Agar o‘qituvchi rasm darsini xilma-xil metodlar (san’atga oid
suhbatlar o‘tkazish, bolalar tushuna oladigan badiiy materiallar
ko‘rgazmasini
uyushtirish, rassomlar va san’at arboblari bilan
uchrashuvlar o ‘tkazish) qoilangani holda qiziqarli olib borsa, bu
dars bolalaming sevimli darsiga aylanishi mumkin.
Badiiy materiallar yuzasidan ish
olib borilganda bolalarda
kuzatuvchanlik o‘sadi, ular tasviriy san’at janrlari to‘g‘risida,
ranglaming bir-biriga uyg'unligi to‘g‘risida, har xil ranglar
to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘tmishdagi va
hozirgi zamon atoqli rassomlarining nomlarini bilib oladilar,
ularning ijodi bilan tegishlicha tanishadilar.
Dostları ilə paylaş: