Ўзбекистон республикаси o’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix03.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#151651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
hozirgi ozbek tili-4

 
T
ayanch tushunchalar 
 
 
Gap bo‘laklari, gapning shakliy tuzilishi, gapning mazmuniy tuzilishi, bosh bo‘laklar, 
ikkinchi darajali bo‘lakllar, gapning kommunikativ aspekti, aktual tuzilish, paradigmatika, 
sintagmatika, aktuallashish, aktuallashtiruvchi vositalar. 
 
Savol va topshiriqlar 
 
1. Aktuallashish deb nimaga aytiladi? 
2. Gapning kommunikativ aspekti qanday xususiyatlarga ega? 
3. Jumla paradigmatikasi haqida gapiring. 
4. Jumla sintagmatikasi haqida gapiring. 
5. Aktuallashtiruvchi vositalar qaysilar?
5-Mavzu: Gapning presuppozitiv aspekti 
R e j a: 
1. Gapning presuppozitiv aspekti. 
2. Presuppozitsiya. 
3. Presuppozitsiyaning yuzaga chiqish usullari. 
4. Pragmatika. 
Bugungi kunda gap mazmunini o‘rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma 
tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo‘lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida 
bir xillik yo‘q. Ular orasida ikki qarama-qarshi yo‘nalish ajralib turadi. 
Bu yo‘nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga 
asoslanadilar. 
Bu yo‘nalishda gapning har bir tuzilish tarxining umumiy grammatik ma’nosini topishga 
harakat qilinadi va tuzilish tarxining umumiy grammatik ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish 
aniqlanadi. Ularning fikriga ko‘ra, mazmun grammatik shakllanmay, o‘z holicha mavjud 
bo‘lmaydi. Shuning uchun gapning burcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodasi bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Gap mazmunini tuzilish tarxlari asosida tahlil qilish N.Yu.Shvedova asarlarida o‘z 
ifodasini topdi. 


Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari gapning nominativ minimumi uzvlarining leksik 
ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi tuzilish tarxlari doirasida 
emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari va mazmuniy tuzilishi bir-biri bilan 
kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi. Bundan qarash O.I.Moskalskaya ishlarida 
namoyon bo‘ladi.
Mazmuniy sintaksisning keyingi yutuqlari gapga nominativ vazifa bajaruvchi birlik deb 
qarashga olib keldi. N.D.Arutyunova gapga ob’ektiv borliqdagi voqeaning nomini ifodalovchi 
birlik sifatida yondashadi. Voqea propozitsiya atamasi bilan nomlanadi. Demak, gap 
propozitsiya nomi hisoblanadi va u predmet nomi bo‘lgan so‘zga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Predikat va voqea ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat gapning mazmunini tashkil etadi.
T

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin