o‘yinlar va sport o‘yinlariga tayyorlaydigan o‘yinlami mashq qilish
kiritiladi.
Gigiyenik gimnastika.
0 ‘quvchilaming jismoniy jihatdan
to‘g‘ri o‘sishlari uchun kundalik ertalabki gimnastika yoki
zaryadka katta ahamiyatga ega. Kishi sog‘lig‘ini
mustahkamlash,
uning kun buyi charchamay, normal ishlash qobiliyatini ta’minlash
va unda turmushda zarur bo'ladigan muhim gigiyenik ko‘nikmalar
hosil qilish - gigiyenik gimnastikaning vazifasidir. Ertalabki
gimnastika ochiq havoda yoki derazasi (fortochkasi) ochib
qo'yilgan xonada uyqudan turish bilanoq qilinadi.
Bu gimnastika
barcha muskullaming ishtirok etishini ko‘zda tutadigan bir necha
mashqlar va suv protsedurasidan iborat bo‘ladi. Lanjlik, ta’sir-
chanlik, betoblik sezilganida, ishtahasizlik
va uyqusizlik paydo
bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qilish va gimnastika
mashg‘ulotini vaqtincha to‘xtatish lozim. Bolani har kuni ertalabki
gimnastika bilan shug‘ullanishga odatlantirishda ota~onalar va
о‘qituvchilaming o‘zlari namuna ko‘rsatishlari
juda katta rol
o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: