Yillardagi Birinchi jahon urushi Urushning boshlanishi


Yashin tezligida g'alabaga erishish ning barbod bo`lishi



Yüklə 40 Kb.
səhifə2/4
tarix30.05.2022
ölçüsü40 Kb.
#60079
1   2   3   4
1914-1918 yillardagi Birinchi jahon urushi

Yashin tezligida g'alabaga erishish ning barbod bo`lishi


Germaniya armiyasi generali fon Shliffen yashin tezligida g`alabaga erishish rejasini tuzib chiqqan edi. Rejaga ko`ra Germaniya armiyasi betaraf Belgiya hududi orqali Fransiyaga hujum qilishi, Germaniya—Fransiya chegarasida to`plangan Fransiya armiyasini qurshab olib, uni kuzgacha tor-mor etishi va shu orqali Fransiyaning taslim bo`lishiga erishishi kerak edi. So`ngra qisqa vaqt ichida Rossiyani ham tor-mor keltirish mo`ljallangan edi.
3- avgustda shiddat bilan hujumga o`tgan Germaniya armiyasi yaqin bir oy ichida Parijga yaqinlashib qoldi Fransiyaning taslim bo`lishi muqarrardek edi. Hatto, hukumat vaqtincha bo`lsa-da, Parijdan chiqib ketishga majbur bo`ldi.
Biroq, Shliffen rejasi amalga oshmay qoldi. Bunga Fransiya hukumatining iltimosiga ko`ra 17- avgust kuni Rossiyaning Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi boshlagan hujumi sabab bo`ldi.
G`arbiy frontda Germaniya harbiy qudratining ma'lum darajada kuchsizlanishi Fransiyani saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, bu hol Fransiyaga kuch to`plab qarshi hujumga o`tishiga imkon yaratdi. Germaniya rus armiyasini Sharqiy Prussiyadan siqib chiqarsa-da, rus armiyasi Avstriya-Vengriyaga qarshi hujumini davom ettirdi.
Marna daryosi bo`yida Fransiya va Angliyaning birlashgan armiyasi 1914-yilning sentabrida Germaniya qo`shinlariga qarshi hujumga o`tdi. Marna jangida har ikki tomondan 2 mln. ga yaqin jangchi qatnashdi. Bu jangda Angliya va Fransiya armiyasining qo`li baland keldi.
Og`ir ahvolga tushib qolgan nemis qo`mondonligi 9-sentabrda butun g`arbiy front bo`ylab chekinishga buyruq berishga majbur bo`ldi.
Marna jangida erishilgan g`alaba tufayli Germaniyaning yashin tezligida g`alaba qozonish rejasi barbod bo`ldi.


Turkiyaning urushga kirishi


Turkiya hukmron doiralarining aksariyati Germaniya tarafida turib urushda qatnashishni maqsadga muvofiq deb hisoblardi. Chunki, ularning fikricha, Turkiyaning o`zi bosib olishi mo`ljallangan yerlar yo Rossiya qo'1 ostida, yoki Angliya qo'1 ostida edi.
Ana shu bosqinchilik niyatini amalga oshirish ilinji Turkiyani 1914-yilning 2-avgustida yashirin sharoitda Germaniya bilan ittifoq shartnomasini imzolashga olib keldi.
11-oktabr kuni Germaniya Turkiyaga katta miqdorda qarz taklif etdi. Turkiyadan shu qarzni olgan zahotiyoq urushga kirishga va'da oldi. Germanparast, harbiy vazir va Bosh qo`mondon Anvar poshsho 29-oktabr kuni Turkiya flotiga nemis admirali Sushan qo`mondonligida Qora dengizga chiqishga va Rossiyaning hududlarini o`qqa tutishga buyruq berdi. 2- noyabr kuni Rossiya Turkiya hujumiga javoban unga urush e'lon qildi. Urush harakatlari uzunligi 350 km bo`lgan Kavkaz frontini vujudga keltirdi. 5—6- noyabr kunlari Angliya va Fransiya ham Turkiyaga urush e'lon qildilar.
1915- yilning 19-yanvarida Antanta harbiy dengiz kuchlari Turkiyaga qarshi Dardanell bo`g`ozida harbiy operatsiyalarni boshlab yubordi. Germaniya mumkin bo`lgan barcha imkoniyatlardan foydalanib, Turkiyaga yordam ko`rsatdi.
Natijada, Angliya harbiy dengiz flotiga katta talafot yetkazildi. Bu operatsiya natijasida 200 ming ingliz soldati halok bo`ldi va yaralandi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin