Yillardagi Birinchi jahon urushi Urushning boshlanishi


Yaponiyaning Uzoq Sharq va Tinch okeandagi harakatlar



Yüklə 40 Kb.
səhifə4/4
tarix30.05.2022
ölçüsü40 Kb.
#60079
1   2   3   4
1914-1918 yillardagi Birinchi jahon urushi

Yaponiyaning Uzoq Sharq va Tinch okeandagi harakatlar


Yevropada borayotgan urush harakatlari Uzoq Sharq va Tinch okeandagi Yaponiyaning harbiy harakatlari uchun qulay sharoit tug`dirdi. U 1915-yilning 18-yanvarida Xitoy hukumati oldiga Shandun viloyatini Germaniya ta'sir doirasidan Yaponiya ta'sir doirasiga o`tkazish; Sharqiy Ichki Mo`g`iliston va Janubiy Manjuriyada Yaponiyaning mavqeyini yanada mustahkamlashga imkon berish; Port-Artur, Janubiy Manjuriya va Andun-Mukden temiryo`llarining ijara muddatini yana 99 yillik muddatga uzaytirish; Yaponiya fuqarolarining Janubiy Manjuriya va Sharqiy Ichki Mo`g`ilistonda yer maydonlariga ega bo`lishi va boshqa talablarni qo`ydi. Ayni paytda, Yaponiya voqeaga AQShning aralashuvi mumkinligidan tashvishga ham tushib qoldi. Shu tufayli, Xitoy oldiga qo`ygan qator talablaridan voz kechdi. 8-may kuni Xitoy Yaponiyaning biroz yumshatilgan talablarini qabul qildi.
Dardanell operatsiyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi va Rossiya armiyasining 1915-yilgi buyuk chekinishi Bolgariyani kimning tarafida urushga kirishi masalasini hal etdi. Germaniya 1915-yilning 15-sentabr kuni Bolgariya va Turkiya, 6-sentabr kuni esa, Avstriya-Vengriya va Bolgariya o`rtasida ittifoqchilik shartnomalari imzolandi. Shu tariqa «To`rtlar ittifoqi» vujudga keldi.
14-oktabr kuni Bolgariya Serbiyaga hujum qildi. Germaniya, Avstriya-Vengriya qo`shinlari shimoldan Serbiyaga hujum qildilar. Shu tariqa Serbiya Germaniya va uning ittifoqchilari tomonidan bosib olindi
Buyuk chekinish rus armiyasining 1915- yil bahor va yozida og`ir talafotlar bilan chekinishi.
To`rtlar ittifoqi 1915-yil 15-sentabrda Bolgariyaning Germaniya, Avstriya-Vengriya va Turkiya ittifoqiga qo`shilishi natijasida vujudga kelgan blok.
Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin