Madaniy qadriyatlarga, faoliyatga estetik munosabatni shakl-
lantirish maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat,
san’at go‘zalligi va bolalaming badiiy
faoliyatini tashkil etishga
yo‘naltiriigan pedagogik jarayon nafosat tarbiyasining muhim
vositalari hisoblanadi. Ba’zi ota-onalar bolalarda did va farosat
o‘stirishm yuzaki tushunadilar va o‘z bolalarida shu hislatlami
tarbiyalamoqchi bo‘lgan vaqtlarida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadilar.
Chunonchi, bolani sodda va ozoda kiyintirish o‘miga qimmatbaho
kiyim va buyumlar olib beradilar va shunday qilish bilan bolaning
did va farosatini buzayotganliklarini sezmaydilar.
Shuni yaxshi
bilish kerakki, did va farosat tug‘ma bo'lmaydi. U bolalarda yoshlik
chog‘dan boshlaboq oilada, bog‘chada, maktabda, qurshab olgan
muhit, kishilar, o‘rtoqlari ta’siri ostida, shuningdek, kinofilmlar va
turli madaniy muassasalar ta’sirida tarbiyalanadi va kamolotga yeta
boradi,
Shuning
uchun oila, maktab, maktabdan tashqi muassasalar,
“Kamolot” va “Kamalak” tashkilotlari bolalardagi yaramas odatlar-
ni yo‘qotishga, ayniqsa, yuqori
sinf
o ‘quvchilari orasidagi “stilga”
intilish (harakatlari)ga barham berishga, ularda chin insonga xos
bo‘lgan did va farosatni tarbiyalash va takomillashtirishga alohida
e’tibor berishlaxi kerak. Barkamo! shaxsning nafosat tarbiyasidagi
zaruruiy jihatlardan biri, ulaming eng yuksak nafosat tuyg‘uga ega
bo‘lishlari, sodda,
ozoda va chiroyli kiyinishlari, san’atni
qadrlashlari va ma’naviy jihatdan pok bo'lishlari lozim.
Pedagog-tarbiyachilarining birdan-bir vazifasi bolalarga ana
shunday xislat va odatlami singdirish hamda bolalarda did va
farosat qanchalik taraqqiy etgan bo‘lsa, ulaming intizomi ham
shuncha yaxshi bo‘lishini unutmaslikdan iborat.
Bolalarda did va
farosatni tarbiyalash masalasi bilan faqat oila, bog‘cha va
maktabgina emas, balki maktabdan tashqari muassasalar va butun
jainoatchilik ham shug‘ullanishi
Dostları ilə paylaş: