17 sentabrdagi qarori bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish
sohasini markazdan turib boshqarishni tugatish va raqobat
m uhitini m ustahkamlash, maishiy
xizmat korxonalari va
mahalliy boshqaruv organlarining xo‘jalik mustaqilligini oshirish
maqsadlarida «O'zmaishiyxizmatuyushma» tugatildi.
Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ishlarini hududiy (viloyat)
uyushmalari, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tuman
(shahar) uyushmalari boshqardi.
Respublikada aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlan
tirishni 1996—2000-yillarga m o‘ljallangan dasturi muvaffaqiyatli
bajarildi.
0 ‘zbekiston Respublikasida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish
sohasidagi chetel investitsiyalarini jalb qilish, yangi ishchi
o ‘rinlarini tashkil etish maqsadida chetel firmalari bilan qo‘shma
korxonalar tashkil etildi. Hozirda 0 ‘zbekiston — Turkiya qo‘shma
korxonasi «Shuhrat» (erkaklar ichki trikotaj kiyimlari), 0 ‘zbe-
kiston — Afg‘oniston qo‘shma korxonasi «Imkon» (poyabzal
ishlab chiqarish), Koreya respublikasi, Germaniya («Ag Vella»
firmasi), Turkiya, Yugoslaviya («Loreal», «Legeran», «Per
Karden», «Obreme», «Fillips» firmalari) bilan aloqalar o ‘ma-
tilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil sen
tabrdagi «Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida islohotlarni
chuqurlashtirish haqida»gi farmoni qabul qilindi.
Bundan
ko‘zlangan maqsad aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini bosh-
qarishda mahalliy hokimiyat organlari va korxonalarning musta
qilligini oshirish va bu sohada raqobatchilik muhitini mus-
tahkamlashdir.
Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishning hududiy uyushmalari
viloyat va tuman (shahar) hokimiyatlari ixtiyoriga berildi.
Hozir Respublikada aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni
uning doimiy yashash va ishlash joyiga yaqinlashtirish, maishiy
xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish,
sifatini yaxshilash
borasida katta ishlar qilinmoqda. Maishiy xizmat ko‘rsatish
ishlariga sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, fermer va
dehqon xo‘jaliklari jalb qilingan. Bu o ‘z navbatida,
qishloq
204
joylaridagi maishiy xizmat ko'rsatish tarmoqlarini kengaytirish
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: