Jismoniy tarbiya tarbiyaning ajralmas qismlaridan biri bo‘lib,
maktabda tarbiyaning boshqa tomonlari
bilan birgalikda amalga
oshiriladi. Bu bilan jismoniy tarbiya inson shaxsining har
tomonlama kamol topishini ta’minlaydi.
Bolani oilada jismoniy jihatdan tarbiyalash u tug‘ilgan kundan
boshlanadi.
Bu davrda jismoniy tarbiya, asosan, uning to‘g‘ri
o‘sishi va sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydigan gigiyenik talablarga
rioya qilishdan, jismoniy jihatdan parvarishlashdan iborat bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya bolaning jismoniy kuchi va kishi psixik faoli-
yatining moddiy negizi bo‘lgan markaziy nerv tizimini o‘stirish va
taraqqiy
ettirish bilan birga, uning aqliy qobiliyatlarini to‘g‘ri
о‘si shiga ham yordam beradi. Jismoniy tarbiya axloqiy tarbiya
bilan uzviy bog‘liqdir. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish
mardlik, qat’iylik, o‘zini tuta bilishlik,
matonatlilik kabi axloqiy-
irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o‘yinlar
va sport o‘yinlari. turli estafetalar bolalar o‘rtasida jamoali,
o‘rtoqlik va do‘stlik hissini o‘z oldidagi va sport jamoasi oldidagi
burchini, mas’uliyatlilik va talabchanlikni his qilishni tarbiyalay-
digan eng yaxshi vositalaridandir,
Dostları ilə paylaş: