Yonilg’i va moylarning olinishi xaqida tushuncha



Yüklə 105,64 Kb.
səhifə2/2
tarix13.04.2023
ölçüsü105,64 Kb.
#97178
1   2
2-mavzu

Kreking - neftning yirik molekulali uglevodorodlarini oson qaynaydigan maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalashdan iboratdir. Uglevodorodlarning 2-7 Mpa bosim ostida va yuqori ha-roratda (470÷5400C) parchalashga termik kreking deyiladi. Uglevo-dorodlarning yuqori haroratda (450÷5000C) va past bosim (0,06÷0,14 Mpa) ostida va katalizator yordamida parchalanishiga katalitik kreking deyiladi.
Тermik kreking benzin tarkibida to’yinmagan uglevodorodlar borligi bilan to’g’ri xaydalgan benzindan farq qiladi, oktan soni 30-40% (68÷70)ga yuqoriroq bo’ladi, lekin bu benzinni uzoq vaqt saqlab bo’lmaydi, chunki vaqt o’tishi bilan undagi to’yinmagan uglevodorodlar oksidlanib smolalar hosil qiladi.
Katalitik kreking jarayonining asosiy vazifasi yuqori sifatli (oktan soni yuqori bo’lgan) benzin olishdir. Katalizatorlar sifatida alyumosilikatlar ishlatiladi. Harorat rejimi termokrekingnikiga o’xshash (470÷540°C), lekin reaksiya tezligi yuqori bo’lib, olinadigan benzin sifati ham ancha yuqori bo’ladi.
Benzin sifatini yaxshilash uchun reforming usulidan foydalaniladi. Bu jarayon ham 2 xil yo’nalishda bo’ladi:
- termik reforming;
- katalitik reforming.
Тermik reformingda vodorod ishtirokida (4800C÷5200C haroratda va 3MPa bosim ostida) to’yinmagan uglevodorodlar to’yingan holga o’tishi bilan benzin sifati yaxshilanadi.
Katalitik reforming natijasida naften va parafin uglevodorodlar aromatik uglevodorodlarga aylantirilib, benzin tarkibidagi aromatik uglevodorodlar miqdori ortadi. Mahsulot sifatida yuqori oktanli, ya’ni aromatik uglevodorodlari ko’paygan benzin olinadi. Katalitik reformingda katalizator sifatida platinadan foydalaniladi. Jarayon 480÷540°C da va 2÷4MPa bosim ostida alyumo-platinali katalizatorlar (platforming) ishtiro-kida olib boriladi.


4.Neft maxsulotlarini tozalash.
Neftni birlamchi qayta ishlash va olingan mahsulotlarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni yonilg’i va moylash materiallarini to’g’ridan-to’g’ri ishlatib bo’lmaydi. Olingan distil-lyatlar tayyor maxsulot hisoblanmaydi, chunki ularning tarkibida uglevodorodlardan tashqari, smolali asfalt moddalari, oltin-gugurtli birikmalar, organik kislotalar va boshqa kerakmas moddalar bo’ladi. Maxsulotlar sifatini faqat zararli aralashmalargina emas, balki ba’zi uglevodorodlar (to’yinmagan uglevodorodlar) ham yomonlashtiradi. Ulardan sifatli mahsulot olish uchun qo’shimcha ravishda keraksiz, tayyor mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi moddalardan tozalash zarur bo’ladi. Buning uchun kerak bo’lmagan moddalarni ba’zi bir reagentlar bilan kimyoviy birikmalar shaklida chiqazib tashlanadi (masalan, kislotalar, ishqorlar va boshqalar yordamida). Ba’zan neft mahsulotlarini fizikaviy usul bilan uglevodorod tarkibini o’zgartirmagan holda ma’lum qismlarga ajratiladi.
Yonilg’i va moylarni tozalashda sulfat kislota bilan tozalash iqtisodiy jixatdan foydalanish imkoniyati bo’lmagan eng eski usuldir. Dizel distillyatlarini tozalashda gidrotozalash, moyli distillyatlarni tozalashda esa selektiv tozalash usullari texnologik jixatdan muhim ahamiyatga ega.
Gidrotozalash — avtomobil benzinlari, dizel yonilg’isi tarki-bidagi oltingugurtli birikmalarini vodorod yordamida tozalanadi. Bu jarayon benzin, kerosin va dizel fraksiyalarini oltingugurt birikmalaridan yuqori harorat va bosimda katalizator ishtirokida, vodorod ishtirokida vodorod sulfidga birikib, ulardan tozalanadi. Tozalash jarayoni vodorod bosimi ostida (50 atm) va katalizator ishtirokida olib boriladi. Bu usulda asosan dizel yonilg’ilari tozalanadi. Moyli distillyatlarni ishlatilish xususiyatini yaxshilash uchun tozalashda selektiv tozalash usulidan foydalaniladi.



Nazorat savollari:




  1. Neft maxsulotlari tarkibida qanday uglevodorodlar turlari bor?

  2. Yonilg’i va moylarning kimyoviy tarkibi ularning xossalariga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  3. Nima uchun neft maxsulotlari tarkibida oltingugurtli va kislorodli birikmalarning bo’lishi maqsadga muvofiq emas?

  4. Yonilg’i va moylar qanday olinadi?

Yüklə 105,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin