Yonilg’i va moylarning olinishi xaqida tushuncha



Yüklə 105,64 Kb.
səhifə1/2
tarix13.04.2023
ölçüsü105,64 Kb.
#97178
  1   2
2-mavzu


Yonilg’i va moylarning olinishi xaqida tushuncha.

Neftni qayta ishlashning fizik va kimyoviy usullari mavjud. Kondan olingan neft qayta ishlash korxonasiga yuborilishdan oldin plast suvlari bilan mineral tuzlardan tozalanadi. Qimmatli komponentlar yo’qolishini kamaytirish maqsadida yana propan-butan, ba’zan qisman pentan fraksiyali uglevodorodlarni haydab olinadi. Neft yer ostida to’plam holida bo’lib, hajmi bir necha kub mm.dan milliard kub metrgacha bo’ladi. Neft qatlami, odatda, 500÷ 3500 m chuqurlikda joylashgan bo’lib, asosiy qismi 800÷2500 m chu-qurlikda joylashgan bo’ladi.


Quduqlardan chiqayotgan neft o’z tarkibida erigan gaz bilan birga har xil miqdorda qatlam suvi, mexanik moddalar (asosan qum zarrachalari) ni ham birga olib chiqadi. Shuning uchun neftni NQIZ ga jo’natishdan oldin erigan gaz, suv va mexanik moddalardan tozalash kerak. Gazni neftdan ajratib olish uchun gazajratgichlardan foydalaniladi. Gazni to’liqroq ajratib olish uchun ba’zan maxsus isitgichlardan ham foydalaniladi. Isitgichlardan o’tgan neftning harorati oshishi natijasida uning tarkibidagi erigan gaz hamda eng yengil uglevodorodlar ajralib chiqadi va ajratib olingan gaz gazni qayta ishlash zavodlariga (NQIZ) yoki to’g’ridan to’g’ri iste’molchiga jo’natilishi mumkin. Erigan gaz, suv va mexanik moddalardan tozalangan neft NQI3 larida qayta ishlash uchun qabul qilanadi.
Neftni qayta ishlash (haydash) da murakkab qurilmadan (3-rasm) foydaliniladi. Qurilma ikkita asosiy apparatdan - neft qizdiriladigan naysimon pech va rektifikatsiyalash kolonnasidan iborat.



3-rasm. Neftni qayta ishlash qurilmasining sxemasi.
1-trubali pech; 2-bug’latish kolonnasi; 3-rektifikatsiya kolonnasi; 4-yordamchi kolonna; 5-nasos; 6-sovutgich; 7-suv va ifloslarni ushlab qolgich; 8-nasos; 9-sovutgich.
Naysimon pechning ichida ilon izi shaklidagi uzun truboprovod joylashgan. Pech mazut yoki gaz yordamida qizdiriladi. Тruboprovoddan neft to’xtovsiz o’tib turadi va 320÷3500C gacha qizdirilib bug’ va suyuqlik aralashmasi holida rektifikatsiyalash kolonnasiga tushadi.
Neftni birlamchi qayta ishlash usuli (haydash usuli) fizik usul bo’lib, neft tarkibidagi uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab ajratiladi. Neftni haydash deganda, uni qaynash darajasigacha qizdirib, tarkibida bo’lgan uglevodorodlarni bug’ holiga keltirila-di, so’ngra ularni sovitilib, suyuqlikkka aylangach yig’ib olish tushu-niladi. Haydash natijasida distillyat va qoldiq hosil bo’ladi. Bu usulda neft pechda 300÷5000C haroratda qizdirilib, ajratgich kolon-kasidan o’tkaziladi. Natijada uning tarkibidagi uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab fraksiyalarga ajratiladi. Fraksiya deb, neftni ma’lum harorat oralig’ida qaynaydigan bo’lagiga aytiladi.
Haydash jarayoni bir marta, ko’p marta va sekin-asta bug’latish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bir marta bug’latishda isitish berilgan haroratgacha olib boriladi va bug’ sistemadan chiqmasdan turib, suyuq faza bilan aralashgan holda saqlanadi.
Neftni haydash yoki rektifikatsiya qilish maxsus rektifikatsiya minoralarida olib boriladi. Bu minoralar balandligi 35-40m gacha bo’lib, uning ichida bir necha qator gorizontal joylashgan teshikli to’siqlar - tarelkalari bo’ladi. Rektifikatsion kolonnalar neft yoki neft mahsulotlari fraksiyalarining qaynash haroratlariga qarab ajratish uchun ishlatiladi.
Neftni haydash jarayonida eng yengil neft mahsulotlari rektifikatsiya minorasining yuqori qismidan olinsa, pastga qarab yaqinlashgan sari og’irroq neft maqsulotlari ajratib olinadi.
Rektifikatsion kolonnaga (5-rasm) xomashyo kerakli haroratgacha isitilib, bug’ va suyuqlik aralashmasi holida beriladi. Neft bug’lari kolonnaga tarelka teshiklaridan o’tib yuqoriga ko’tariladi. Ular yuqoriga ko’tarilgan sari asta-sekin sovib, qaynash haroratiga qarab tarelkalarning birortasida suyuqlikka aylanadi. Bug’ yuqori yuqoriga ko’tariladi, suyuqlik esa pastga oqib tushadi. Bug’lanish va suyuqlanish jarayoni kolonnaning har bir tarelkasida qaytariladi.
Neftni 3600C dan ortiq qizdirib bo’lmaydi, chunki bu tempe-raturada uning tarkibidagi uglevodorodlar parchalana boshlaydi. Uglevodorodlarning parchalanishini oldini olish va qaynash haroratini pasaytirish maqsadida vakuum ostida usulidan foydalaniladi. Mazutni moy olish uchun qayta ishlash uni truba pech-da vakuum ostida qizdirishdan iborat. Mazut bug’lari vakuum kolon-nasiga tushadi, bu yerda ular distillyatlarga ajratiladi. Bu distil-lyatlar turli xil moylar (transformator, sepatator, industrial, mo-tor, kompressor moylar) olish uchun ishlatiladi.
Haydash usulida juda kam miqdorda (20-30%), sifati past (ok-tan soni 40-50) bo’lgan benzin olinadi. Neftni haydab olingan ben-zin miqdori xalq xo’jaligining o’sib borayotgan extiyojlarini qon-dira olmaydi. Benzin miqdori va sifatini oshirish maqsadida xo-zirgi vaqtda qayta ishlashning 2 nchi kimyoviy usuli qo’llaniladi. Ikkilamchi qayta ishlashda kimyoviy jarayonlar natijasida neft va gaz tarkibidagi uglevodorodlarni yuqori harorat va katalizatorlar ta’sirida o’zgartirib, yuqori sifatli benzinlar olinadi.
Kimyoviy usul 2 xil yo’nalishdan iborat:
1) Kreking (Parchalash);
2) Reforming (Sifatini yaxshilash).

Yüklə 105,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin