Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(4)-son



Yüklə 182,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.05.2023
ölçüsü182,44 Kb.
#117419
  1   2
boshlang-ich-sinflarda-integratsiyalashgan-darslarning-maqsad-va-vazifalari-hamda-fanlararo-aloqalarning-ahamiyati



179 
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 
2022-YIL 28-MAY 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN 
DARSLARNING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA
FANLARARO ALOQALARNING AHAMIYATI 
Botirova Dilafro‘z Jonibekovna 
Toshkent viloyati Piskent tumani 
41-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Shukurjon Xudoyberdiyev 
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 
9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 
Tarix fani o‘qituvchisi 
ANNOTATSIYA 
Hozirgi kunda boshlang‘ich maktab ta’limini integratsiya qilish haqida ko‘p 
gapirilmoqda. Bu tushuncha kichik maktab o‘quvchisi atrofidagi olamni bir 
butunligicha qabul qilish, uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa o‘quv 
fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning 
turli-tumanligining qiziqarliligi bilan harakterlanadi. Bolalarning tabiat va kundalik 
hayotdagi barcha narsalarning bog‘liqligini ko‘rishga o‘rgatish kerakligini o‘qituvchi 
sezadi, biladi. Shunday ekan, ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob 
beradimi, uni qanday tashkil etish kerak kabi savollar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Ka’lit so’zlari: obyekt, ta’lim tizimi, ta’lim poydevori. 
Ta’limni 
integratsiyalash 
fikri 
xalq 
ta’limida 
tabaqalashtirish 
va 
individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar kichik maktab 
ta’limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil 
ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol 
shakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o‘rganish 
obyektlari bo‘lgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va 
kengaytirish mumkin. Ta’limni integratsiyalashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad 
boshlang‘ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish 
va ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatini bildirishga yo‘naltirishdan 
iboratdir. Shuning uchun ham kichik maktab o‘quvchisi predmet yoki voqea-
hodisalarni bir necha tomondan ko‘rishi muhimdir. Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va 
olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va 
predmetlararo aloqalarini o‘rgatish ta’limni integratsiyalashga yondashuvning metodik 
asosidir. Bunga turli darslar tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish 
va boyitish, shu yoshga tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish 
mumkin. Shunday qilib, yaxshi shakllangan, tuzish va o‘tkazish tartibiga ega bo‘lgan, 
tarkibiga shu o‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har 
qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. 


180 
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 
2022-YIL 28-MAY 
Biroq, integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o‘quv predmetlari bilan 
bog‘liq tushunchalar tahlil qilinishining natijalari kiritiladi. Masalan, "qish", "sovuq", 
"bo‘ron", kabi tushunchalar o‘qish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san’at 
darslarida ko‘rib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa o‘quv darslarida 
o‘zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. 
Dars ijodiy, erkin bo‘lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o‘ziga xos o‘tish 
metodologiyasiga ega bo‘ladi. Umumiy ta’limning poydevorini qo‘yadigan 
boshlang‘ich maklabdagi ko‘p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy 
san’at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator o‘quv predmetlari 
uchun umumiy bo‘lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o‘rnatish psixologik va 
metodik asos bo‘lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan 
o‘lkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida 
o‘rgatilishi va zarur o‘qitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak. 
Integratsiyalashgan darslar – interaktiv ta’lim tizimi bo‘lib, integrativ bilimlarni 
chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko‘rgazmali mahoratni vujudga keltirish 
sirlarini o‘rganadi. Ko‘rgazmali ta’lim tizimi turli xildagi turlar, shakllar, usullar, 
obyektlar asosida qurilgan. 
Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta’lim tizimida 
tavsiflanadi. 
Bilimning 
integratsiyalashgan 
(ko‘rgazmali) 
tarmog‘ida 
integratsiyalashning usul va vositalari: ta’lim rejasidagi o‘qitish joyida vaqtning 
hajmiga qarab, shu kursni to‘la o‘zlashtrish vaqti o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi 
ko‘p maqsadli va rang-barangliligi bilan tavsiflanadi. Har bir o‘quv predmetini 
o‘qiyotgan paytda o‘quvchilarga to‘g‘ri keladigan psixik qo‘zg‘alish hosil qilishi, bu 
materialni o‘zlashtirilishiga katta yordam beradi, uni tez yodda saqlashga, emotsional 
anglashga, fikrlash qobiliyatining o‘sishi, nutq va tasavvurning rivojlanishiga olib 
keladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini 
shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi. 
Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini 
tushunishda predmetlar ichidag va predmetlararo aloqalarini o‘rnatish ta’limni 
integratsiyalashga 
yondashuvning 
metodik 
asosidir. 
Bunda 
turli 
darslar 
tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga 
tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, 
tarkibiga shu o‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har 
qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin. 
Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib 
chiqayotgan talablar maktab ta’limi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Buni 
muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ta’lim to‘g‘risida qabul qilayotgan 
qaror va farmonlarida ham ko‘rib turibmiz. 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan 


181 
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 
2022-YIL 28-MAY 
Harakatlar strategiyasining 4-yo‘nalishida ham ta’lim tizimi to‘g‘risida fikr yuritilgan. 
vazifasini o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, 
tabiat va ko‘pgina boshlang‘ich tushunchalarga o‘rgatadi. O‘z kuch va imkoniyatlari 
darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani bir-biriga 
nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiq. Ta`limning 
keyingi pog‘onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. 
Boshlang‘ich ta`lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini 
hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi. 
Maktablarda o‘rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko‘rinishli 
(fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Maktab umumta’lim fanlarining tarqoq 
holda o‘rgatilishi, ularni bir-biriga uzviy bog‘liqlikda o‘rgatilmasligi o‘quvchilar 
bilimini to‘la bo‘lishi va butun borliqni bir butun holda anglashlariga to‘sqinlik qilib, 
o‘quvchilarda qiyinchilik uyg‘otadi. Olimlarimizning fikricha, integratsiya didaktik 
prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o‘rin egallaydi .Bunday tushuncha 
ta’lim tizimida integratsiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog‘liqlik masalasini yana 
bir bor ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Ta’lim sistemasiga integrasiyani 
kiritish maktab va jamoatchilik o‘rtasida turgan ta’lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal 
etishda 
asosiy 
vositalardan 
biridir. 
Integrasiyalashtirilgan 
darslar 
bolalar 
dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab 
yetishga o‘rgatadi. 
Integratsiya- bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va 
bog‘liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-
biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni alohida 
qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi 
va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integrasiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo 
bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarda ko‘rsatish va tushuntirish 
zaruratidan paydo bo‘lgan. Ulug‘ didaktik Yan Amos Komenskiy ta’kidlashicha: "Bir-
biri bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o‘rganilishi kerak". 
Fanlararo bog‘liqlik g‘oyasiga keyinchalik juda ko‘p pedagoglar yondoshib, uni 
rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo‘shdilar. D.Lokk g‘oyasiga ko‘ra: "Ta’lim 
mazmunining aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan 
to‘ldirilishi kerak". Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto 
xavfliligini ta’kidlaydi. Bolgariyalik olimlar tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘z ichiga olgan, 
10-12 yoshli bolalarga mo‘ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. AQSH o‘rta 
maktablarining katta sinflarida o‘z ichiga fizika, kimyo, geografiya, geologiya, 
kristallografiya, tuproqshunoslik, poletalogiya va shu kabilarni o‘z ichiga oluvchi 
"Yerni o‘rganish" fani kiritilgan. Chexoslovakiyada ham shunday umumlashtiruvchi 
integratsiyalangan "Fuqaro tarbiyasi" deb nomlangan kurs katta sinflarda kiritilgan. 


182 
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 
2022-YIL 28-MAY 
Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini 
o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat va 
ko‘pgina boshlang‘ich tushunchalarga o‘rgatadi. O‘z kuch va imkoniyatlari darajasida 
bu ishni amalga oshiradi. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani bir-biriga nisbatan 
yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiq. Ta`limning keyingi 
pog‘onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. 
Boshlang‘ich ta`lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini 
hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi. 
Y.M.Kolegin va O.L.Aleksenko integratsiyaning salbiy omillarini ko‘rsatib beradilar: 
o‘quv predmetlarining chegaralangan soni - olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning 
mazmuni olamning haqiqiy ko‘rinishini, qismlarining o‘zaro bog‘liqligini aks ettirish 
bilan to‘ldirish mumkin. Juda muhim bo‘lgan o‘qish, yozish va sanoq ko‘nikmalarini 
shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo‘linib o‘qitishni talab qiladiganga 
o‘xshaydi. Lekin o‘qish va matematikani o‘qitishning an`anaviy tajribasi ham keng 
integratsion imkoniyatlar haqida dalolat beradi. Bunda o‘qish fan sifatida o‘z ichiga 
faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik bo‘yicha materiallarni oladi. 
Matematika, arifmetika, algebraik va geometrik materiallarni o‘z ichiga oladi. Bunday 
integratsiya muhim ko‘nikmalar hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha, ularni 
shakllantirishga kafolat beradi. 
Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang‘ich maktabdayoq tabiat 
va jamiyat haqidagi yaxshi tasavvur asoslarini qo‘yishi va ularning rivojlanishi 
qonunlariga o‘z munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning uchun kichik maktab 
o‘quvchisi predmet yoki voqelik hodisalarining bir necha tomondan ko‘rish 
muhimdir:mantiqiy va ematsional tomondan,badiiy asarda va ilmiy ommabop 
maqolada,biolog,so‘z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar. 
Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini 
tushinishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o‘rnatish ta’limga 
integratsiyalashga 
yondashuvning 
metodik 
asosidir.Bunga 
turli 
darslarga 
tushunchalarga ko‘p marotaba qaytishi,ularni chuqurlashtirish va boyitish,shu yoshga 
tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.Shunday 
qilib,yaxshi shakllangan tuzilish va o‘tkazish tartibiga ega bo‘lgan,tarkibiga shu o‘quv 
predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars 
integratsiyasiga asos qilib olinishi mumkin.Lekin integratsiyalashgan darsga boshqa 
fanlar,boshqa o‘quv predmetlari bilan bog‘liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari 
kiritiladi. Masalan, “qish”, “sovuq”, “bo‘ron” kabi tushunchalar o‘qish, rus tili, 
tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san’at darslarida ko‘rib chiqiladi. Tushunchalarning 
tahlil qilish boshqa o‘quv darslarida o‘zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan 
darslar integratsiyalashgan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo‘lishi bilan 
birga,yaxlit,mantiqan ketma-ket, o‘ziga xos o‘tishi metodikasiga ega bo‘ladi. 


183 
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(4)-SON 
2022-YIL 28-MAY 
Umumiy ta’limning poydevorining qo‘yadigan boshlang‘ich maktabdagi ko‘p 
tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa,tasviriy san’at va boshqalar uchun 
umumiydir. 
Hozirgi kunda bir qator predmetlari uchun umumiy bo‘lgan tushunchalar 
orasidagi aloqalarni o‘rnatish psixologik va metodik asosiy bo‘lgan integratsiyalangan 
darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish lozim.Shu bilan birga 
predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o‘rgatilishi va zarur o‘qitishning 
vositalari bilan ta’minlanishi kerak. 

Yüklə 182,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin