Xulosa Ingliz va o`zbek tillarida fe`l



Yüklə 281,5 Kb.
səhifə5/18
tarix19.06.2023
ölçüsü281,5 Kb.
#132672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ingliz va o`zbek tillarida fe`l

O`timsizlik – deganda ish –xarakatning bajaruvchidan qabul qiluvchiga o`tmasligi tushuniladi. O`zidan keyin vositasiz to`ldiruvchini qabul qilmaydigan fe`llar o`timsiz fe`l deyiladi. (Intransitive verb)
Ingliz va o`zbek tillarida o`timsizlik murakkablashgan sodda, yasama va qo`shma fe`llar vositasida yasalib, bu xususyat har ikki tilga ham mansubdir.
Demak fe`l-ish – harakatni ifodalovchi so`z turkumi xisoblanadi. Fe`ldan anglashilgan ish – harakat to`g`rida - to`g`ri Grammatik obyekt o`tmasdan faqat Grammatik subyektning o`zigagina bog`liqligini ko`rsatuvchi fe`l – o`timsiz fe`l deyiladi. Tillarning strukturasi va turidan qatiynazar ulardagi o`timliylik va o`timsizlik hamda nisbat kategoriyalari o`zaro bog`liq va bir-biri bilan o`zaro aloqador bo`ladi.
“O`timli va o`timsiz fel`llar masalasi tarixan nisbat kategoriyasi bilan bog`liq” deb yozgan edi akademik V.Vinogradov. O`timsizlik kategoriyasi leksika va grammatikaga taaluqli bo`lgani uchun uni leksik – grammatik kategoriya deb ataydi. Uning leksikaga mansubligi shundaki, u leksik birliklar yordamida, ya`ni fe`lda o`z aksini topadi. O`timli va o`timsizlik kategoriyasining leksika bilan aloqasi uning semantic strukturasini belgilamaydi. Ish –harakatning gap obyektiga yo`naltirilgan yoki yo`naltirilmaganlikni ifodalanishi har xildir.
Ish –harakatning yo`naltirilgan yoki yo`naltirilmaganligi fe`l ma`nosiga qarab aniqlanadi. O`timli- o`timsizlik sof-semantik asosida ajratilib, tipologik umumiyligi bilan xarakterlanadi. Birinchi bor Hind-Yevropa tilshunosligida qo`llangan terminlar ko`p yillardan beri turli tillarda o`ziga xos atalgan til xizmatini o`tamoqda. Sistemasi Hind –Yevropa tillarinikiga o`xshamagan tillarda o`timli-o`timsizlik kategoriyasi butunlay ifoda etilgan. O`timli-o`timsizlik kategoriyasi fe`l negizining semantic xususiyatiga ko`ra aniqlanadi. Shu nuqtai nazarda u leksik kategoriya xisoblanadi. O`timli –o`timsizlik obyekti bilan birikish –birikmasligiga ko`ra sintaktik kategoriyadir.
Fe`l boshqaradigan nomlar fe`lning xususiyatiga qarab turli formalarda bo`lishi mumkin. Ba`zi fe`llar mustaqil bo`lishiga qaramay, obyektsiz funksiya bajarmaydi, ba`zilari esa ma`lum darajada bajaradi. Anashu qobiliyatiga qarab, fe`llar o`timli –o`timsizga, ular bilan birikadigan obyektlar esa vositali va vositasiz obyektlarga bo`linadi. O`timli fe`llar ham o`timsiz fe`llar ham otlar bilan birikib keladi. Bu birikuv har xil bo`lsa ham morfologik va sintaktik jihatdan bir - biri bilan bog`liqdir. Kelishik qo`shimchalarning asosiy vazifasi so`zlarning sintaktik aloqaga kiritish bo`lsada, ular bir vaqtning o`zida o`timli va o`timsizlik, vositali va vositasizlikni ham ifodalaydi. Masalan: Fe`llarning vositali to`ldiruvchi bilan birikuvi o`timsizlikni ko`rsatadi. Shuning uchun fe`lldan keyin vositasiz to`ldiruvchining bo`lishi shart. Shu nuqtai nazardan o`timsizlik va vositasizlik bir-birini mustasno etadi. Fe`ll quyidagi hollarda obyektsiz qo`llaniladi.


  1. Yüklə 281,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin