Xviii bob. Elekòromagniò ÒO‘lqinlar


- §. Elektromagnit to‘lqinlarning



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/22
tarix07.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#126171
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
379-402

124- §. Elektromagnit to‘lqinlarning
foydalanilishi
M a z m u n i : radiolokatsiya; radioastronomiya.
Radiolokatsiya. Radioto‘lqinlar yordamida narsalarning turgan joyi-
ni aniqlash, ulargacha bo‘lgan masofani o‘lchash usuli radiolokatsiya
deyiladi. Radiolokatsiya o‘rganilayotgan narsadan qaytgan ultraqisqa
to‘lqinlarni qayd etishga asoslangan. Radiolokator (radar) umumiy
antennaga ega bo‘lgan radioperedatchik va radiopriyomniklardan iborat
bo‘lib, qabuldan uzatishga o‘tkazuvchi moslama bilan ta’minlangan.
Antenna, radionur — qat’iy yo‘naltirilgan nurlanish hosil qiladi. Nurlanish
10
–6 
s davom etadigan qisqa impulslar ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Nurlanish impulsi chiqarilgandan so‘ng antenna avtomatik ravishda
o‘rganilayotgan narsadan qaytgan elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilish
rejimiga o‘tadi. Radiosignal jo‘natilgan va qaytgan vaqtlar qayd etilib,
narsagacha bo‘lgan masofa yoki uning harakat tezligi aniqlanadi.
Radiolokatsiya va shu usulda ishlovchi asboblar ham harbiy, ham
tinch maqsadlarda keng qo‘llaniladi. Ular yordamida havo va dengiz
kemalari harakatini boshqarish vazifalari va boshqa sayyoralargacha
bo‘lgan masofalarni aniqlash, meteorit va boshqa fazoviy jismlarning
harakatini kuzatish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Radioastronomiya. Astronomiyaning osmon jismlarining chiqara-
digan xususiy radionurlariga asosan o‘rganadigan bo‘limi — radioast-
ronomiya deyiladi. Radioastronomik kuzatishlar radioteleskoplar
yordamida amalga oshiriladi. Radioteleskop antenna va kuchaytirgichli
sezgir radiopriyomnikdan iborat. Yer sirtidagi kuzatish, nurlanish to‘lqin
uzunligining o‘nlab metridan toki millimetrgacha oralig‘ida olib boriladi.
Òo‘lqin uzunligi yanada kattaroq bo‘lgan nurlar kosmosda kuzatiladi.
Radioteleskopning eng ko‘p tarqalgan turi parabola shaklidagi
(diametri 100 metrgacha) oynasimon antennali teleskopdir. Anten-
naga tushadigan nurlarning parallel dastasi fokusda joylashgan antenna
nurlanuvchisiga tushadi. Bunday teleskop to‘lqin uzunliklari santimetr
va hattoki millimetrgacha bo‘lgan radionurlanishlarni ham qayd qila
oladi. Eng katta radioteleskoplardan biri Kavkazda joylashgan


398
RAÒAN — 600 teleskopidir. U 900 ta 7,4 ½ 2m li qaytargichlardan
iborat bo‘lib, 588 m diametrli halqa sifatida joylashtirilgan.
Radioastronomiyada galaktika, yulduzlararo galaktik muhit,
yulduzlar, quyosh, sayyoralar, oy va boshqalar nurlanish manbalari
bo‘lib xizmat qiladi.
1963- yilda radioastronomlar yangi yulduzsimon obyektlar — kva-
zarlarni (lotincha «yulduzsimon radiomanba») ochishdi. Fanga ma’lum
bo‘lgan pulsarlardan biri qisqichbaqasimon tumanligida qayd etilgan.
Zamonaviy izlanishlar fazoviy nurlanish manbalarini (neytron
yulduzlar, kvazarlar va hokazo) emas, balki ularning spektrlarini
ham o‘rganishga imkon berdi. Ko‘plab kimyoviy elementlarning, orga-
nik va noorganik molekulalarning spektrlari o‘rganildi va ular asosida
yulduzlar va sayyoralar sistemasining vujudga kelish jarayonlari tahlil
qilindi. Bunday tekshirishlar hamon davom etmoqda.
Elektromagnit to‘lqinlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
yana ko‘plab fanlar va fan bo‘limlari vujudga keldi.Ular jumlasiga:
radiospektroskopiya, radiogolografiya, radiografiya, radiometriya,
radioelektronika va boshqalar kiradi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin