Ўзбекистон республикаси o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


Otabek dahshatlanib yonidigagi Aliga qaradi, Ali esa labini tishlab turar edi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix03.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#151651
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
hozirgi ozbek tili-4

 
Otabek dahshatlanib yonidigagi Aliga qaradi, Ali esa labini tishlab turar edi.
 
(A.Q.) 
Qiyoslash mazmun munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar zidlash, 
qiyoslash, izohlash kabi turli ma’no ottenkalarini ro‘yobga chiqaradi. 
Qo‘shma gap qismlarining umumiy mazmun yoki gaplar tarkibidagi ayrim bo‘laklar biror 
tomondan bir-biriga zid qo‘yiladi. Zidlash munosabatini ifodalovchi qo‘shma gap qimlari asosan 
ammo, lekin, biroq
bog‘lovchilari orqali birikadi.
Kiyoslash orqali voqea, hodisa, predmet va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi farqlar 
ochiladi. Qiyoslash mazmuni asosan 
bo‘lsa, esa
fe’lari, yuklamalar, zidlov bog‘lovchilari 
vositasida ifodalanadi. Bu xil qo‘shma gap qismlarining tuzilishida ma’lum parallelizm bo‘ladi. 
Qiyoslanayotgan bo‘laklarning xususiyatlaridagi farqlar ochiladi. 
Bog‘langan qo‘shma gap izohlash munosabatini ifodalaydi. Bunda qismlarning tarkibidagi 
ayrim bo‘laklarning ma’nosi birinchi qismning umumiy mazmuni izohlanishi mumkin. 
Izohlovchi gap ikkinchi o‘rinda kelib, birinchi gapning har bir bo‘lagi izohlanishi mumkin. 
Bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea, 
hodisa, harakatlarni biriktirib keladi va bu bilan uyushiq bo‘laklarni eslatadi. Bunday qo‘shma 
gaplarning qismlari biriktiruv bog‘lovchilari:
va, ham, hamda; bo‘lsa, esa 
yordamchilari; 
yuklamalar yordami bilan bog‘lanadi.
Biriktiruv munosabatiga kirishgan qo‘shma gaplarning qismlari ko‘pincha mazmunan 
o‘zaro jips bog‘lanadi, birining mazmuni ikkinchisiga bog‘liq bo‘ladi, turli mazmun ottenkalari, 
emotsional ma’nolar ifodalanadi. 
Biriktiruv munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda qanday qo‘shimacha mazmun 
ottenkasi ifodalanmasin, qo‘shma gap qismlaridan anglashilgan harakat, holat, xususiyat ma’lum 
bir paytda ro‘y beradi.
Bog‘langan qo‘shma gapning ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan mazmun, odatda, 
bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi., biri ikkinchisini izohlamaydi. Ammo qo‘shma gap qismlari 
mazmunan bir-biriga yaqin bo‘lgan yoki bir turdagi tushunchalarni ifodalaydi. Qo‘shma gap 
qismlari umumiy bir fikrni, tushunchani, niyatni ifodalash uchun xizmat qiladi, shu bir 
tushunaning, niyatning elementlari sanaladi. Bunday semantik aloqa ayiruv munosabati deyiladi. 
Katta hovuzlardagi suvlarda ko‘lankalar va shu’lalar jim-jim o‘ynashadi, goh ko‘lankalar yonib 
ketadi, goh shu’lalarni ko‘lankalar yutadi. (O.)
Ayiruv munosabatini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gap qismlari o‘zaro 
ayiruv 
bog‘lovchisi 
va 
ba’zan, hali, bir kabi
ayrim leksik elementlar yordami bilan bog‘lanadi. 
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining biri ma’lum voqea, hodisa, holatning ro‘y 
berishiga sabab bo‘lgan voqea, holatini ikkinchi qism esa shu sabab asosida ro‘y bergan voqea, 
hodisa. Holatini ifodalaydi. 
Sabab-natija munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gaplar o‘zaro biriktiruv 
bog‘lovchisi yoki 
–u(-yu), -da
yuklamalari yordamida bog‘lanadi. Bundan tashqari, intonatsiya, 
mantiqiy urg‘u va modal so‘zlar orqali ham sabab-natija munosabati ifodalanadi. Qiz yalt etib 
Jamolga qaradi-yu, yuragi hovliqib ketdi. (O.) 
Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan gaplarning so‘nggisi oldingi aytilgan gaplarning 
mazmuniga qo‘shimcha umumiy izoh bo‘ladi, ular oldingi gaplarning mazmuniga aloqador 
bo‘lgan yoki shu mazmundan kelib chiqadigan biror qo‘shimcha xabarni ifodalaydilar. 
Tarkibiy qismlarining o‘zaro semantik munosabatiga ko‘ra, bog‘langan qo‘shma
qo‘shma gapning bu tipii ikki turga bo‘linadi: 
1. Izohlash munosabatini ifodalaydi. 
2. Qo‘shimcha ma’lumot berish uchun xizmat qiladi. 
Bog‘langan qo‘shma gapning izohlash munosabatini ifodalovchi guruhida qo‘shma 
gapning ikkinchi qismi birinchi qismdan anglashilgan umumiy mazmunni izohlaydi yoki 
so‘zlovchining birinchi qismning mazmuni haqidagi fikri, bahosi, munosabatini ko‘rsatadi. 
Izohlash munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gapning qismlari o‘zaro 
biriktiruv bog‘lovchilari (va, ham, hamda), zidlov bog‘lovchilari (lekin, ammo) bog‘lovchi 


vazifasidagi bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘lanadi, bunda har bir bog‘lovchi o‘z 
grammamatik ottenkasini saqlaydi.
Izoh munosabatini ifodalagan qo‘shma gaplarning tarkibida 
bu
olmoshi bo‘ladi. 
Bu
olmoshi turli vazifada qo‘llanadi va har doim qo‘shma gapning ikkinchi qismida bo‘ladi. 
Bog‘langan qo‘shma gapning ikkinchi qismi qo‘shimcha ma’lumot ifodalaydi. 
Qo‘shimcha ma’lumot qo‘shma gapning birinchi qismi bilan bevosita bog‘lanishi, undan kelib 
chiqishi yoki birinchi qismning mazmuni bilan uzviy bog‘lanishi mumkin. Bu xil bog‘langan 
qo‘shma gap qismlarini biriktirish uchun 
ham, hamda
bog‘lovchilari ishlatiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin