Grammatik vositalar
. Qo‘shma gapni hosil qiluvchi grammatik vositalarga
bog‘lovchilar, ko‘makchilar, yuklamalar. Kelishik shakllari kiradi.
2.
Leksik-grammatik vositalar
. Qo‘shma gapni tuzishda xizmat qiluvchi leksik-grammatik
vositalarga sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, shart fe’li, buyruq fe’li shakllari kiradi.
3.
Leksik vositalar
. Maxsus leksik vositalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
1. Qo‘shma gaplarni hosil qilishda kirish va kiritma konstruksiyalar ishtirok etadi. Ular
izohlash, qiyoslash munosabatini ifodalaydi: Lekin bu narsa Qalandarovning taftini bosolmadi,
aksincha, yuragiga o‘t yoqildi. (A.Q.)
2. Payt munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda
shundan buyon, shundan keyin, shu
paytda, shunda, unda
so‘zlari qo‘llanadi.
3. Qo‘shma gapni tuzishda olmoshlarning, asosan, ko‘rsatish va nisbiy olmoshlarning
roli bor. Shunday ayollar bo‘ladi: ular ishqni e’tiqod kabi muqaddas tutadi.(O.)
4. Qo‘shma gapning har ikki qismida bir xil vazifa yoki har xil vazifadagi so‘z
takrorlanadi: Mening domlam yo‘q, domlam ikki ko‘zim .(A.Q.)
Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayrim olingan sodda gaplar bilan o‘xshashlik va
farqli tomonlarga ega. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik quyidagilardan iborat: gap bo‘laklarining
ishtirok etishi, so‘z birikmalarining mavjudligi, ega-kesim munosabatlarining bo‘lishi. Farqli
tomonlari shundaki, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ayrim olingan sodda gaplarga
nisbatan mustaqilligini yo‘qotgan bo‘ladi, fikriy, intonatsion tugallikni to‘liq ifodalamaydi.
Demak, gapni tashkil etgan sodda gaplar mazmuni, grammatik qurilishi va intonatsiyasi
bilan alohida qo‘llanuvchi mustaqil sodda gaplardan farq qiladi.
Tayach tushunchalar
Qo‘shma gap, birikish usullari, parataksis, gipotaksis, sintaktik aloqa, tenglashish aloqasi,
tobelanish aloqasi, yopiq qatorli tenglashish, ochiq qatorli tenglashish, koordinativ aloqa,
subordinativ aloqa monopredikativ, polipredikativ, leksik-grammatik vositalar.
Dostları ilə paylaş: |