Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги навоий давлат кончилик ва технологиялар университети


CHEKI «HAMKORBANK» ATB NAVOIY MBXO JOMBOY TUMANI FILIALIning faoliyati haqida



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə7/8
tarix14.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#130369
1   2   3   4   5   6   7   8
hisobot

CHEKI «HAMKORBANK» ATB NAVOIY MBXO JOMBOY TUMANI FILIALIning faoliyati haqida
CHEKI «HAMKORBANK» ATB NAVOIY MBXO Jomboy tumani filiali 1ta boshqaruvchi boshlig‘ va 3ta o‘rinbosar mavjud hisoblanadi. CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO Jomboy tumani filiali da boshqaruv strukturasi 2ta office ga bo‘linadi:

  1. Bek office

Shu qatorida bek office o‘z ichiga kredit, buhgalteriya,uzcard plastic kartalarini va hakozalarni qamrab olsa;
2.Front office
O‘z navbatida front office esa chakkana kassa xalqaro pul o‘tkazmalarini va humo plastik larni qamrab oladi
Mijozlarni kelishida eshik oldida RECEPTION mavjud bo ‘lib,
Kelgan mijozlarni bergan savollariga javob berib yo ‘nalish ko ‘rsatadi.
Yana muhum foydali tomonlaridan biri bank ichida INFOKYOSKA joylashgan
Bunda esa CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO mijozlari qulay foylanish imkoniga ega ya ‘ni kredit, komunal to ‘lov,plastic kartalarini sms hizmatlarini yoqish o ‘chirishlari mumkin.
CHEKI «HAMKORBANK» ATB NAVOIY MBXO mijozlariga hozirgi kunda online mikroqarzlar ham ish faoliyatini olib bormoqda.
O ‘z navbatida kredit va omonotlar ham mijozlarni e ‘tiborini tortgan. Ishonchli bank sifatida aytish kerakki kuniga 10dan ziyod mijozlar o ‘z pullarini omonotga qoyib ketadilar.
Omonat turlari: daromat, oldindan foiz,erkin, imkoniyat, bahtli bolalik, capital va express turlari mavjud.
Kreditning esa avtokredit, online to ‘lov, online mikroqarz, kredit karta, ta ‘lim krediti, har bir oila tadbirkor turlari mavjud.


Bank balansi va buxgalteriya hisobvaraqlar rejasi
Bank balansi aktiv va passiv qismlardan iborat bo'lib, uning iqtisodiy mohiyati tenglik degan ma'noni anglatadi. Bank balansi dastlabki buxgalteriya ma'lumotlari asosida ish kunining oxirida tuziladi. Balansda yordamchi (analitik hisob) kitobning ma'lumotlari asosida jamlangan bosh (sintetik hisob) kitob qoldiq summalarining yig'indisi aks ettiriladi. Bankning yordamchi kitobida ish kuni davomida bajarilgan barcha aktiv va passiv, daromad va xarajaHar bo'yicha operatsiyalar qayd etiladi. Y ordamchi kitobning dastlabki ma'lumotlari asosida bank balansi tuziladi. Balans yordamida bank resurslarining shakllanishi va joylashishi, kre dit , hisob-kitob, kassa va boshqa operatsiyalar holati ustidan nazorat amalga oshiriladi. Bank buxgalteriya hisobvaraqalari rejasi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'grisidagi qonuni hamda «Banklar va bank faoliyati to 'g'riida»gi qonun talablari asosida Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilib 2004-yil 17-iyuldagi 15/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Rcspublikasi Adliya Vazirligidan 2004-yil 13-avgustda 773-17-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan. Mazkur hisobvaraqlar O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarida yagona buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning metodologik asosini belgilab beradi(1-ilova).
Buxgalteriya hisobvaraqlar bosh buxgalter kitobiga kiruvchi barcha hisobvaraqlarni o'zida aks ettirgan bo'lib, ular buxgalteriya hisobini amalga oshirishda, tahlilda, guruhlarga ajratishda va bank operatsiyalari bo 'yicha hisobotlarni tuzishda qoʻllaniladi. Buxgalteriya hisobvaraqlar rejasida ayni paytda banklar tomonidan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarning turlari mujassamlashgan bo'lib, ular hisobvaraqalar orqali bank balansida oʻz aksini topadi. Hisobvaraqlar rejasi ko'p valutali buxgaiteriya hisobiga asoslangan bo'lib, barcha hisobvaraqlar belgilangan tartibda chet el valutalarini turIari bo 'yicha hisobga olish va balans tuzish imkoniyatini beradi. Valutalarning har bir turi bo'yicha alohida sintetik hisobni yuritsh uchun Bosh kitob ochiladi, analitik hisob Yordamchi kitobda yuritiladi. Yordamchi kitobda hisobga olingan summalarning yig'indisi Bosh kitob summasiga albatta mos kelishi lozim. Bank tomonidan amalga oshirilayotgan valutaiarning turi bo'yicha har bir operatsiya Y ordamchi va Bosh kitobda mos ravishda qayd etilishi lozim bo'ladi. Bosh kitob summasining yig'indisi asosida chet el valutalaridagi balanslar kunning oxirida Markaziy bank tomonidan o'rnatilgan kurs bo'yicha milliy valutada umumlashtirilgan (konsolidirovanniy) balansga oʻtkaziladi.
10101 Dan 19999gacha bilan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar
hisoblanadi, 20200 dan 29896 gacha bo'lgan hisobvaraqlar (bankning rnajburiyatlari) passiv hisobvaraqlar hisoblanadi, 30300 dan 31206 gacha bo'lgan hisobvaraqlar (bank kapitali va boshqa rnablag'lari) passiv hisobvaraqlar hisoblanadi, 40200dan 45994gacha bo'lgan hisobvaraqlar (bankning darornadlari) passiv hisobvaraqlar hisoblanadi, 50100 dan 56902 gacha bo'lgan hisobvaraqlar (bankning xarajatlari) aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Aktiv hisohvaraqlarda rnablag'larning ko'payishi dcbetda, karnayishi esa kreditda aks cttiriladi. Ushbu hisobvaraqlarda qoldiq summalar dcbctda vujudga keladi kontr aktiv hisobvaraqlar bundan rnustasno. Aktiv hisobvaraqlarda hisobga olingan summalar bank tomonidan mablag'larni rna'lum maqsadkarga joylashtirganligini anglatadi. Passiv hisohvaraqlarda mablag'larning ko'payishi kreditda, karnayishi esa debetda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqlarda qoldiq summalar krcditda keladi, kontr passiv hisobvaraqlar bundan mustasno. Passiv hisobvaraqlarda hisobga olingan bankning o'z rnablag'lari va jalb qilingan mablag' alarning manbalarini anglatadi.
Shu bilan birga hisobvaraqlar rcjasining 9 bo'limida ko'zda tutilmagan holatlar mavjud bo'lib, ushbu hisobvaraqlar bo'yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilsada, kunlik balansga bevosita taʼsir etmaydi. Ammo ular bo'yicha amalga oshirilgan buxgalteriya yozuvlarining haqqoniyligini tckshirib borish maqsadida ushbu hisobvaraqlar bo'yicha oxirida balans tuziladi. «Ko'zda tutilmagan holatlar» bo'limiga operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv uslubi bo'yicha aks ettirish va amalga oshirilgan operatsiyalarning to'g'riligini nazorat qilish imkonini beruvchi kontr aktiv hisobvaraqlar kiritilgan.

Banklarning asosiy vositalari va ularning hisobi

Banklar o'z faoliyatini amalga oshirish uchun turli shakldagi vositalar. kambaholi va tez eskiruvchi buyumIar, ijaraga olingan jihoz]ar va boshqa buyumlardan foydalanadi Ular bankbalansining hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi.


Asosiy vositalar- bank faoliyatida bank xizmatlarini koʻrsatish jarayonida, maʼmuriy maqsadlarda foydalanadigan va bir yildan vaqt mobaynida foydalanish ko'zda tutilgan moddiy aktivlardir. Uning tarkibiga binolar, inshoootlar, kompyuterlar, mebellar, hisoblash texnikasi, transport vositalari va boshqa jihozlar kiradi.Banklar asosiy vositalarni sotib olishi, yangidan qurishi, tekinga yoki hadya hisobidan balansga kirim qiladi Banklarda asosiy vositalarning buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining ikkinch tartibli i 16500-«Asosiy vositalar » aktiv hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi, ushbu hisobvaraq tarkibida asosiy vositalarni hisobga olish bo'yicha quyidagi hisobvaraqlar mavjud.
16501- Yer
16505- Tugallanmagan qurilishlar
16509- Bankning imoratlari - Binolar va boshqa imoratlar
16511- Binolar va boshqa imoratlarning yigʻilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
16529-Transport vositalari
16531-Trasport vositalarining yiliilgan eskirish summasi (kontr- aktiv)
16535-Mebel, moslama va jihozlar
16539- Mebel, moslama va jihozlaming yig'ilgan eskirish summasi (kontr-akfiv)
16561- Ombordagi asosiy vositalar
16563-0mbordagi asosiy vositalarning yig'ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Bank balansiga kirim qilinayotgan asosiy vositalar boshlang'ich qiymatida hisobga olinadi, asosiy vositalarning boshlang'ich qiymati tarkibiga to'langan soliqlar, bojxona bojlari va yig'imIarini, shuningdek, ularni yetkazib berish va montaj qilish, o'rnatish va ishga tushirish bilan bog'liq boshqa xarajatlari kiradi. Quyida bank tomonidan mebel sotib olish bilan bog'liq operatsiyalar va hisobini amalga oshirish jarayonini ko'rib chiqamiz. Bank mebel ishlab chiqaruvchi firma bilan mebel sotib olish bo'yicha shartnoma imzoladi. Shartnoma bo'yicha sotib olinayotgan mebelning bahosi 15,0 mIn so'mni tashkil etadi.

a) Shartnomaga asosan bank mebel uchun oldindan to'lovni amalga oshirdi.

Debet 19909-«Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to 'Langan mablag'lar»
Kredit 10301 -«Markaziy bankdagi hisobvarag'i- 15000000,0
Nostro» yoki asosiy vosita sotuvchi mijozning hisobvarag'i.

b) Bankka olib kelingan mebel bank omboriga qabul qilindi.


Debet 16561-«Ombordagi asosiy vositalan>
Kredit 19909-«Tovar-moddiy qimmatliklar 19000000,0 uchun to'langan mablaglar>
v) Bank mebelni olib kelish va o'rnatish bilan bog'liq bo'lgan 0,5 mIn so'mIik xarajatni amalga oshirdi.
Debet 19907-«Xizmatiar uchun oldindan qilingan xarajatlar»
Kredit 10301-«Markaziy bankdagi hisobvarag'i- 300000,0
Nostro» yok; xizmat ko 'rsatuvch i firmaning hisobvaragʻi
g) Bank omboridagi mcbel va unga qilingan qo'shimcha xarajatlar bank balansining tegishli hisobvarag'iga kirim qilindi.
Debet 16535-«Mebel, moslama va jiho::.Iar» 15500000,0
Kredi! 16561-«Ombordagi asosiy vositalar» 19000000,0
Kredi! 19907-«Xh:.matlar uchun oldindan qilingan 300000,0 xarajatlar»

Banklar mustaqil ravishda binolarni qurganda yoki rekonstruksiya qilish uchun qilingan xarajatlarni 16505-«Tugallanmagan qurilishlar» hisobvarag'ida hisobga olib boradi. Qurilishi tugagan yoki rekonstruksiya qilingan bino qabul qilish va topshirish komissiyasining qaroriga asosan bankning tegishli hisobvarag'iga olinadi.


a) Qurilishi davom etayotgan bank binosi va rekonstruksiyasi bo 'yicha qilingan xarajatlar kirim qilindi.
Debet 16505-«Tugallanmagan qurilishlan>
Kredit 19909-«Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar>>{
b) Qurilishi tugagan bank binosi qabul qilish va topshirish dalolatnomasi asosida bankning tegishli blsobvarag'iga kirim qilindi.
Debet 16509-«Bankning imoratlari - Binolar va boshqa imoratlar>
Kredit 16505-« Tugallanmagan qurilishlar>.
Banklarning asosiy vositalaIi ma'lum muddatlarda qayta baholanib turiladi. Asosiy vositalarni qayta baholash indeks va bevosita qayta baholash usullarida amalga oshiriladi.. Indeks usuli bilan qayta baholashda qayta baholash sanasidagi asosiy vositalarning balans qiymati va ushbu aktivlarning jamlangan eskirishi muayyan indeksdan foydalangan holda qayta baholanadi. So'ngra aktivlarning qayta baholangan qiymati ularning balans qiymati va jamlangan eskirishi bilan taqqoslanadi va vujudga kelgan farqiga tegishli.buxgalteriya yozuvlari amaiga oshiriladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, men malakaviy amaliyot o‘tagan CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy filialining aholi va turli xo‘jalik yuritish subyektlariga zamonaviy, tezkor va salmoqli xizmatlar ko ‘rsatib kelmoqda. Servis va xizmat ko ‘rsatuvchi korxonalar, tadbirkorlik faoliyatini faoliyatini yuritayotgan yosh oilalar, kasb-hunar kollejlari va maktab bituruvchilari hamda imtiyozli kreditlar ajratmoqda
CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy filialining 2021-yilda kichik biznes subyektlarini qo ‘llab-quvvatlashga barcha moliyalash manbalari hisobidan 1 trillion 209 milliard so ‘m kreditlar ajratildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga oid 4 mingdan ziyod loyihani amalga oshirish uchun 545 milliard so ‘m yo ‘naltirildi. Natijada 24 mingdan ziyod yangi ish o ‘rni yaratilgan.
CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATBning o ‘z faoliyati davomida asosiy urg‘uni iqtisodiyotning agrar sektorini rivojlantirish, moliyalashtirish, aholining bo ‘sh pul mablag‘larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog‘i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko‘paytirish, bankning belgilangan biznes-rejasi va budjetining asosiy parmetrlarini bajarishga qaratgan. 2010-yilda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dolari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi. TIF CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATB va Osiyo Taraqqiyot Banki o‘rtasida 20,0 mln. AQSh dolari miqdoridan iborat bo‘lgan “Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich” loyihasi bo‘yicha kredit shartnomasi imzolandi. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblandi. Shuningdek, TIF CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATB Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga kiritildi va revolyer kredit to‘g‘risida kelishuv imzolandi. “VISA International” xalqaro to‘lov tizimiga prinsipial a’zolikka o‘tish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo ‘lga qo‘yildi. CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATBning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlarin orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATB S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a ‘zodir
Ushbu malakaviy amaliyot ishini bajarish natijasida quyidagi umumiy takliflarni xulosa qilib aytish mumkin:
1. Zamon talablaridan kelib chiqqan holda, bank faoliyatida axborot kommun ikatsiya texnologiyalaridan kengroq qo‘llash lozim. Shu nuqtayi nazardan, bankda moliyaviy ko ‘rsatkichlar tahlilini to ‘liq avtomatlashtirish talab etiladi.
2. Rivojlangan mamlakatlar singari bizning respublikamizda ham bo‘lajak yoki doimiy hamkorlarimiz haqida aniq va ishonchli ma ‘lumotlarni qonuniy ravishda yetkzib beradigan axborot xizmat ko ‘rsatish markazlarini tashkil etish zaur.
3. O ‘zbekiston Respublikasi CheKI «Hamkorbank» ATB Navoiy MBXO ATB Buloqboshi filliali bo ‘limida dasturiy vositalar asosida yagona axborot bazisini shakllantirish lozim.
4. Bankda axborot- tahliliy masalarni yechishda IABS amaliy dasturlar to‘plamidan foydalanish tavsiya etiladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin