
hukmning nusxasini mudofaa ishlari bo‘limiga yoki mahkum xizmatni o‘tayotgan joyga yuboradi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash 
tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga 
oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 6-bandi (ro‘yxat raqami 
2922
, 28.08.2017-y.). 
23-modda. Korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining hukmni ijro etish 
borasidagi majburiyatlari 
Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati jazolarni ijro etish 
inspeksiyasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga 
majbur: 
mahkum egallash va shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat 
faoliyati turidan uni ozod qilish; 
jazolarni ijro etish inspeksiyasiga hukm talablari ijro etilganligi to‘g‘risida, tegishli 
hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yo‘llash; 
mahkum boshqa ishga o‘tkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan 
taqdirda, bu haqda jazolarni ijro etish inspeksiyasiga xabar qilish. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash 
tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga 
oshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnomaning 
13-bandi
 (ro‘yxat raqami 2922, 28.08.2017-y.). 

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin