175
28. Kutilmagan daromad (zarar)dan sof foyda
29. Sof foyda (zarar)
30. Bitta
aksiyaga
to‘g‘ri kelgan sof foyda
31. Bitta aksiyaga e’lon
qilingan dividend
Bank boshqaruvi raisi _________________
Bosh buxgalter________________________
Bank balansining tuzilishida iqtisodiy operatsiyalar: mazmunining
bir xilligi, resurslar muvozanati jihatidan kamayib boruvchi moddalar
aktiv bo‘yicha, talab qilish darajasining kamayishi passiv bo‘yicha
guruhlashtiriladi. Balansning bunday tuzilishi schyotlarning bir tomon-
lama guruhlashtirish tamoyilini aniqlab beradi. Uning bir bo‘limining
o‘zida aktiv, passiv va aktiv-passiv schyotlar bo‘lishi mumkin. Birgina
bo‘lim, «bank fondlari» schyotlari
balansning faqat passivida, ikkinchi
bo‘lim «pul mablag‘lari» schyotlari aktivda aks ettiriladi, boshqa
yigirma ikki bo‘limning schyotlari balansning aktivida ham, passivida
ham aks ettiriladi.
Shunday qilib, bank balansi
tijorat banklari resurslari, ularning
shakllanishi, foydalanilishi haqidagi ma’lumotlarning pul ko‘rinishida
ifoda etilishidir. Bu balans bankning aktivlari, passivlari (majburiyatlari)
va muassislar sarmoyasidan tashkil topadi.
1. Bank aktivlari balansning bir qismi bo‘lib, unda quyidagilar aks
ettiriladi:
xazinadagi naqd pul mablag‘lari va hujjatlar;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankdagi pul mablag‘lari;
boshqa banklarda ochilgan
vakillik hisobvaraqlaridagi
mablag‘lar;
qimmatli qog‘ozlar – davlat qimmatli qog‘ozlari va xususiy
qimmatli qog‘ozlar, ya’ni korxonalarning qimmatli qog‘ozlari;
bank ssudalari, ya’ni banklararo kredit mablag‘lari;
mijozlarga beriladigan kreditlar;
investitsiyalar;
asosiy mablag‘lar – ko‘chmas mulk;
boshqa aktivlar.
2. Bank passivlari, ya’ni bank majburiyatlarini
aks ettiradi hamda
ularning qaysi guruhga taalluqli ekanligini ifodalaydi.
Bank passivlariga quyidagilar kiradi:
talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar;
176
jamg‘arma depozitlar;
muddatli depozitlar;
banklarning depozitlari;
banklararo
ssudalar;
boshqa ssudalar;
boshqa passivlar.
Umuman tijorat bankining taxminiy balansi quyidagi ko‘rinishga
ega (27-jadval).
Tijorat banklarining passivlari asosan joriy omonatlar va
jamg‘arma hisobvaraqlaridan tashkil topadi. Aktivlar odatda turli xil
moliya aktivlari o‘rtasida (qimmatli qog‘ozlarning turli ko‘rinishlari
o‘rtasida) baravar taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: